Amaliy mashg'ulot №1. Oshqozon-ichaklarni nurli tekshirish usullari rentgenografiya, bariy bilan rentgenoskopiya ularning afzalliklari, kamchiliklari va ko'rsatmalar


Me'daning ayrim kasalliklari rentgeno-diagnostikasi


Download 389.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/14
Sana28.12.2022
Hajmi389.61 Kb.
#1023981
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
1 - Nazariy material

Me'daning ayrim kasalliklari rentgeno-diagnostikasi 
Gastrit (G). O’tkir va surunkali bo’ladi. O’tkir gastritlarda rentgenologik 
tekshirish o’tkazilmaydi. Xronik gastritlarning diagnostikasi rentgenologik, 
endoskopik, klinik laboratoriya tekshirishlari natijasiga asoslanadi. Gastritga hos 
o’zgarishlar me'daning antral qismida ko’proq kuzatiladi (antral G). 
Patologoanatomik o’zgarishlarning va protsessning taqalish harakteriga qarab 
xronik gastritlarning quyidagi formalari tafovutlanadi: Diffuz (universal) G, Antral 
G. Rigid antral G, Erroziv G, Polipoz G. 


Har qanday gastrit qon tomirlarning kengayishi, shilliq parda va parda osti 
qatlamning shishi, yallig’lanish infiltratsiyasi va ularning distrofik o’zgarishlari 
bilan harakterlanadi. Bu o’zgarishlar rentgenologik tekshirishda o’z aksini topadi. 
Shilliq parda burmalari notekis yo’g’onlashadi va tasbehsimon tasvirga ega 
bo’ladi, burmalar uzayadi, egilib ilon izisimon buraladi. Yo’g’onlashgan va 
uzaygan shilliq parda burmalari me'daning orqa devordan old devorga egilib 
o’tishi natijasida katta egrilik qirrasida arra tishisimon, chuqur notekislik paydo 
bo’ladi. Yallig’lanish infiltratsiyasi, me'da maydonchalari (area gastrico)ning 
kattalanishi (odatda ularning kattaligi 1-2 mm) silliqlanishi, ular o’rnida 
estikchasimon eki polipsimon do’mboqchalar hosil bo’lishiga olib keladi. 
Yallig’lanish va gipersekretsiya tufayli nahorda me'da ichida suyuqlikning va 
shilimshikning ko'payishi kuzatiladi. Me'da tonusi o’zgaradi. U ortishi eki 
kamayishi mumkin tonusning kamayishi me'dani kengayishi, shilliq parda 
burmalarining yassilanishi, chuzilishi, Peristaltikaning kuchsizlanishi bilan birga 
kechadi. Tonusning ortishi, aksincha, shilliq parda burmalarining yo’g’onlashishi, 
yo’nalishining o’zgarishi, ko’ndalang burmalar paydo bo’lishi organ hajmining 
kamayishi bilan kechadi. 
Diffuz G. va antral G. bir-biridan jarayonning tarqalishi bilan farq qiladi. 
Rigid antral G. me'daning chiqish qismining torayishi, qisqarishi uning devorini 
yallig’lanish infiltratsiyasi, sklerozi gueki kattiklashini bilan harakterlanadi. 
Peristaltika yaqqol bilinmaydi. Gastritning bu turini infiltrativ rakdan tafovutlash 
qiyin. 
Erroziyali G-lar ko'pincha antral G-lar yoki me'da yarasi bilan birga 
kuzatiladi. Bu tur gastritlarda shilliq parda yuzasida, noto’g’ri shaklli, bir necha 
mm kattalikda, erroziya yuzasiga yopishgan bariy dog’lari ko’rinadi. 
Polipoz G-lar atrofiyalanib boruvchi shilliq parda burmalari yuzasida 
so’galsimon o’smalar, oyoqchali haqiqiy poliplar kuzatiladi. Ular rentgen tasvirda 
asosan antral qismda joylashgan yumoloq yoki noto’g’ri shakilli, ozmi-ko'pmi aniq 
cheklangan to’lishish defektlari sifatida aks etadilar. Polipsimon o’smalar erroziv 
G-da ham kuzatiladi. Ammo polipoz G. uchun to’liq ahiliya hos. Erroziv G-da 
ko’proq gipersekretsiya holat kuzatiladi. 

Download 389.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling