Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti


Download 9.76 Kb.
bet1/4
Sana02.12.2023
Hajmi9.76 Kb.
#1780669
  1   2   3   4
Bog'liq
endo

FARG’ONA JAMOAT SALOMATLIGI TIBBIYOT INSTITUTI

Stomatologiya yo’nalishi

3021-guruh talabasi

Sultonova Nodiraning

,,Klinik endodontiya’’ fanidan tayyorlagan mustaqil ishi

Endodontik asboblar

Ma’lumki pulpit va periodontitlarni davolashda ildiz kanallarida ishlash uchun uch xil maxsus asboblar yig‘indisi ishlatiladi. Ular katta, o‘rta va kichik deb nomlanadi.

Endodontik asboblar foydalaniladigan sohasiga ko‘ra bir necha guruhlarga bo‘linadi: 1. Tish bo‘shlig‘ini charxlash uchun; 2. Kanal usti teshigini kengaytirish uchun; 3. Kanalni o ‘tish uchun; 4. Kanalni kengaytirish uchun; 5. Ildiz kanali hajmini aniqlash uchun; 6. Ildiz kanalini plombalash uchun.

Tish bo‘shlig‘ini charxlash uchun sharsimon va fissur borlar qo‘Ilaniladi. Maxsus borlardan uzun o ‘qli sharsimon va Maillefer firmasining mahsuloti bo‘lmish to‘mtoq uchli fissurali borlar ishlatiladi. Ushbu borlarni qoMlashda kovak tubining teshilib qolish ehtimoli bo‘lmaydi.

Katta yig‘indi 8 xil asboblardan iborat:

1. Ildiz chuqurligini aniqlaydigan igna.

2. Pulpaekstraktor.

3. Kanal buravi.

4. Rashpil.

5. Drilbor.

6. Razvertka.

7. Kanal to‘ldirgich.

8. Shtopfer.

1. Ildiz chuqurligini aniqlaydigan igna

Ildiz chuqurligini aniqlaydigan igna- bu bukuluvchan qirrali yoki dumoloqlashgan, o‘tkir uchli igna bo‘lib, qalinligi birinchi, ikkinchi, uchinchi raqam bilan nomlanadi, ildiz kanalini chuqurligini aniqlash uchun mo‘ljallangan

2. Pulpaekstraktor

Ildiz kanalidan pulpa to‘qimasini olish uchun mo‘ljallangan asboblar, archa shoxchalariga o‘xshab yasalgan o‘tkir tishchali dastadan iborat. Kalta(3sm) va uzun (5sm), eni bo‘yicha ingichka va (1,2) o‘rta (3), qalin (4,5) lari tafovut qilinadi.

3. Ildiz buravi

Ildiz kanalini kengaytirish, silliqlash va devorlardan infeksiyalangan predentin qavatini olib tashlash va cho‘qqi teshigini kengaytirish uchun ishlatiladi. Buravni o‘tkir spiralsimon qirralari ildiz devoridan dentinni qirib olb tashlaydi.


Download 9.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling