Amaliy mashg'ulot №1. Oshqozon-ichaklarni nurli tekshirish usullari rentgenografiya, bariy bilan rentgenoskopiya ularning afzalliklari, kamchiliklari va ko'rsatmalar


Qorin bo’shlig’i organlari katastrofalarining rentgenodiagnostikasi


Download 389.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/14
Sana28.12.2022
Hajmi389.61 Kb.
#1023981
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1 - Nazariy material

Qorin bo’shlig’i organlari katastrofalarining rentgenodiagnostikasi 
Qorin bo’shlig’i organlari katastrofalariga jigar, taloq va ichaklar yorilishi; 
me'da va ichak yaralarining teshilishi va ichak to’silishlari kiradi. Jigar va 
taloqning yorilishi ishonchli rentgenologik belgilarga ega emas. Bu katastrofalar 
UTT yordamida qorin bo’shlig’ida suyuqlikni aniqlash asosida, anamnez va klinik 
alomatlarni hisobga olib belgilanadi. 
Ichak yorilishi yoki uning yaralarining teshilishi qorin bo’shlig’ida erkin gaz 
paydo bo’lishiga olib keladi, bemor tik holatda tekshirilganda diafragma 
gumbazlari ostida yangi oysimon eruglik (prosvetlenie) sifatida namoyon bo’ladi. 
Bemor orqaga yotqizib gorizontal holatda tekshirilganda erkin gaz qorin devori 
ostida kuzatiladi. 


Ichak to’silishining asosiy rentgenologik belgisi to’ntarilgan kosasimon, asosi 
gorizontal gaz pufaklari - Kloyber kosalari hisoblanadi. Ichak to’silishi sohasiga 
qarab Kloyberg kosalarining soni, o’rni, shakli turlicha bo’ladi. To’silish 
ichakning ko’p (proksimal) qismida - me'da sohasida bo’lsa (me'daning buralishi 
(zavorot jeludka), pilorostenoz) chap diafragma ostida bita katta gaz kosasi 
kuzatiladi. 
To’silish 12 barmoq ichak sohasida bo’lganda ikkita kosa - bita katta 
diafragmaning chap gumbazi ostida, ikkinchisi kichikrok, pastrokda, kindikdan 
ung tomonda (12 barmoq ichakning proksimal qismida) kuzatiladi. Ingichka 
ichakning proksimal qismida to’silishda qorinning chap tomonining ko’p qismida 
etgan Kloyberg kosalari (4-5ta) kuzatiladi. Bu kosalar yassi (asosi keng, balandligi 
qisqa), to’silishdan distal qismlarda gaz pufaklari kuzatilmaydi. Ichak to’silishi 
ileocekal sohada bo’lganda qorinning hamma qismida, ko’proq o’rtada yotgan 
yassi kosalar kuzatiladi.
Yo’g’on ichaklardagi to’silishlar uchun vertikal o’lchami (balandligi) katta, 
asosi nisbatan kichik kosalar kuzatiladi. Ular asosan biqin sohalarida, yo’g’on 
ichakning distal qismi to’silishida o’rtada ham kuzatiladi. 
Mexanik ichak to’silishlarida kosalar sathi, kattaligi, o’rni kuchli peristaltika 
tufayli tinimsiz o’zgarib turadi. Dinamik (asosan paralitik) to’silishlarda tasvir 
o’zgarishsiz, peristaltika yo’qligi tufayli sokinlik hukmron bo’ladi. 

Download 389.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling