3-kurs (harbiy) Amaliy ko’nikamalar


Bolalarda yurak perkussiyasi


Download 225.71 Kb.
bet4/8
Sana07.03.2023
Hajmi225.71 Kb.
#1243900
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
02. Amaliy ko\'nikmalar (3-kurs BKP

Bolalarda yurak perkussiyasi

1.

Yurak perkussiyasida aniqlanadi: o‘lchamlari, konfiguratsiyasi, xolati va tomirlar tutami kengligi.

2.

4 yoshdan katta bolalarda perkussiya kattalarnikidaka olib boriladi.

3.

Erta yoshdagi bolalarda bevosita perkussiyada bitta perkutor barmoq ishlatiladi, bilvosita perkussiyada plessimetr-barmoqqa faqat bitta barmoq uchi qo‘yiladi. Bunda perkussiya tinch o‘tkazilishi kerak.

4.

Bola turgan yoki orqasiga yotqizilgan xolatida yurakning yuqori chegarasi aniqlanadi.

5.

Yurak chegarasi plessimetr-barmoqning aniq ovoz tarafidagi tashqi qirrasidan belgilanadi.

6.

Yurakning nisbiy yuqori chegara:
Chap parasternal chizig‘i bo‘ylab (o‘mrovni 1chi qovurg‘a deb xisoblab) pastga qarab bo‘g‘iq tovushgacha tukillatamiz. Normada bolalarda yuqori chegara:
2 yoshgacha – 2 chi qovurg‘ada;
2-7 yoshda - 2 chi qovurg‘a oralig‘ida;
7-12 yoshda- 3 qovurg‘ada joylashgan.

7.

Yurakning nisbiy o‘ng chegarasi aniqlanadi. Avval o‘rta o‘mrov chizig‘ida jigar to‘mtoq tovushigacha perkussiya qilinadi, keyin 1 qovurg‘a yuqoriga chiqiladi va qovurg‘aga perpendikulyar ravishda to‘shga qarab bo‘g‘iq tovush xosil bo‘lguncha perkussiya qilamiz. Normada bu chegara bolalarda:
2 yoshgacha – o‘ng parasternal chizig‘ida;
2-7 yoshda - o‘ng parasternal chizig‘idan ichkariroqda;
7-12 yoshda- o‘ng to‘sh qirg‘og‘idan 1 sm tashqarida joylashgan bo‘ladi.

8.

Yurakning nisbiy chap chegara aniqlanadi, oldin yurak turtkisi - aniqlanadi. Chap oldi qo‘ltiq liniyasidan yurak cho‘qqisi tomon tukillatib boriladi:
2 yoshgacha – o‘rta o‘mrov chizig‘idan 1,5-2 sm tashqarida;
2-7 yoshda - o‘rta o‘mrov chizig‘idan 0,5-1,5 sm tashqarida;
7-12 yoshda - o‘rta o‘mrov chizig‘idan 0,5-1 sm ichkarida yoki shu chiziqda joylashgan bo‘ladi;

9.

Yurak konfiguratsiyasi yurak nisbiy to‘mtoqlik cheralarini birlashtirish natijasida aniqlanadi. Normada chapdan tomirlar tutami va chap qorincha oralig‘ida o‘tmas burchak – “yurak beli” aniqlanadi.

10.

Tomirlar tutami kengligi to‘shdan 2nchi qovurg‘a oralig‘ida chapga va o‘ngga perkutor tekshiruv natijasida aniqlanadi. Normada tutam to‘shdan tashqariga chiqmaydi. Kattalarda uning kengligi 5-6 sm bo‘ladi.


Download 225.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling