Amaliy mashg'ulot №1. Oshqozon-ichaklarni nurli tekshirish usullari rentgenografiya, bariy bilan rentgenoskopiya ularning afzalliklari, kamchiliklari va ko'rsatmalar
Download 389.61 Kb. Pdf ko'rish
|
1 - Nazariy material
Qizilo’ngach diskineziyalari. Bu tur patologiya gipertoniya yoki gipotoniya,
giperkineziya eki gipokineziya, spazmalar, sfinkterlar yetishmovchiligi sifatida namoyon bo’lishi mumkin. Bu o’zgarishlar kontrast moddaning qizilo’ngach bo’ylab siljishini kuzatuv paytida aniqlanadi. Eng ko'p uchraydigan funksional o’zgarish kardial sfinkter faoliyatining buzilishi bo’lib u ikki hil bo’lishi mumkin. 1. Sfinkterning yetishmovchiligi, kardiyaning ochiqligi (xalaziya). Bu ko'pincha chaqaloqlarda gastro-ezofagal reflyuks, qusish bilan namoyon bo’ladi. 2. Qizilo’ngach axalaziyasi yoki kardiospazm. Axalaziya-kardiyaning ochilmasligi. Kardial sfinktr odatda qisilgan holatda bo’lib, me'da ichidagi mahsulotlarni orqaga chiqishiga imkon bermaydi. Ovqat luqmasi yutilganda sfinkter reflektor ravishda ochiladi, luqma o’tgach yana yopiladi. Kardial sfinkter funksiyasining nerv sistemasi tomonidan boshqarishining buzilishi ovqat o’tayotgan paytda uning ochilmasligi - axalaziyasiga olib keladi. Kasallik ko’proq, psixopatiya (nevosteniya)ga moyil, injiq o’spirinlarda va yoshlarda uchraydi. Kasallikning uch darajasi tafovutlanadi. 1 - daraja kardiospazm (kompensatsiya fazasi). Qizilo’ngach devorida va kardial sfinkterda gistomorfologik o’zgarishlar kuzatilmaydi. Rentgenologik tekshirish, qizilo’ngach diafragma osti segmentining konussimon torayishi, kontrast moddaning shu sohada bir necha minut to’xtalishini ko’rsatadi. Kardiya ochilgach bariy bo’tqasi shiddat bilan me'daga tushadi. Shilliq parda burmalari, devorning elastikligi o’zgarmagan, peristaltika kuchli, chuqur bo’ladi. II - daraja kardiospazmda (subkompensatsiya fazasi) qizilo’ngachning ko’krak qismi kengayadi, unda ovqat mahsulotlari uzoq turib qoladi, kekirik paydo bo’ladi, ezofagit rivojlanadi shilliq parda burmalari yo’g’onlashadi, peristaltika kuchsizlanadi. Qizilo’ngachning diafragma osti segmenti (kardiya oldi) qo’sh tumshugi misol torayadi. Kontrast modda qizilo’ngachda 2-3 soat va undan uzoq turib qoladi. III - daraja kardiospazmda (dekompensatsiya fazasi)da qizilo’ngach juda kengayadi, uzayadi, egiladi. Suyuqlik va ovqat qoldiqlari bilan to’lgan qizilo’ngach ko’ks oralig’idan tashqariga so’rilib chiqib yurak-qon tomir dastasi soyasining o’ng qirrasini berkitadi. Bu soyaning o’ngga kengayishi, to’g’ri vaziyatda yurak va tomirlari uchun hos bo’lgan eylarning tafovutlanmasligiga olib keladi. Qizilo’ngach devori gipotoniya eki atoniya holatida bo’lib, ichirilgan bariy bo’tqasi go’yo bo’sh xaltaga tushgandek bo’ladi. Ichirilgan ovqat, (kontrast modda) qizilo’ngachda - 24 soat va undan ortiq vaqt davomida turib qoladi, unda achiydi va ezofagit chaqiradi. Kardial sfinkter sohasida mushak tolalarida degenerativ o’zgarishlar kelib chiqadi va fibroz rivojlanadi, natijada organik torayish - stenoz yuzaga keladi. Download 389.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling