Amaliy mashg'ulot №1. Oshqozon-ichaklarni nurli tekshirish usullari rentgenografiya, bariy bilan rentgenoskopiya ularning afzalliklari, kamchiliklari va ko'rsatmalar
Download 389.61 Kb. Pdf ko'rish
|
1 - Nazariy material
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qizilo’ngach o’smalari.
Qizilo’ngach kuyishi - kelib chiqish sababi bo’yicha termik va ximik bo’lishi
mumkin. Kuyish ko’proq fiziologik torayishlar sohasida kuchliroq bo’ladi. Kuyish yengil, o’rta, og’ir va chuqur-nekrozli bo’lishi mumkin. Rentgenologik tekshirish kuyishning ikkinchi haftasida o’tkaziladi. Tekshirishda kuyish sohasi, stenoz darajasi aniqlanadi. Stenoz odatda 1-2 oydan so’ng yuzaga keladi. Qizilo’ngachning toraygan qismidan yuqorida suprastenotik kengayish kuzatiladi. Qizilo’ngach o’smalari. Qizilo’ngachda havfsiz va havfli o’smalar uchraydi. Havfsiz o’smalar, qizilo’ngach devorining turli elementlaridan kelib chiqadi. Ko'pincha polip, leyomioma, gemangioma, limfangioma, nevrinomalar uchraydi. Ular qizilo’ngachning epiteliy, mushak, qon va limfa tomir, nerv elementlaridan rivojlanadi. Havfsiz o’smalar qizilo’ngach devoriga nisbatan joylashgan o’rni va kattaligiga qarab kontrast modda bilan to’lgan organ soyasining yarim oval shaklda, aniq chegarali, ko'pincha silliq defekti eki qizilo’ngachning urchuksimon kengayishi, kengayishning o’rta qismida kontrastli soyaning defekti sifatida aks etadi. Qizilo’ngach devorining elastikligi va peristaltikasi yo’qolmaydi, shilliq parda burmalari, o’sma hosil qilgan soya defekti sohasida egilib, uni aylanib o’tadi. Qizilo’ngach havfli o’smalar. Qizilo’ngachda, ko'pincha shilliq pardani qoplovchi epiteliydan rivojlangan havfli o’sma - rak kuzatiladi. O’sish harakteriga qarab asosan uch hil: endofit uchuvchi - infiltrativ va ekzofit o’suvchi raklar tafovutlanadi. Ekzofit raklar polipsimon (miyasimon) yoki kosasimon bo’lishi mumkin. Infiltrativ rak qizilo’ngach ichiga deyarli o’smaydi, asosan organ devorini infiltraciya qilib o’sadi va tez orada uni aylanasiga qamrab oladi. Natijada organ bo’shlig’ining bir meyorda torayishi ro’y beradi. Kontrast modda ichirilganda o’sma sohasida qizilo’ngachning voronkasimon bir tekis torayishi, uning yuqorisida suprastenotik kengayish kuzatiladi. Torayishning konturlari aniq, biroz notekis. Bu sohada organ devorining elastikligi va Peristaltikasi yo’qoladi. Shilliq parda burmalari dastlab dag’allashadi so’ngra buziladi va yo’qoladi. O’sma sohasidagi torayish qizilo’ngachning o’qi bo’ylab yetadi, uning kengligi kuzatuv davomida o’zgarmaydi, yani qay darajada ochiq bo’lsa shunday qoladi, epik bo’lsa berkligicha saqlanadi. Polipsimon rak notekis, ba'zan o’ta g’adir-budur, gulkaramsimon, yoki miyasimon shaklda qizilo’ngach ichiga qarab usadi. Buning natijasida dastlab organ devorining bir tomonida notekislik paydo bo’ladi, u keyinchalik o’sma shu sohada qizilo’ngach ichini to’ldiradi. Bemorga kontrast modda ichirilganda o’ta notekis ba'zi joylarda noaniq chegarali to’lish defekti paydo bo’ladi. Kontrast modda o’sma bo’rtmalari va egatlari bo’ylab jilgachalar hosil qilib turli tomonga yo’naladi. Rak bilan to’lgan qizilo’ngach ichidan o’tadigan kontrast moddaning yo'li (rak kanali) va konturlari noaniq, ko'pincha uzilib qoladi. Kosasimon rak chetlari do’mboq o’rtasi chuqur idish, kosa shakliga ega. Rentgenokontrastli tekshirishda u chetlari do’mboqli, to’lishish defekti hosil qilib dastlab qizilo’ngach devorining bir tomonidan o’sadi, keyinchalik rivojlanish jarayonida qarshi tomonga ham o’sib o’tadi. Natijada qizilo’ngach devori notekis qalinlashadi, bo’shliq torayib boradi. Kontrast modda ichirilganda rak sohasida qizilo’ngach devorining bir tomondan eki ikki tomonda notekis torayishi, uning O’rtasida biroz kengaygan joyda bariy ko’lmakchasi ko’rinadi. Rak to’qimalari orasida paydo bo’lgan tor rak kanali ekssentrik (markazdan chetda) o’tadi. Rak kanalining kengligi bir hil emas, konturlari ko'pincha aniq, ammo notekis bo’ladi. Umuman oshqozon-ichak trakti organlari hovli o’smalarining dastlabki rentgenologik belgilari quyidagilar: organ devori elastikligi va peristaltikasining yo’qolishi (o’sma to’qimasi mushak tolalarini yemirib o’rnini o’zi egallagani tufayli), hamda shilliq parda burmalarining rak sohasida buzilishi va yo’qolishi hisoblanadi. To’lishish defekti nisbatan keyinroq namoyon bo’ladi. Download 389.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling