Shartnoma (to‘liq moddiy javobgarlik haqida) - Shartnoma (to‘liq moddiy javobgarlik haqida)
- Moddiy boyliklar saqlanishini ta’minlash maqsadida keyingi o‘rinda “Ish beruvchi” deb nomlangan “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi raisi A.Komilov 4-dorixona mudiri muovini lavozimiga tavsiya etilgan M.Ya.Yakubov keyingi o‘rinda “Ishchi” deb nomlangan shaxs bilan quyidagi tartibda shartnoma tuzildi. 1. Lavozimni egallagan ishchi dori-darmonlar va tibbiyot mahsulotlarining qabul qilib olish, saqlash va berish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan to‘liq moddiy javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi, mol moddiy boyliklarini saqlashda quyidagi burchlar bajarilishi shart: a) muassasa tomonidan saqlash yoki boshqa maqsadlarda berilgan moddiy boyliklarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish kerak, zarar ko‘rmaslik choralarini topish kerak; b) moddiy boyliklarni saqlash haqidagi barcha holatlar haqida o‘z vaqtida ish beruvchiga axborot berib turish kerak. c) Belgilangan tartibda tovar-pul harakatlari haqida hisob olib borib, ular haqida hisobot tuzib berish shart; d)Inventarizatsiya vaqtida qatnashishi kerak.
2.Ish beruvchining burchlari: a) moddiy boyliklarni to‘liq saqlanishini ta’minlash va normal mehnat qilish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni ishchiga yaratib berishi lozim; b) ishchining moddiy javobgarligi haqidagi, muassasaga keltirilishi mumkin bo‘lgan zararlar haqidagi amaldagi qonunlar hamda moddiy boyliklarning amaldagi yo‘riqnomalari, me’yorlari, saqlash, qabul qilish, qayta ishlash, sotish kabilar haqidagi hujjatlar bilan ishchini tanishtirish shart. 3 .Ishchining aybi bilan moddiy javobgarlikni saqlash ta’min lanmagan holatlarda, zarar ko‘rish aniqlangan bo'lsa, bu zararni qoplash amaldagi qonunlarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi 4.Ishchining aybi bo‘lmasa, u moddiy javobgar bo‘lmaydi. 5.Ushbu shartnoma butun ish vaqtida o‘zining ta’sir kuchiga ega. 6. Ushbu shartnoma 2 nusxada tuziladi, 1-nusxasi ish beruvchida, ikkinchisi ishchida bo‘ladi. Ish beruvchi Toshkent. sh 5 Toshkandiy 32-uy imzo 20-fevral 2004-yil “Dori-darmon” AK Toshkent. sh Ishchi Axunboboyev maydoni Uy 11 Imzo 20- fevral 2015-yil - 2.Ish beruvchining burchlari: a) moddiy boyliklarni to‘liq saqlanishini ta’minlash va normal mehnat qilish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni ishchiga yaratib berishi lozim; b) ishchining moddiy javobgarligi haqidagi, muassasaga keltirilishi mumkin bo‘lgan zararlar haqidagi amaldagi qonunlar hamda moddiy boyliklarning amaldagi yo‘riqnomalari, me’yorlari, saqlash, qabul qilish, qayta ishlash, sotish kabilar haqidagi hujjatlar bilan ishchini tanishtirish shart. 3 .Ishchining aybi bilan moddiy javobgarlikni saqlash ta’min lanmagan holatlarda, zarar ko‘rish aniqlangan bo'lsa, bu zararni qoplash amaldagi qonunlarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi 4.Ishchining aybi bo‘lmasa, u moddiy javobgar bo‘lmaydi. 5.Ushbu shartnoma butun ish vaqtida o‘zining ta’sir kuchiga ega. 6. Ushbu shartnoma 2 nusxada tuziladi, 1-nusxasi ish beruvchida, ikkinchisi ishchida bo‘ladi. Ish beruvchi Toshkent. sh 5 Toshkandiy 32-uy imzo 20-fevral 2004-yil “Dori-darmon” AK Toshkent. sh Ishchi Axunboboyev maydoni Uy 11 Imzo 20- fevral 2015-yil
Do'stlaringiz bilan baham: |