Amaliy mashg'ulot №1. Oshqozon-ichaklarni nurli tekshirish usullari rentgenografiya, bariy bilan rentgenoskopiya ularning afzalliklari, kamchiliklari va ko'rsatmalar


Download 389.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/14
Sana28.12.2022
Hajmi389.61 Kb.
#1023981
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1 - Nazariy material



AMALIY MASHG'ULOT №1. 
Oshqozon-ichaklarni nurli tekshirish usullari (rentgenografiya, bariy 
bilan rentgenoskopiya ularning afzalliklari, kamchiliklari va ko'rsatmalar. 
 
Ovqat hazmi yo'llari (OHY) ning rentgenologik metodlari asosiy
qo'shimcha va kontrastli maxsus metodlarga bo’linadi. OHYning asosiy 
rentgenologik metodi rentgenoskopiya hisoblanadi. Bu metod OHYning 
o’rganilayotgan sohasining anatomomorfologiyasi haqida etarli darajada to’liq 
ma'lumot beradi, ayni bir vaqtda bu organlarning motor-evakuator funksiyasini 
ko’rsata oladi. Rentgenografiya qo'shimcha metod sifatida ko'p hollarda topilgan 
o’zgarishlarni hujjatlash, bu o’zgarishlar noaniq bo’lgan hollarda aniqroq tasvir 
olish va batafsil o’rganish uchun qo’llanadi. Umumiy yoki mo’ljalli (pricelli) 
rentgenografiya tafovutlanadi. Mo’ljalli rentgenografiyada ingichka nur dastasi 
bilan patologiya sohasining tasviri hosil qilinadi va u kichik rentgen plyonkaga 
tushiriladi. Shu bilan birga, chaqaloklar va kichik yoshdagi bolalar OHY ni 
tekshirishda rentgenografiya asosiy metod hisoblanadi. Bolalarda rentgenoskopiya 
motor-evakuator funksiyani bevosita kuzatish lozim bo’lganda qo’llanadi. 
OHY tabiiy kontrastlikka ega emasligi tufayli rentgenologik tadqiqot asosan 
sun'iy kontrastlash vositasida amalga oshiriladi. Ikki tur kontrast - yengil va og’ir 
atomli moddalar qo’llanadi. 

Yengil atomli moddalar sifatida havo, kislorod, uglerod oksidi, azot oksidi 
qo’llanadi. 

Og’ir atomli kontrast modda sifatida asosan bariy sulfatning suvli bo’tqasi 
qo’llanadi. Bariy sulfati suvda, oshqozon-ichaklar trakti shirasida mutloq 
eritmaydi, ichaklarda so’rilmaydi va kontrastli soya hosil qiladi. Tibbiyot 
amaliyotida faqat rentgenologik tadqiqotlar uchun mo’ljallangan "Barium 
sulfuricum pro rentgeno" yozuvi bo’lgan toza bariy sulfati qo’llanadi. Bariyning 
boshqa tuzlari eruvchan, ayniqsa uning karbonat tuzi juda zaharli. Amaliyotda 
bariy sulfat bo’tqasi uch hil quyuqlikda ishlatiladi. Suyuq bo’tqa - bariy sulfati va 
suvning nisbati 1/3, qaymoq (smetana) simon bo’tqa - 1/2 va nihoyat quyuq bo’tqa 
(bariy pastasi) - 1/1 nisbatda olinadi. 
Chaqaloq bolalarni rentgenologik tekshirishda va ba'zi mahsus rentgenologik 
tekshirishlarda (m. fistulografiyada) yod organik birikmalarining suvli eritmalari 
(kardiotrast, urografin, gipak, omnipak va hokazo) yoki moyli va jelatinali 
eritmalar (yodolipol, jeloiodon) qo’llanishi mumkin. 
Rentgenologik tekshirishga bemor mahsus tayyorlanadi. Tayyorgarlikdan 
maqsad OHY-ni gazlar, ovqat qoldiqlari, ahlatdan tozalashdir. Buning uchun 
bemorga tekshirish arafasida kechkqurun va tadqiqot o’tkaziladigan kuni ertalab 


xuqna vositasida yo’g’on ichak tozalanadi. OHY ko'p qismi tozaligini ta'min etish 
uchun ertalab nonushta qilinmaydi. Ko’krak yoshidagi bolalarni so’nggi marta 
ovqatlantirilgandan 4 soat o’tgach tekshirish o’tkaziladi. Ko’krak eshidagi va 
kichik yoshdagi bolalarni rentgenologik tekshirish oldidan xuqna qilish shart emas. 
O’rta va katta yoshdagi bolalarda ichaklarni tozalash uchun tekshirishdan 1-2 soat 
oldin bir marta xuqna quyish kifoya. 
Rentgenologik tekshirish ko’krak kafasi va qorin bo’shlig’ining obzor 
rentgenoskopiyasidan yoki grafiyasidan boshlanadi. Bu paytda qizilo’ngach, 
oshqozon va ichaklar patologiyasiga doir talay o’zgarishlarni kuzatish mumkin, m. 
kontrastli yot jismlar, o’t va siydik toshlari, turli ohaklangan tizilmalar (o’smalar, 
lima tugunlar, aterosklerotik tangachalar, flebolitlar, parazitar kistalar, va 
hokazo)larning tasviri kuzatilishi mumkin. Sun'iy kontrastlashsiz umumiy 
rentgenoskopiyada qorin bo’shlig’i sohasining pnevmatizatsiyasiga, birinchi 
navbatda, me'da gaz pufagining kattaligi va shakliga e'tibor beriladi. Gaz pufagi 
normal sharoitda chap diafragma gumbazi ostida yumoloq shaklga ega yorug’ 
tasvir beradi. Gaz pufagining yo’qligi ba'zan qizilo’ngach va me'daning kardial 
qismining rakida kuzatilishi mumkin. Kardial sfinkterning rak to’qimasi 
tomonidan infiltrasiyasi va yemirilishi qizilo’ngachning muskulaturasining 
qisqarish qobiliyatini yo’qolishiga, kardiyaning ochiq qolishiga olib keladi va 
meda gumbazi ostida havo to’planib turmaydi. Me'da gumbazi sohasining rakida 
gaz pufagining deformatsiyasi, diafragma va oshqozon gumbazi devorining 
umumiy soyasi qalinligining ortishi, (odatda bu soya 0,5-0,7 sm atrofida), Giss 
burchagining kattalashishiga olib keladi. 
Me'dada gipersekretsiya bo’lgan hollarda (bu yallig’lanish alomati bo’lishi 
mumkin) gaz pufagi deyarli kattalashmagan, osti gorizontal sathli, shakli yarim 
aylana holda kuzatiladi. Diafragma chap gumbazi ostini deyarli to’liq egallagan 
to’ntarilgan kosasimon yirik gaz pufagi pilorospazm yoki pilorostenozlarda 
kuzatiladi. 12 barmoq ichak to’silishlarida ikkita to’ntarilgan kosasimon gaz pufagi 
(Kloyber kasallari) kuzatiladi.Ularning biri - kattasi diafragma gumbazi ostida, 
ikkinchisi – kichikrog’i pastrok, o’ng tomonda 12 barmoq ichak sohasida 
kuzatiladi. Umuman keng asosli, vertikal o’lchami kichik Kloyber kosalari 
ingichka ichaklar to’silishida kuzatildi. Ingichka ichaklarning proksimal qismi 
to’silgan hollarda Kloyber kosalari qorinning ko'p qismida chap tomonda 
kuzatiladi. Yonbosh ichak va ileocekal burchak sohasida to’silish ro’y berganda 
"kosa"chalar qorinning ko'pincha o’rtarok qismida kuzatiladi. 
Yo’g’on ichak sohasida to’silish ro’y berganda hollarda vertikal razmeri katta, 
asosi nisbatan qisqa Kloyber kosalari kuzatiladi. Bu kosalar bir yoki bir necha 
bo’lib ko'pincha biqinlar sohasida yotadi. 


Ichak to’silishlarida to’siqdan pastda odatda gazlar kuzatilmaydi. Bu ayniqsa 
ko’p OHY-ning to’silishlarida yaqqol namoyon bo’ladi. 
Rentgenologik tekshirish ichak to’silishining qanday etiopatogenetik turga 
mansubligi ham ko’rsatib bera oladi. Mehanik va spastik ichak to’silishlarida 
oshqozon va ichaklarda Peristaltika kuchli, Kloyber kosalarining soni, kattaligi, 
shakli, o’rni o’zgaruvgan bo’ladi. Paralitik ichak to’silishida Kloyber kosalari 
tekshirish davomida o’zgarmaydi, ya'ni peristaltika kuzatilmaydi. 
Kontrast moddasiz obzor rentgenologik tekshirishda, zudlik bilan jarroh 
yordamini talab qiluvchi o’ta og’ir patologiya - oshqozon va ichaklar yarasining 
teshilishi aniqlanishi mumkin. Bu patologiyada qorin bo’shlig’ida erkin gaz paydo 
bo’ladi va diafragma ostida yangi oysimon eruglik (uroksimon - serpovidnoe 
prosvetlenie) kuzatiladi. Bu o’zgarish qoringa hanjar urgandek kuchli og’riq 
(kinjalnaya bol) bilan kechadi. Bunday og’riq bo’laturib qorinda erkin gaz alomati 
topilmasa me'da pnevmoperitoneumi - oshqozon ichiga zond orqali 300-400 sm3 
havo yuborib tekshirish o’tkaziladi. Qorin bo’shlig’ida erkin gaz ba'zi genikologik 
mulojaalar (bachadon naylarini "puflash") laparaskopiya va laparatomiyadan keyin 
va ichak pnevmatozlarida kuzatilishi mumkin. Ammo bu hollarda erkin gazning 
paydo bo’lishi "hanjar urish" ogrigi bilan kuzatilmaydi, hatto og’riqsiz kechadi. 
Ba'zan diafragma va jigar o’rtasiga havo bilan to’la ichak sirtmoqlari kirishi 
(ichaklar interpoziciyasi) ruy berishi mumkin. Ammo bu holda oralikda to’plangan 
gaz, ichak sirtmoqlari, devorlari bilan cheklangan, kameralarga bo’lingan bo’ladi. 
Ya'ni gaz erkin bo’lmaydi.
Obzor rentgenoskopiya tugagach bemorni kontrastli tekshirish boshlanadi. 
Kontrast modda chaqaloqlarga va ko’krak yoshidagi bolalarga so’rg’ich orqali 
shisha butilkachadan yoki qoshiqcha bilan ichiriladi. Bariy bo’tqasi ko’krak suti 
yoki kefirga biroz shakar qo’shib tayyorlanadi.

Download 389.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling