Farg’ona iqtisoslashtirilgan san’at maktabi


Download 0.85 Mb.
Sana05.05.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1427124
Bog'liq
F.Shubert.

FARG’ONA IQTISOSLASHTIRILGAN SAN’AT MAKTABI

FARG’ONA IQTISOSLASHTIRILGAN SAN’AT MAKTABI

MUSIQA NAZARIYASI BO’LIMI KATTA O’QITUVCHISI

N.XAKIMOVANING «XORIJIY MUSIQA ADABIYOTI» FANI

OCHIQ DARS UCHUN TAYYORLAGAN «FRANS SHUBERT HAYOTI VA IJODI»

MAVZUSI REJASI

  • F.Shubert buyuk romantik kompozitor.
  • F.Shubert hayoti va ijodi.
  • F.Shubert yaratgan asarlar.
  • Musiqa tinglash.
  • Uyga vazifa.

Reja :
FRANTS SHUBERT
HAYOTI VA IJODI
1797-1828
Buyuk avstriyalik kompozitor Franc Shubert Betxovenning zamondoshi edi. U bor yo’g’i o’ttiz bir yil umr ko’rdi va ijodiy faoliyati gullab yashnagan paytda vafot etdi. Hayotidagi doimiy muvaffaqiyatsizliklar, muhtojlik va nochorlik kompozitorni jismonan va ruhan holdan toydirdi va bevaqt vafotiga sabab bo’ldi. Shubert yaratgan to’qqizta simfoniyaning birortasi ham kompozitor hayotligida ijro etilmadi.
Operalari ham sahna yuzini ko’rmadi. Olti yuzdan ortiq qo’shig’idan faqat ikki yuztasi, yigirmadan ortiq sonatasidan faqat ikkitasi nashr etildi. Agar kompozitorlar R.Shuman va I.Brams kabi Shubert musiqasining qadriga etuvchi jonkuyar kishilarning sa’i-harakati va izlab topish borasidagi ulkan mehnati bo’lmaganda Shubertning juda ko’p asarlari izsiz yo’qolib ketardi.
Tabiatan ochiqko’ngil, quvnoq va o’ta kamtarin inson bo’lgan Shubert yorqin, maftunkor, dilrabo musiqa asarlari yaratgan. Ammo uning oxirgi asarlarida qayg’u, dard-alam, tushkunlik va fojiali kayfiyat seziladi. Buning sababi faqat kompozitorning shaxsiy hayotidagi muvaffaqiyatsizliklarda emas, balki o’sha davr ijtimoiy-siyosiy muhitida ham edi. Betxovenning otashin musiqasi Buyuk Franciya revolyutsiyasi g’oyalaridan ilhomlanib yaratilgan. Shubert ijodining gullab yashnagan davri esa
19-asrning 20-yillariga, ya’ni barcha inqilobiy, ilg’or g’oya va fikrlar qatag’on qilingan davrga to’g’ri keldi. Ozodlik, birodarlik, tenglik haqida gapirish tugul eslash ham taqiqlangan edi. Bunday haqsizlik, to’siqlar va chegaralashlar Shubert kabi ijodkorlarga katta ruhiy azoblar berar edi. Ularning ijtimoiy – siyosiy ahvoldan qoniqmasligi va noroziligi san’atda o’z ifodasini topdi va yangi – romantizm oqimi dunyoga keldi.
Shubert musiqa san’atidagi romantizmning ilk namoyandalaridan biri edi. U butun iste’dodini «kichkina inson» ning boy ichki dunyosini ko’rsatish, eng nozik his-tuyg’ularini tarannum etishga sarfladi. Doimiy turmush qiyinchiliklari, omadsizlik, muhtojlik uni tinimsiz ijoddan chalg’ita olmadi. «Men har kuni ertalab musiqa yozaman. Bir asarni tugatishim bilan darrov boshqasini boshlayman», - der edi kompozitor. U asarlarini juda tez fursatda yozib tugatar, musiqiy fikrlari uzluksiz ravishda tug’ilganidan qog’ozga tushirishga arang ulgurar edi.
Agar nota qog’ozi tugagan bo’lsa turli qog’oz parchalariga yozar edi. Agar asar sifat jihatdan mukammal holatga kelmasa, kompozitor uning ustida to qoniqish hosil qilmaguncha ishlardi. Ba’zi she’rlarga Shubert ettitadan qo’shiq variantlarini yozgani ma’lum. Shubert mavjud barcha janrlarda juda ko’p ajoyib asarlar yozdi. Vokal va fortepiano miniatyuralaridan tortib yirik simfoniyalargacha – hamma janrlarda o’zining yangi, o’ziga xos va betakror uslubini namoyish qildi
Shubert yaratgan asosiy asardar quyidagilardir:
600 dan ortiq qo’shiqlar, 9 ta simfoniya, 4 ta opera , 4 ta zingshpil, 22 ta torli kvartet, «Forel» nomli kvintet, fortepiano uchun 22 ta sonata, ekspromtlar, musiqiy lahzalar, xor va vokal ansambl uchun 100 dan ortiq asarlar.
1828-yilda do'stlarning sa'y-harakatlari bilan Shubertning hayotligida uning o'z asarlaridan iborat bo'lgan yagona konsert tashkil etiladi. Konsert katta muvaffaqiyat qozonadi, u kompozitorga katta quvonch bag'ishladi. Uning kelajak rejalari yanada ko'paydi. Sog'lig'ining yomonlashganiga qaramay, u ijod qilishda davom etadi.
Olim kutilmaganda keldi. Shubert tif bilan kasallangan edi. Darmonsizlangan organizm og'ir kasallikni ko'tara olmadi. Shubert 1828-yil 19-noyabrda vafot etdi.
Tayanch iboralar. 1. Zingshpil - nemischa so’z, «zing» - kuylamoq, «shpil» - o’ynamoq. Nemis kulgili operasining bir turi. Unda musiqiy nomerlar orasida so’zlashuv dialoglari ham bo’lar edi. 2. Musiqiy lahza - fortepiano uchun yoziladigan kichik pesa (miniatyura). Birinchi marta Shubert ijodida paydo bo’ldi (6 ta musiqiy lahza). 3. Miniatyura - fortepiano, ovoz yoki boshqa soz uchun yoziladigan kichik musiqiy asar. 4. Ekspromt - lotincha so’z, «tayyor» degan ma’noni bildiradi. Badiha uslubida yoziladigan fortepiano asari.
Uyga vazifa:
  • Ma’ruza matni asosida konspekt yozing.
  • Mustaqil ravishda F.Shubertning hayotiy va ijodiy yo’lini topib o’qing.
  • Tayanch iboralar yodlang.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling