Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Davolash ishi 24 20 – guruh talabasi Xolmatova Ulfatoyning Farmokologiyadan tayyorlagan Mustaqil ishi


Download 11.29 Kb.
bet1/3
Sana06.11.2023
Hajmi11.29 Kb.
#1750713
  1   2   3
Bog'liq
2420 Xolmatova Ulfatoy (2)

Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Davolash ishi 24 20 – guruh talabasi Xolmatova Ulfatoyning Dermatovenerologiya fanidan tayyorlagan Mustaqil ishi.

Mavzu: TERI SILI.


Teri sili - umumiy organizmdagi sil infeksiyasining bir koʻrinishi boʻlib, odatda bor ichki a’zolarni tuberkulyoz jarohatidan, aksariyat
ichki superinfeksiyalanish natijasida teriga tarqalib paydo boʻladi. Teri sili bugungi kunda juda kam uchraydi. Lekin keyingi yillar koʻp
davlatlarda ijtimoiy kasalliklarning epidemik holati oshib ketishi va ular ichida sil kasalligining ham koʻpayib ketishiga olib keladi.
Mycobacterium tuberculosis (Koch ,1882-y.) spirt va kislota ta ’siriga juda chidamli tayoqcha boʻlib, bemorning ajralmasida koʻp miqdorda topiladi. Lekin sil kam yuqumli, surunkali, sekin rivojlanib kechadigan kasalliklar guruhiga kiradi.
Teri silining klinik koʻrinishlari xilma-xil boʻlib, koʻproq mikrobakteriyaning virulentligi va uning turi, organizmning immuniteti va kurash
qobiliyati, bemorning mehnat va turmush sharoitlari, ovqatlanish sifati bilan bog‘liq boʻladi. Teri silini ikki guruhga ajratadilar:
1) chegaralangan (sil yugirigi, ya’ni oddiy volchanka, skrofuloderma, soʻgalsimon, yarali, sil shankr) teri sili;
2) tarqalgan (papulo-nekrotik, Bazen indurativ eritemasi, lixensimon, milliar tarqalgan volchanka, oʻtkir tarqalgan milliar) teri sili.
Amaliyotda, umumiy amaliyot shifokori bemordagi belgilarga (doʻmboqcha) asoslanib, sil kasalligini aniqlab yoki borligidan shubhalanib, mutaxassisga yuborsa, u katta yordam bergan boʻlardi. Chunki teri silining turlarini bir-biridan ajratish va davolash koʻproq ftiziatr yoki dermatovenerolog mutaxassislarning vazifasidir.
Teri sili kasalligi 2 xil ko‘rinishda, ya’ni terining oʻchoqli sil (sil yugurigi yoki lyupoid sil, skrofuloderma yoki kollikvativ sil, terining so‘galli sili, Bazenning indurativ eritemasi va teri va shilliq qavatlarining yarali sili) va terining disseminallangan sili (terming lixenoid yoki miliar sili va terining papulonekrotik sili) ko‘rinishlarida kechadi. Terming o‘choqli sili.
Sil yugurigi yoki terining lyupoid sili (Lupus vulgaris, seu tuberculosis cutis luposa) teri silining eng ko‘p uchraydigan shakli boʻlib, sekin surunkali kechishi va toʻqimalarning parchalanishga moyilligi bilan namoyon boʻladi. Kasallik belgilari koʻpincha yuz teri sohalarida, asosan burunda (80 % holatlarda), yonoqlarda, yuqori lablarda, kamroq boʻyin sohalarida, tanada, oyoq-qoʻllarda, kam holatlarda shilliq qavatlarda joylashadi. Kasallik xamirsimon konsistensiyali, yumshoq, silliq, yuzasi biroz yaltiroq, keyinchalik poʻst tashlovchi, sariq-yashil tush, jigarrang-qizil rangli, oʻlchamlari toʻnogʻich boshchasidan noʻxat donasigacha keladigan hajmlarda, dermada joylashgan lyupoid-boʻrtiqlar paydo boʻlishi bilan boshlanadi. Toshmalar guruh-guruh boʻlib toshadi, keyinchalik esa ular oʻzaro birlashadi, atrofida esa turgʻun-giperemik hududlar paydo boʻladi. Vitropressiya usuli bilan (buyum oynachasi bilan bosib koʻrilganda) tekshirilganda doʻmboqcha rangi sargʻayadi (“olma sarigʻi” fenomeni), doʻmboqcha tugmasimon zond bilan tekshirib koʻrilganda zond oʻz ogʻirligi bilan doʻmboqcha tarkibiga chuqurlik qoldirib choʻkadi (Pospelov simptomi). 
Doʻmboqchalar bosqichma-bosqich kattalasha boradi va notoʻgʻri shaklli toshmalami hosil qilib birikadi, kollagen va elastik tolalaming buzilishi natijasida chandiqli atrofiyalar hosil bo‘lishi hamda fibrozlanish holati kuzatiladi. Hosil boʻlgan chandiqlar tekis, oqish, papiros qogʻozini eslatadigan ko‘rinishda bo‘ladi. Jarayonning ekssudativ ko‘rinishlarda kechishida turli shikastlanishlar ta’sirida doʻmboqchalar yumshoq, chetlari notekis va yengil qon oquvchi yaralarga aylanishi mumkin (yarali shakli). Shuningdek, kasallikning shishsimon, verrukoz, loyqalanuvchi kabi shakllari ham kuzatilishi mumkin. Teri silining chegaralangan klinik shaklini taqqoslov tashxisi doʻmboqchali zaxm, moxovning tuberkuloid shakli, teri leyshmaniozi, aktinomikoz, qizil yugunkmng diskoid shakllari bilan o tkaziladi.

Download 11.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling