Amaliy mashg'ulot №1. Oshqozon-ichaklarni nurli tekshirish usullari rentgenografiya, bariy bilan rentgenoskopiya ularning afzalliklari, kamchiliklari va ko'rsatmalar
Me'dani tekshirish, rentgen anatomiyasi va fiziologiyasi
Download 389.61 Kb. Pdf ko'rish
|
1 - Nazariy material
Me'dani tekshirish, rentgen anatomiyasi va fiziologiyasi
Dastlab me'da gaz pufagining holati, va kontrast moddaning qizilo’ngach - meda oralig’idan o’tishi o’rganiladi, so’ng bariy sulfat bo’tqasining me'dada siljishi kuzatiladi. Kontrast moddaning dastlabki porciyasi me'da kardial qismida uchi pastga qaragan, asosi kichik, uchburchak soya hosil qilib, bir necha daqiqa to’xtaladi, so’ngra me'da yo'lakchasi bo’ylab pastga siljiydi. Me'da tonusi ko’p bo’lgan hollarda kontrast modda kardial qisimda uzoqroq turib qoladi va uning soyasi cho’qqisi pastga yo’nalgan keng asosli uchburchak shaklida bo’ladi. Gipotonik oshqozonda bariy bo’tqasi kardial qismida tutilmasdan birdan me'da tubiga tushadi, gaz pufagi esa ko'pincha yirik, to’ntarilgan nok shaklida bo’ladi. Dastlabki 1-2 qultum kontrast modda me'daga tushgandan so’ng palpatsiya va kompressiya (paypaslash va bosish) bilan uni shilliq parda yuzasiga tarqatiladi va uning yuzasi (rel'efi) o’rganiladi. Ayni bir vaqtda palpatsiya me'da devorining elastikligini ham o’rganishga imkon beradi. Me'da shilliq pardasi odatda burmalar hosil qiladi. Burmalar normal sharoitda bo’ylama yo’naladi, ular o’zaro paralell, katta egrilikka yaqin egiluvchan, yo’g’onligi 0,3-0,8 sm, bir vaqtda 4-6 burma ko’rinishi mumkin, Me'da shilliq parda burmalaridan bir nechasi pilorik kanal orqali o’tib 12 barmoq ichak piyozida bo’ylama yo’nalishni davom etdiradi, retrobulbar qismdan boshlab burmalar ko’ndalang yo’nalishga ega bo’ladi. Me'da shilliq pardasi yuzasini o’rganish uchun, undagi kichik o’zgarishlarni (polipchalar, yaralarni) aniqlash uchun qo’sh kontrastlash- me'daga ozroq bariy kiritib uni organ yuzasiga tarqatilgandan so’ng havo yuborib rentgenologik tekshirish amalga oshiriladi. Me'da gumbazini o’rganishda uni gaz bilan ko’proq to’ldirish uchun bemorga 100 ml past konsentratsiyali uksus kislotasi eki limon kislotasi eritmasiga bir kichik choy qoshiq natriy bikarbonat aralashtirib ichiriladi. Bu moddalarning o’zaro reakciyasi natijasida ko'p miqdorda SO2 ajralib chiqadi va u me'da gumbazini to’ldirib devorni taranglashtiradi. Agar bariy sulfati ichgan bemorni yotqizib turgizilsa gumbaz sohasining qo’sh kontrastlanishi ro’y beradi va uning anatomo-morfologiyasini to’laroq kuzatish imkoniyati tug’iladi. Shilliq parda relefi o’rganib bo’lingach, me'da kontrast modda bilan kardial qismiga qadar to’ldiriladi va organning joylashishi, hajmi, shakli, konturlari, siljuvchanligi, peristaltikasi va evakuatsiyasi kuzatiladi, ayni bir vaqtda devorlar tonusi va elastikligini o’rganish davom etadi. Me'dani to’ldirish uchun katta yoshdagi odamlarga 150-200 ml kontrast modda etarli. Yangi tugilgan chaqaloqlar me'dasining hajmi kichik, 7 ml u dastlabki kunlarda tez kattalashadi 10 kunli bolada 60-70 ml-ga etadi, keyinchalik kattalanish sekinlashadi, uch oylikda 100 ml-ga, 6 oylikda 150 ml-ga etadi. Meda o’rtalik chiziqdan chap tomonda joylashgan, gumbaz qismi devori diagfragma bilan qo’shilib 0,5-0,7 sm qalinlikdagi yagona soya hosil qiladi, tubi yonbosh suyaklar balandligida etadi. Me'daning shakli ma'lum darajada odam konstitutsiyasiga bog’liq. Normosteniklarda u qarmoqsimon, asteniklarda uzun qarmoq gipersteniklarda va yosh bolalarda nisbatan gorizontal etadi, mol shohi shaklida bo’ladi. Me'daning konturlari kichik egrilik bo’ylab aniq, silliq, peristaltika sababli biroz to’lqinsimon bo’lishi mumkin, katta egrilik tomonda biroz notekis, tishli bo’ladi. Bu notekislik katta egrillikka yaqin eshgan shilliq parda burmalarining old devordan orqa devorga egilib o’tishi (zigzag obraz) tufayli ro’y beradi. Oshqozon kontrast modda bilan to’ldirib olingan tasvirda organning devori soya tashqarisida yotadi va o’z tasviriga ega emas. Me'da devorining hususiy soyasini olish uchun pariyetografiya - bir vaqtda oshqozonga va qorin bo’shlig’iga havo yuborib, ikki tomonda kontrast hosil qilib, tasvir olish metodi qo’llanadi. Ko'pincha pariyetografiya sharoitida tomografiya o’tkaziladi. Bu metod organ devorining qalinligi va undagi o’zgarishlarni aniq ko’rsatib beradi. Peristaltika me'da devori muskul qatlamining navbatma-navbat qisqarishi tufayli yuzaga keluvchi to’lqinsimon harakat bo’lib, u dastlab kardial qisim va tana chegarasida bilinar-bilinmas botiqlik sifatida boshlanib, pastgi tomonga siljiydi, antral qisimga qadar tobora chuqurlashib boradi va pilorik kanalgacha uzluksiz davom etadi. Peristaltika to’lqinining davomligiga o’rtacha 25 sekund, chastotasi (navbatdagi to’lqini paydo bo’lishi) 20-21 sekundni tashkil qiladi. Rentgen ekranida ayni bir vaqtda 1-2 Peristaltika to’lqinini kuzatish mumkin. Peristaltika to’lqini ovqat mahsulotlarni me'da aralashtiruvchi, uni bir meyorda hazm bo’lishiga yordamlaShuvchi va uni evakuatsiyalovchi omil hisoblanadi. Me'da devori peristaltikasini rentgenoskopiya vositasida aniq o’rganishga imkon bo’lmagan hollarda poligrafiya - rentgen trubkasi, bemor va plyonka solingan kassetaning holatini o’zgartmasdan 10-15 sekund interval bilan, bemor nafas olmay to’rgan holda ikki (diplogramma) eki uchta (triplogramma) rentgen surat olinadi. Pariyetogrammada peristaltika saqlangan sohalarda me'da soyasining konturi ikki yoki uchta bo’ladi, peristaltika yo’qolgan sohada esa soya konturi bitta bo’ladi. Me'da peristaltikasini o’rganish uchun ba'zan rentgenokimografiya ham qo’llanadi. Kontrast moddaning oshqozondan evakuatsiyasi birinchi minutdanoq boshlanadi. Oshqozonga tushgan ovqat mahsuloti yoki kontrast modda me'da yo'lakchasi bo’ylab siljib, shiraga to’yinib dastlabki daqiqalardayok 12 barmoq ichak piyoziga o’tadi. Keyinchalik pilorik sfinkter funksiyasini neyrogumoral (himotoksik) boshqarilishiga mos ravishda evakuatsiya ritmik kechdi va 3-3,5 soatda tugallanadi, (bolalarda 2-2,5 soatda). Download 389.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling