3-kurs (harbiy) Amaliy ko’nikamalar


Download 225.71 Kb.
bet1/8
Sana07.03.2023
Hajmi225.71 Kb.
#1243900
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
02. Amaliy ko\'nikmalar (3-kurs BKP






3-kurs (harbiy)
Amaliy ko’nikamalar



  1. BOLALARDA NAFAS TIZIMINI TEKSHIRISH

ko‘rikdan o‘tkazish, palpatsiya, perkussiya, auskultatsiya

Bolalarda o‘pka palpatsiyasi. (og‘riqli nuqtalar, ovoz dirillashi, ko‘krak qafasi elastikligi va rezistentligi, teri burmalari qalinligini aniqlash).

Ko’rikdan o’tkazish




  • Bemor yuzini ko’zdan kechiriladi. (burundan yoki og’izdan nafas olishi; burun qanotlarining nafasda ishtiroki; sianoz; oqarish; burundan ajralma bor yoki yo’qligi va ajralma xarakteri)

  • Ovoz o’zgarishiga e’tibor beriladi;

  • Ko'krak qafasi ko’zdan kechiriladi. (yordamchi mushaklar nafas aktida ishtiroki; nafas aktida ko’krak qafasining ikki tomonlama sinxron harakati; nafas ritmi; nafas tipi; nafas-puls koeffitsenti; )

  • Ko’rikdan o’tkazish so’ngida tomoq ko’riladi (Faringoskopiya)

1.

Ko‘krak qafasi palpatsiyasida ikkala qo‘l kaftlari simmetrik tekshiriladigan soxaga qo‘yiladi. Qo‘krak qafasni oldindan orqaga va yon tarafidan yengil bosib, uning elastikligi va rezistentligi aniqlanadi. Bolaning yoshi qancha kichik bo‘lsa, shunchalik ko‘krak qafasi yumshoq bo‘ladi. Ko‘krak qafasining qarshiligi ortsa, uning rigidligidan dalolat beradi.

2.

Og‘riqli nuqtalar. Yuzaki og‘riq – yuzaki to‘qimalar zararlanishi (mushak, nerv va suyak) va chuqur og‘riq – plevral, paypaslash orqali aniqlanadi.

3.

Ovoz dirillashi – qo‘l kafti bilan palpatsiyasida bolaning past chastotali tovushi talaffuzida ko‘krak qafasining rezonans vibratsiyasi natijasida paydo bo‘ladi. Uni baxolash uchun qo‘l kaftlari simmetrik ravishda ko‘krak qafasiga maxkam yopishtirgan xolda qo‘yiladi. Boladan "traktor", "arra" kabi so‘zlarni talaffuz qilish so‘raladi. Erta yoshdagi bolalarda ovoz dirillashni baqirganda yoki yig‘laganda aniqlash mumkin.

4.

Lokal terlash – ko’krak qafasi palpatsiyada mahalliy ter ajralishi bor yoki yo’qligi aniqlanadi.

5.

Giperesteziya – sezuvchanlikni oshib ketishi hisoblanib, palpatsiya vaqtid bemor yuz ifodasi o’zgaradi yoki shifokor qo’lidan o’zini olib qochadi.

6.

Shish – ko’krak qafasida shishlar bor yoki yo’qligi aniqlanadi.

Bolalarda o‘pka perkussiyasi. (solishtirma, o‘pkani pastki chegaralarini, o‘pka uchini, Krenig maydoni, o‘pka ekskursiyasini aniqlash)

1.

Ko‘krak qafasini orqasini perkussiyasida bolaga qo‘llarini oldinga ko‘kragiga qarama-qarshi qo‘ydirib, oldinga bir oz engashish buyuriladi. Oldi tarafini perkussiyasida bola qo‘llarini tushurilgan xolatda bo‘lishi kerak. Erta yoshdagi bolalarda ko‘krak qafasini oldingi perkussiyasida bola chalqancha yotgan bo’lishi mumkin. Orqa tarafi tekshirilayotganda onasining qo‘lida bo‘lishi mumkin. Bolada bevosita va bilvosita perkussiya qilinadi:

2.


Download 225.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling