Allergiyaga qarshi dorilar
Download 25.12 Kb.
|
ALLERGIYAGA QARSHI DORILAR
ALLERGIYAGA QARSHI DORILAR Er yuzi axolisini 40% da allergiya xastaliklari bor. Allergiya – bu organizmni sezuvchanligini oshib ketishi, organizmni sezuvchanligi endogen va ekzogen allergenlar (antigen) bo‘lish mumkin. Allergik xolat: eshakem, kvinke shishi, ekzema, sennaya lixoradka, allergik rinit, bronxial astma, ovqatga allergiya, dorilarga allergiya, anafilaktik shok, zardob kasalligi, autoimmun kasalliklari (krasnaya volchanka, tugunchali poliaritrit, spetsifik bulmagan yarali kolit, revmatizm va boshqalar. Allergenlarni soni xisobsiz (150000 dan oshik). Antigen (allergen) bilan antitela birlashishi (vzaimodeystvie) natijasida allergik reaksiya kelib chikadi: tez va sekin. Tez reaksiya – nemedlenniy tip – bir qancha daqiqalarda kelib chikadi, sekin-zamedlenniy tip 8-12 soatdan keyin chikishi mumkin. Allergen bilan antiteloni bir-biriga ta’siri natijasida tukimalar jarohatlanadi, funksiyasi o‘zgarishidan to xujayrani erib (lizis) ketishigacha. Agarda «nemedlennaya forma» tez reaksiya bo‘lsa, biologik aktiv moddalar xosil bo‘ladi: gistamin, serotonin bradikinin, allergen sekin reaksiya beruvchi substansiyasi» va boshqalar. Allergiyani sekin yuzaga chikadigan turida: makrofaglarni yoki limfotsitlarni tormozlovchi faktor, limfotoksin, blastogen yoki mitogen faktor va boshqalar tufayli yuzaga kelib chikadi. Xujayrali immunitetni T-limfotsitlar, gumoral immunitetni esa V-limfotsitlar boshqaradi, gormon timozin (timusdan chikadi) T va V limfotsitlarni ishlab chikishini regulyasiya qiladi. Allergiyani davolash uchun: (allergeni aniqlash kerak allergenlar 100000 dan ortik). Giposensibilizatsiya qilish kerak (allergenni aniqlab juda kam dozada yuborilib turiladi yoki immunodepressiv pereparatalr beriladi). 3. allergiyaga qarshi moddalar – patogenetik terapiya olib boriladi «allergiya mediator»larini chikishiga, ta’siriga qarshi dorilar. Allergiyani tez – (nemedlennaya) formasida anafilaktik shokda, (sыvorotochnыy) zardob kasalida, bronxial astmada, pollinozlarda, eshakemda, kvinke shishida quyidagilar qilinadi: 1. sensibilizatsiya kilingan xujayralardan gistamin va boshqa biologik aktiv moddalarni ajralib chikishini kamaytiruvchi dorilar, bularga glyukokortikoidlar, AKTG, sintetik modalar-kromolin natriy intal. 2. Xosil bo‘lgan gistaminni, gistaminga sezuvchan retseptorlar bilan ta’sirini (vzaimodeystvie) oldini olish. Gistaminga qarshi dorilar (dimedrol, diprazin, kloritin va boshqalar) qo‘llaniladi. 2. Arterial bosimni kutaruvchi va bronxospazmni oldini oluvchi dorilar-adrenomimetiklar, bronxolitiklar, PGE va PGE2, bular hammasi tukimalarda 3,5 sAMF larni ta’minlab beradi. Allergiyaning sekin (zamedlennaya forma) formasida (bu esa infeksion kasalliklarda, mikozlarda, gelmintozda, kontakt dermatozda. transplantologiyada uchratiladi) quyidagilar qilinadi. 1.Immunitetni xar xil etapda pasaytiruvchi dorilar (antitelolarni va xujayrali immunitetni tormozlovchilar)– imunodepressantlar qo‘llash. 2 Xujayralarni buzilishini kamaytiruvchi dorilar– steroid va steroid bulmagan yalliglanishga qarshi dorilar. 3.Antilimfotsitar zardob (globo‘lin) beriladi. Gistamin va gistaminga qarshi dorilar. Gistidin aminokislotasi dekarboksilizatsiya qilinishi natijasida gistamin xosil bo‘ladi. Semiz xujayralarda (tuchnыs kletki) gistamin oksil bilan birlashgan xolda bo‘lib, kupgina ta’sirlar antigenlar, xayvon zaharlari, o‘simlikdan chikadigan moddalar (chayonut), mikroblar, kurare va kuraresimon moddalar, morfin va uning unumlari, atropin sulfati va boshqalar natijasida gistamin ajralib chiqib uz ta’sirini ko‘rsatadi. Gistaminni ajralib chikishiga tuxum oksili, kulupnoy, ostritsalar sabab bo‘lishi mumkin. Gistamin bilan birga serotonin va geparin xam ajraladi. Xosil bo‘lgan gistamin sillik musqo‘llarni tonusini oshiradi (bronxospazm, sanchiklar va boshqalar), kapillyarlar kengayib-utkazuvchanligi oshib ketadi, mahalliy eshakem, yalliglanish, shish, kichishishlar (zud)- paydo bo‘ladi. Organizmda (rezorbtiv ta’sir) esa kon bosimi pasayib ketadi, kon kuyilib-sirkulyasiya kiyinlashadi, bu yurak faoliyatini buzadi, bronxospazm, ichaklarni spazmi, bachadonda xam spazm kuriladi. Oshkozon shirasi kupayadi (HCL kup, pepsin-kam). Gistaminni diagnostik maqsadda xam qo‘llash mumkin 0,5 mg muskul orasiga yuborilsa, oshkozon shillik qavatini trofikasini buzib yara chakiradi (eksperimental yara). Gistaminni gistaminaza fermenti parchalaydi (atsetillash, metillash yullari bilan). Gistaminga qarshi dorilarni ‘er os berish unchalik effekt chakirmaydi, chunki ichak shillik qavatlarida gistaminaza kup. SHuning uchun parenteral yul bilan yuborilgani yaxshi. Gistaminga qarshi dorilar, gistaminoretseptorlarni (H1) blokada kilib, gistaminni ta’sirini kamaytiradi. Kon tomirdagi H1 retseptorlar kuprok blokada bo‘ladi, sillik muskuldagiga karaganda, oshkozon sekretsiyasiga butunlay ta’sir etmaydi. Gistaminga qarshi ta’sir etuvchi dorilar allergik xolatlarda qo‘llaniladi. Professor CHukanin N.N.juda kup bolalar kasalida qo‘llar edi, chunki «hamma kasalliklarda xam ma’lum miqdorda gistamin xosil bo‘ladi» der edi. Gistaminga qarshi moddalar mahalliy og‘riq qoldirish, xolinolitik, antiaritmik, uyku chakirish, tinchlantirish, bosh miyani tormozlash va narkotik, uxlatuvchi, analgeziya chakiradigan dorilarni ta’sirini kuchaytirish xususiyatiga egadirlar. Dimedrol ogiz orkali, muskul orasiga, venaga beriladi. Miqdori 0,1 g bir martalik, 1% eritmasi 1 ml dan chiqariladi. Gistamin keltirib chiqargan bronxlar spazmini, kon bosimini pasayishini, tirishishni kamaytiradi. Ogiz kurib kolishini chakiradi (xolinolitik ta’sir), kayd qilishni oldini oladi, uxlatadi, tinchlantiradi. Kuz kasalliklarida (allergiyasida) kuzga tomiziladi. Diazolin 0,05-0,1 g dan tabletkalarda chiqariladi. Tritsiklik azot tutuvchi birikma. Dimedroldan farqi uxlatmaydi, tinchlantirmaydi. Kuchli antigistamin preparat. Spazmolitik ta’siri kup. Mumkin emas: oshkozon yarasi, oshkozon-ichakni yalliglanish kasalliklarida. Fenotiazin unumlaridan etazin, diprazin va boshqalar xam gistaminga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Diprazin (pipolfen) – fenotiazin unumi bo‘lib, dimedroldan kuchli, bosh miyaga tinchlantiruvchi ta’siri xam kuprok. Temperaturani (tanani) pasaytiradi, kayd qilishni tuxtatadi. Uxlatuvchi, og‘riq qoldiruvchi mahalliy og‘riq qoldiruvchi dorilarni ta’sirini kuchaytiradi. Markaziy va periferik xolinolitik ta’sir ko‘rsatadi, adrenolitik ta’siri aminazinga nisbatan kam. Pipolfen allergik xolatlara va yukoridagi aytilgan dorilarni ta’sirini potensirlash uchun qo‘llaniladi. Mumkin emas: jigar, buyrak kasalliklarida, ichimliklar bilan zaharlanganda, mashina xaydovchilarga (ish vaqtida). Tabletkalarda 0,025 g dan, eritmada 2,5% - 1ml dan chiqariladi. Ogiz orkali va teri ichiga venaga yuboriladi. Gistaminga qarshi dorilar juda kup (fenkarol, klaritin, suprastin, tavegil bikarfen va boshqalar) lekin kupchiligi kutilgan natija bermaydi. Allergik xolatni xali yechilgan muammo deb bulmaydi. YUkorida aytilgan gistaminga qarshi dorilarni hammasi H1 – gistamin retseptorlarni bloklaydi. Organizmda H2-retseptorlar asosan bazofillarda, T-limfotsitlarda, semiz xujayralarda bo‘ladi. H1+H2 retseptorlar kon tomirlarda bo‘lib, ular ko‘zg‘alganda kon bosimi pasayadi, ekssudatsiya xam shu retseptorlarni ko‘zg‘alishidan kelib chikadi. Bosh miya neyronlarida xam H1 va H2 retseptorlar mavjud, H3 retseptorlar va ularni faoliyati, vazifasi endi aniqlanadi. H2 retseptorlari blokada qiluvchi dorilar (burimamid, metiamid, simetidin, ranitidin, famitidin va boshqalar) asosan oshkozon va 12 barmok ichak yarasi kasalliklarida qo‘llaniladi. Tabobatda bronxial astmada kromolin natriy (dinatriy oksipropion) – (intal) kup qo‘llaniladi 0,02g dan ingalyasiya uchun. Bu preparat «semiz» xujayralarni (mastotsit) parchalanishdan (degranulyasiya) saklaydi – shunday kilib bronxial astmani oldini oladi. Kromolin natriy aerozol xolatda bir marta (0,002 g (2mg) + ketotifen 0,5mg) bir kunda beriladi. Gistaminga qarshi dori sifatida mumieni xam qo‘llash mumkin. Immunodepressiv preparatlarga yukorida aytilgandek AKTG, kortikosteroidlar (glyukosteroid), sitostatiklar va boshqalar kiradi. Immunodepressivlar nuklein kislotalarni sintezini tuxtatadi, proliferativ protsessni limfoid xujayralarda tuxtatadi. Azatioprin (imuran, 6-metil-4-nitroimidazolil-5) - merkaptopurin. Asosan, autoimmun kasalliklarida, gomotransplantatsiyada qo‘llaniladi. Tabletkalarda 0,05 g (50mg) dan chiqariladi. Bir kunda 3 maxal beriladi. Immunodepressiv modda sifatida oltin (krizanol, auronafin) preparatlari xam qo‘llaniladi. Antilimfolin kr. Kuyondan tayyorlangan preparat. Inson timusdan olingan limfotsitlar kuyonga yuboriladi. Antilimfolin-Kr yuborilgach (40-60mg oksil) limfotsitlarni miqdori 30-50% ga kamayadi. Lekin juda kup asoratlar (tana temperaturasini kutarilishi, sovuk kotish (oznob) va boshqalar) kuriladi. Kup xolatlarda (yuqumli kasallik, sepsi, sezuvchanligi yukoriligi) mumkin emas. Glyukokortikoidlardan prednizolon, gidrokortizon, deksametazon, triamsinolonlar qo‘llaniladi, bu preparatlar lizosomani membranasini stabilizatsiya qiladi, gialuronidaza fermentini aktivligini pasaytiradi leykotsitlarni xarakatini (migratsiya) kamaytiradi. immunodepressiv (limfoid xujayralarni kupayishini tormozlaydi) xususiyatlarga ega (glyukokortikoidlar to‘g‘risida, gormon pereparatlariga karalsin). Download 25.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling