3-kurs (harbiy) Amaliy ko’nikamalar


II. BOLALARDA YURAK QON-TOMIR TIZIMINI TEKSHIRISH


Download 225.71 Kb.
bet3/8
Sana07.03.2023
Hajmi225.71 Kb.
#1243900
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
02. Amaliy ko\'nikmalar (3-kurs BKP

II. BOLALARDA YURAK QON-TOMIR TIZIMINI TEKSHIRISH
ko‘rikdan o‘tkazish, palpatsiya, puls tekshirish, perkussiya, auskultatsiya

Bolalarda yurak palpatsiyasi

1.

Vrachning qo‘llari va xona iliq bo‘lishi kerak. Bemor beligacha yechintiriladi Palpatsiya bemorni yotgan yoki tik turgan xolatida o‘tkaziladi. Avval yurak cho‘qqi turtkisi palpatsiya qilinadi. Agar cho‘qqi turtki ko‘rinsa, vrach kaftini shu soxaga qo‘yadi va eng ko‘p xis etgan sohani aniqlab, barmoqlarini uchlari bilan shu soxa paypaslab, uning joylashuvini, turtki kuchini, irradiatsiyasiga axamiyat beriladi. Sog‘lom bolalarda cho‘qqi turtki sohasi 1-2 sm2.

2.

Yurak palpatsiyasida yana yurakning sistolik va diastolik titrashi, perikard ishqalanish shovqinini aniqlash mumkin.

Bolalarda puls tekshirish

1.

Bolaga yoki uning onasiga muolajaning axamiyati tushuntiriladi.
Bolani yotqizish yoki stulga o‘tkazish kerak. Puls qo‘lda (bilak arteriya) va oyoqda (son arteriyasi) paypaslanib topiladi. O‘ng va chap qo‘ldagi, shuningdek o‘ng oyoq va chap oyoqdagi pulslar solishtiriladi. Bilak arteriyasidagi pulsga qaraganda, son arteriyasidagi puls kuchliroq seziladi. 2,3,4 barmoqlar yostiqchasini bilak arteriyasiga qo‘yiladi va suyakga yengil bosiladi. 1 minut davomida chap qo‘lda puls soni aniqlanadi. 1 minut davomida o‘ng qo‘lda puls soni aniqlanadi. Puls soni qayd qilinadi. Olingan natijalar shifokorga beriladi.


Download 225.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling