Bolalarda yurak auskultatsiyasi
1.
|
Yurak auskultatsiyasini bolaning turli holatida bajarish mumkin: chalqancha yotgan holda, yonboshlab yoki turgan holatlarda. Shuningdek, tekshiruvni oddiy nafas olganda, nafas ushlab turganda, hamda jismoniy zo‘riqishdan oldin va keyin.
|
2.
|
Auskultatsiyada yurak tonlari, yurak ritmi va I va II tonlarning nisbati baholanadi.
|
3.
|
Bola hayotining 1 chi kunlarida yurak tonini fiziologik kuchsizligi aniqlanadi, keyinchalik ton aniq va ovozi balandlashadi.
|
4.
|
Yurak tonlarini tinglash joylari:
Mitral klapan eshitish nuqtasi – chap o‘rta o‘mrov chizig‘ida 1-1.5 sm ichkarida V qovurg‘a oralig‘ida;
Aorta klapani eshitish nuqtasi – to‘sh o‘ng tarafida II qovurg‘a oralig‘ida;
O‘pka arteriyasini eshitish nuqtasi – to‘sh chap tarafida II qovurg‘a oralig‘ida;
Uch tavaqali klapan eshitish nuqtasi – to‘shning pastki 1/3 qismi;
Botkin-Erb nuqtasi – to‘shga III-IV qovurg‘aning birikkan qismi.
|
5.
|
Yangi tug‘ilgan chaqaloqda 1 chi 2-3 kunlarda cho‘qqida va Botkin-Erb nuqtalarida II ton I dan balandroq bo‘ladi, 2-3 oylikda I ton balandlashadi.
|
6.
|
2-12 yoshlarda II ton chap II qovurg‘a orasida o‘ngga qaraganda yaxshi eshitiladi, ya’ni o‘pka arteriyasida fiziologik II ton aksenti paydo bo‘ladi.
|
7.
|
12 yoshlarda tonlarning balandligi tenglashadi, keyinchalik II ton o‘ngda – aortada yaxshi eshitiladi.
|
8.
|
Kattalarda yurak cho‘qqisida I ton, asosida esa (aorta va o‘pka arteriyasi klapanlari) II ton yaxshi eshitiladi.
|
Kafedra mudiri, professor: Bobomuratov T.A.
O’quv ishlariga ma’sul, t.f.d., dotsent: Nurmatova N.F.
Kafedra assistenti: Xoshimov A.A
Do'stlaringiz bilan baham: |