Amaliy mashg'ulot №1. Oshqozon-ichaklarni nurli tekshirish usullari rentgenografiya, bariy bilan rentgenoskopiya ularning afzalliklari, kamchiliklari va ko'rsatmalar


Download 389.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/14
Sana28.12.2022
Hajmi389.61 Kb.
#1023981
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1 - Nazariy material

Me'da raki. Havfli o’smalar orasida me'da raki (MR) eng ko'p uchraydi. 
Patomorfologik tuzilishiga binoan MR-ning quyidagi formalari tafovutlanadi:
1) fungoz (zamburug’simon, polipsimon, miyasimon),
2) kosasimon (btodceobraznyy),
3) infiltratsiyalovchi - yarali (yara rak),
4)yassi (yapaloq),
5) diffuz infiltratsiyalovchi (skirr),
6) shakli noaniq rak. 
Asosiy rentgenologik belgilari: 1) rakning shaklini aks ettiruvchi to’lish 
defekti. Aksariyat holda defekt notekis, ba'zan noaniq chegarali. Me'da rakining 
deyarli hamma turi ertami-kechmi yaralanadi. O’sma yaralari me'da to’lishish 
defekti fonida, noto’g’ri shakilli, ba'zan yuza yoki chuqur, kengligi chuqurligiga 
nisbatan katta "nisha" sifatida tasvir beradi. Rak yarasi ba'zan katta peptik 


yaralarga uhshab ketadi. Asosiy farq - o’sma yarasi to’lishi defekti fonida 
ko’rinadi, me'da devori yuzasidan ichkarida etadi, peptik yaralar devordan 
tashqariga bo’rtib turadi. Infiltrativ o’suvchi rak me'da devori bo’ylab tarqalib, tez 
orada devorni aylanasiga qamrab oladi va organ bo’shlig’ini deyarli bir meyorda 
naysimon torayishiga olib keladi. O’rtada turli diametrda tor rak kanali hosil 
bo’ladi. Bu kanal kengligi tekshirish davomida o’zgarmaydi. Ammo rakning 
rivojlanishi davom etgan sari torayib boradi. Me'dada o’sayotgan rak organ 
shaklning o’zgarishiga olib keladi. Bu deformatsiyalar rakning lokalizatsiyasi, 
tarqalish darajasi, patomorfologik formasiga bog’liq, turli tuman va noaniq. (Me'da 
yaralarida, yaraga hos shaklli deformatsiya kuzatiladi). 
To’lishish defekti, me'da rakining erta belgilarga kirmaydi. Erta belgilar 
triadasi - organ devori elastikligining yo’qolishi, uning kattiklanishi; 
Peristaltikaning rak sohasida yo’qolishi; shilliq parda burmalarining buzilishi, rak 
sohasida uzilishi yoki konvergensiyasidan iborat.
Rak me'daning chiqish qismida joylashgan hollarda, pilorostenoz - me'da 
yo'lining to’silishi, undan ko’p qismining kengayishi yuzaga keladi. Me'da rakining 
rentgenologik usul yordamida aniqlanuvchi yana bir klinik belgisi paypaslanuvchi 
o’sma bo’lib u ham u erta belgilarga kirmaydi, ammo rentgenologik tekshirishda, 
klinik paypaslashga nisbatan ancha erta aniqlanadi. 
Kardial qismining raki. Bu lokalizaciyadagi rak aksariyat qizilo’ngachning 
abdominal qismiga ham tarqaladi va uziga hos rentgenologik semiotikaga ega. 
Rentgenologik belgilari. Me'da gaz pufagining deformatsiyasi, yoki gaz 
pufagining yo’qligi, me'da gumbazi va diafragma hosil qilgan umumiy devorning 
notekis qalinlashishi, Gis burchagining kattalanishi. Bu belgilarning deyarli 
hammasi kardial qisim va me'da gumbazi devori bo’ylab tarkalaetgan rak tufayli 
yuzaga keladi. Gaz pufagining yo’qligi, rak infiltratsiyasi natijasida kardial 
sfinkterning funksional yetishmovchiligi, kardiyaning ochiqligi bilan bog’liq. 
Qizilo’ngachga tarqalgan rak uning notekis torayishiga olib keladi. 
Qizilo’ngachdan kontrast modda o’tishi qiyinlashadi, unda suprastenotik kengayish 
paydo bo’ladi. Rak sohasida organ devori elastikligi Peristaltika va shilliq parda 
burmalari yo’qoladi. Qizilo’ngachdan o’tgan kontrast modda kardial qisimda rak 
tugini egatlari bo’ylab jilgasimon okishda davoim etadi, natijada qizilo’ngach 
abdominal qismining gueki uzayishi, (normada 1-1,5) uni nimanidir, rak tuguni 
do’mboqliklarini aylanib o’tishi, ba'zan kontrast modda jilgasining bo’linishi, eki 
toraygan qizilo’ngachdan me'daga bariyni bosim ostida otilib tushishi (simptomi 
kajuщegosya udlineniya abdominal'nogo otd. Po’evoda, obtekanie, razdvoeniya 
strui, razbryzgivanie-simptom shprica) kuzatiladi. 

Download 389.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling