Amaliy mashg'ulot №1. Oshqozon-ichaklarni nurli tekshirish usullari rentgenografiya, bariy bilan rentgenoskopiya ularning afzalliklari, kamchiliklari va ko'rsatmalar


Download 389.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/14
Sana28.12.2022
Hajmi389.61 Kb.
#1023981
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1 - Nazariy material

Shilliq pardaning giperplaziyasi - Monetrie kasalligi. Bu kasallik burmalar 
gigantizmi, giperplastik - eki o’smasimon G. deb ham nomlanadi. Kasallikning 
patogenezi aniq emas. Klinik alomatlari ham turli hil. Rentgenologik belgilari: 
Me'da burmalari soni va balandligi ortadi. Ular ko’proq me'da tanasining katta 
egriligida kuzatiladi. Kichik egrilikka va antral bo’limga tarqamaydi. 
Giperplaziyalangan shilliq qavat ba'zan polipsimon, raksimon to’lishish defektlari 
beradi. Rakdan farqi: 
1) 
Me'dada tarqalishi ma'lum soha, me'da tanasi bilan cheklangan. 


2) 
Me'da devori elastikligi saqlangan. 
3) 
Peristaltika saqlangan. 
4) 
Me'da hajmi odatdagidek yoki biroz kattalashgan. 
5) 
Palpatsiyada to’lishish defekti shakli o’zgaradi yoki butunlay yo’qoladi. 
Rakda esa bularning teskarisi kuzatiladi. 
Me'da yarasi kasalligi. Me'da yarasining rentgenologik belgilari ikki guruhga 
rentgenomorfologik (organik) va funksional belgilarga bo’linadi. 
Rentgenomorfologik 
belgilar 
me'da 
yarasida 
kuzatiluvchi 
organik 
o’zgarishlarning tasviri bo’lib ular yara borligini bevosita ko’rsatuvni belgilardir. 
Ular quyidagilar: yara chuqurchasi (nisha), yara gardishidagi yallig’lanish 
do’mboqligi (yazvennyy vospolitelnyy val) va shilliq burmalar konvergensiyasi. 
Me'da yarasi, asosan kichik egrilik bo’ylab, deyarli 50% holda me'da tanasi, 
1/3 prepilorik qismda, 10% orqa egrilikda, juda kam hollarda kardiya va katta 
egrilikda kuzatiladi. Yara chuqurchasi kichik egrilik bo’ylab etganda me'daning 
kontrastli soyasining qirrasida kengligi va chuqurligi birnecha mm-dan bir necha 
sm-gacha kattalikda cheklangan bo’rtma sifatida aks etadi. Bo’rtma, yara 
chuqurchasining kattaligi va shakli yaraning utkir eki surunkali ekanligiga bog’liq. 
O’tkir yaralar, uchburchaksimon, uchli, ko'pincha kichik, surunkali yaralar yarim 
oval, ko'pincha yirik bo’ladi. Me'da devorini teshib kushni organlarga chikkan epik 
(penitratsiyalovchi) yaralar chuqurchasida uch qatlam soya - bariy, suyuqlik va 
havo tasviri ko’rinadi. Konturda yotgan yaraning kengligi va chuqurligi 
o’rganiladi. YAra me'da orqa devorda joylashgan taqdirda uning tasviri shilliq 
parda relyefini o’rganishi paytida aniqlanadi. Bemorga kontrast moddaning ozroq 
portsiyasini ichirib uni me'da yuzasiga palpatsiya va kompressiya vositasida 
tarqatilganda yara chuqurchasiga kirib qolgan bariy shilliq parda burmalari orasida 
turg’un yumoloq dog’ sifatida ko’rinadi. Bu relyefdagi chuqurcha (nisha) deyiladi 
va u yara og’zining diametrini aniqlashga imkon beradi. 
Yara chuqurchasi me'da soyasining chetida etgan taqdirda uning atrofidagi 
yallig’lanish infiltratsiyasi va qadoq (mozol') "nisha" chetlarida yarim oval botiqlik 
- to’lishish defektlari sifatida ko’rinadi, yara "nisha"si orqa devorda yotganda, 
chuqurchada qolgan yumoloq bariy dogi gardishida bariy saqlanmagan halqasimon 
tasvirini beradi. 
Me'da yarasi asosan xronik kechuvchi jarayon bo’lib unda chandiqlanish 
rivojlana boshlaydi. Chandiq shilliq pardaning yaraga yo’nalgan burmalarini 
vujudga keltiradi. Burmalar konvergenciyasi yara bitgandan so’ng, yoki yara 
chuqurchasi turli mahsulotlar - ovqat qoldiqlari, shilimshiq, ivigan qon bilan 
to’lgan taqdirda ham saqlanadi va yara boriligidan dalolat beradi.
Me'da yarasi chandiqlanishining davom etishi organning yaraga hos 
deformatsiyasini keltirib chiqaradi. Agar chandiqlanish asosan ko’ndalang 


yo’nalishda rivojlansa dastlab me'daning qumsoatsimon deformatsiyasi (1). 
Keyinchalik yara sohasidan ovqat mahsulotlarining o’tishi buzilishi natijasidan 
ikki kameraga bo’lingan me'da yuzaga keladi. Ovqat o’tishga to’sqinlik paydo 
bo’lib, me'daning ko’p havzasi kengaya boshlaydi, katta egrilik pastga cho’zilib 
tushadi, natijada ikki hovzali "sharsharasimon" me'da (kaskadnyy jeludok) - (2) 
paydo bo’ladi. Me'da yarasining chandiqlanishi ko’proq bo’ylama tarqalgan 
hollarda kichik egrilik qisqaradi, antral bo’lim kardiyaga yaqinlashadi. Ayni 
vaqtda pilorik kanal yo’qoriga siljigani va boshqa sabablar bilan me'daning 
evakuatsiyaning buzilishi, unda ovqatning ko'p soatlab turib qolishi, katta 
egrilikning pastga tomon osilishiga olib keladi. Bu holda me'da tomaki haltasimon 
shaklni oladi (kisetnyy jeludok). 
Me'da yarasi orqa devorda kichik egrilikka yaqin etgan taqdirda 
chandiqlanish, kichik egrilik qisqarishi bilan birga antral qisim orqaga burilishiga 
olib keladi, natijada chig’anoqsimon deformatsiya (ulitkaobraznyy jeludok) yuzaga 
keladi. 
Rentgenofunksional belgilar, me'da yarasida doimiy bo’lmagan holda 
kuzatiladi. Ular yara borligini isboti bo’la olmaydilar. Ular yaraning ikkilamchi 
yoki vositali rentgenologik simptomlari hisoblanadilar. Bu simptomlar asosan 
me'daning sekretor, motor-evakuator funksiyasining buzilishlaridan iborat. Ular 
quyidagilar. 
1. 
Gipersekretsiya. Bu belgi me'da shirasining giper-gipoasidlik, gipoacidi 
anocidligiga bog’liq emas. 
2. 
Shilimshiqning ko'pligi. 
3. 
Tonusning 
o’zgarishi: 
ko'pincha 
gipertonus 
kuzatiladi; 
me'da 
deformatsiyasi ruy bergan, evakuatsiya buzilgan davrda gipotonus bilan 
almashinadi. 
4. 
Peristaltikaning o’zgarishi. Giperperistaltika, ayni vaqtda yara sohasida 
peristaltikaning so’nishi. Kechki, asoratli davrlarda peristaltikaning kuchsizlanishi. 
5. 
Evakuatsiyaning buzilishi, yara sohasida tezlanishi. Pilorospazm va 
pilorostenoz rivojlanganda evakuatsiyaning sekinlashi, uning dinamikasining 
buzilishi. 
6. 
Yara sohasida katta egrilikning regionar, spazmi. Bu "ko’rsatgich barmoq" 
simptomi deb ham ataladi. 
7. 
Rentgenopalpatsiyada yara sohasida lokal og’riq. YA'ni rentgen nazorati 
ostida me'da paypaslanganda eng kuchli og’riq yara sohasida kuzatiladi. 
8. 
Me'da yarasida kuzatiluvchi yana bir ikkilamchi belgi - yo'ldosh 
(sooputstvuyuщiy) gastrit. 

Download 389.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling