Farg‘ona iqtisodiy rayoni Iqtisodiy o‘rni va tabiiy boyliklari


Download 7.13 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi7.13 Kb.
#1506003
1   2   3
Bog'liq
Farg‘ona iqtisodiy rayoni-hozir.org

Aholisi


  • Rayon aholisining soni, zichligi va ishchi kuchlarining salmog‘i jihatidan mamlakatimiz iqtisodiy rayonlari orasida birinchi o‘rinda turadi. Aholi, asosan, tabiiy ko‘payish hisobiga ko‘paymoqda. Aholining tez ko‘payayotgani va yangi o‘zlashtiriladigan maydonlarning cheklanganligi- dan ishchi kuchi ortiqchaligi kuchayib bormoqda. Buni bartaraf etish uchun ijtimoiy soha korxonalarini ko‘paytirish, ko‘p mehnat talab qiladigan ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish zarur.

  • Bu yerda yirik shahar va shaharchalar, qishloqlar ko‘p. Ishchi kuchlari tarkibida malakali kadrlar salmog‘i boshqa rayonlardagiga nisbatan ko‘p. Aholi Markaziy Farg‘onada ham nisbatan siyrak joylashgan. Rayonda urbanizatsiya darajasi yuqori, aholining 58 foizi shaharlarda yashaydi.

Xojaligi va uning hududiy tashkil etilishi


  • Farg‘ona hududiy ishlab chiqarish majmuyi yuqori darajada mukammallashgan. U o‘tgan asr boshlarida ham boshqa rayonlardan shu jihati bilan farq qilardi.

Qishloq xo`jaligi


  • Qishloq xo‘jaligi boshqa rayonlardagidan yuksak intensivligi bilan ajralib turadi. Rayon mamlakatda yetishtiriladigan paxtaning deyarli 25 foizini bermoqda. Tog‘ oralari va yonbag‘irlari texnikadan foydalanishni cheklaydi. Shuning uchun bu yerlarda mevali daraxtlar o‘stiriladi. Shaharlar atrofida mevazor va uzumzorlar, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari ayniqsa keng tarqalgan.

  • Chorvachilik, asosan, sut-go‘sht yetishtirishga ixtisoslashgan. Rayon mamlakatning pillachilik bazalaridan biridir. Rayon O‘zbekistonda yetishtiriladigan pillaning 45 foiziga yaqinini beradi.

Sanoati


  • Mustaqillik davrida foydali qazilmalar va qishloq xo‘jalik xomashyosi negizida ko‘plab yangi sanoat tarmoqlari vujudga keldi. Rayon yoqilg‘i-energetika majmuyining o‘z boyliklari salmog‘i kichik. Gaz boshqa iqtisodiy rayonlardan keltiriladi. Quvasoy IEM, Farg‘ona, Andijon va Namangan IEMlari, Shahrixon hamda Namangansoy gidroelektrostansiyalari butkul rayon uchun ishlasa-da, lekin rayonning elektr quvvatiga bo‘lgan ehtiyojini qondira olmaydi. Mazkur masalani yechimi sifatida quvvati 900 megavatt bo‘lgan To‘raqo‘rg‘on IES barpo etish rejalashtirilmoqda. Bu ulkan inshootning ishga tushirilishi Farg‘ona iqtisodiy rayonining elektr energiyaga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq ta’minlash imkoniyatini beribgina qolmasdan rayonning istiqboldagi rivojida katta o‘rin tutadi.

Download 7.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling