Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutiga biriktirilgan maktablar to‘g‘risida


Download 14.37 Kb.
Sana24.03.2023
Hajmi14.37 Kb.
#1291468

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutiga biriktirilgan maktablar to‘g‘risida
MA’LUMOT
Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri Mamadaliyev Ne’mat Qahharovich Farg‘ona viloyati Quvasoy shahar 6-umumiy o‘rta ta’lim maktab direktori Abduraxmonova Manzura Muhammadovna. 27 nafar pedagog xodimlari, 317 nafar o‘quvchi (167 nafari qizlardan) iborat.
O‘zbek tili, Xorijiy tillar va pedagogika kafedrasi mudiri Kadirova Munira Rasulovna.
Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 22-umumiy o‘rta ta’lim maktab direktori Sh. Yuldashev. 54-nafar pedagog xodimlari, 807 nafar o‘quvchilardan iborat.
Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 40-umumiy o‘rta ta’lim maktab direktori Sh.Sultonova. 63-nafar pedagog xodimlari, 826 nafar o‘quvchi (167 nafari qizlardan) iborat.
Tibbiy va biologik kimyo kafedrasi mudiri Ma’rupova Manzura. Marg‘ilon shahar 24-umumiy o’rta talim maktabi direktori J.Shokirov. 61-nafar pedagog xodimlari, 1185 nafar o‘quvchilardan iborat.
Axborot texnologiyalari va sport kafedrasi mudiri M.Qoraboyev Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanidagi 31-maktab direktori Jo‘rayev Axrorjon Aminjonovich. 56 nafar pedagog xodimlar, 633 nafar o‘quvchi (314 nafari qizlardan) iborat.

Farg’ona viloyati Marg’ilon shahar XTB tasarruvidagi 24-umumta’lim maktabida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 12-avgustdagi “Kimyo va biologiya yo’nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatni va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi PQ 4805 sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2022-yil 12-sentyabr, 14-oktyabr hamda 16-noyabr kunlari Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot institutidan “Tibbiy va biologik kimyo” kafedrasi professor-o’qituvchilari N.Dehkanova, Y.Nazarova va B.Sultonov, akademik litsey va texnikumlarga metodik yordam berish sektori bosh mutaxasisi N.Shokirovalar tashrif buyurdilar.


PQ 4805 sonli qarorining mazmun mohiyati bilan barchani tanishtirdilar. Jumladan, mamlakatimizda kimyo va biologiya fanlarini rivojlantirsh, ushbu yo’nalishlarda ta’lim sifati va ilm-fan natijadorligini oshirish “Ilm ma’rifat va raqamli iqtisodiyot yili” Davlat dasturining ustivor vazifalari qatorida belgilanganligi, maktablarda kimyo va biologiya fanlarini chuqur o’qitish, hududlarda yangi-yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish, yuqori qo’shilgan qiymat yaratasdigan farmatsevtika, neft, gaz, kimyo tog’-kon, oziq-ovqat sanoati tarmoqlarini jadal rivojlantirishga turtki berishi to’g’risida atroflicha ma’lumot berdi.

Farg’ona viloyati Qo’shtepa tumanidagi 22-sonli umumiy o’rta ta’limi maktabida 2022-yil 15-oktyabr, 11-noyabr, 30-noyabr kunlari bitiruvchi sinf o’quvchilari bilan “Kasbga yo’naltirish”, “Pedagogning muloqot madaniyati” mavzusida “Lotin tili pedagogika va psixologiya” kafedrasi professor- o’qituvchilari, M.Kadirova, N.Saliyeva, O.To’ychiyeva, Sh.Ergashova, D.Nishonova, O.Mo’minova, M.Jo’rayevalar muloqot inson faoliyatining ruhiy hamda ma’naviy asosi natijasida yuzaga kelayotgan ijtimoiy ehtiyojlar bilan birgalikda namoyon bo’lishi, “Shaxslar faoliyati motivatsiyasi” ning asosi sifatida yuzaga chiqayotgan ehtiyoj, manfaat, manfaatdorlik kabi ijtimoiy-iqtisodiy omillar ma’lum ma’noda ularni maqsadli o’y-fikrlari, istaklari yuzaga chiqishiga ham sabab haqida gapirib o’tdilar.


Farg’ona viloyati Qo’shtepa tumanidagi 40-umumta’lim maktabiga Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “O’zbek va horijiy tillar” kafedrasi o’qituvchilari O’.Ahmedova, N.Yigitlaiyeva, Sh.Hamdamova, M.G’aniyev, A.Anvarov, T.Qahhorova, N.Fazilova, M.Mamathanovalar tashrif buyurdilar. Bitiruvchi sinflarga amaliy yordam ko’rsatish, ularni kasbga yo’naltirish maqsadida seminar trening o’tkazildi. Oliy ta’lim muassasalariga kirib o’qishlari, ularning qiziqishlarini aniqlab, maktab o’quvchilari hamda bizning institut o’qituvchilari tomonidan kasbga yo’naltirish, hunarga o’rganishga qiziqtirish, katta hayotga to’g’ri yo’ldan ketishlariga yordam ko’rsatish kerakligini alohida tushuntirib o’tdilar. Ayniqsa kirish testlariga puxta tayyorgarlik ko’rish, tanlagan yo’nalishlari bo’yicha test o’tkaziladigan fanlarga chuqurroq yondashish, fanlar b’yicha o’qituvchillar darslarni yanada qiziqarli, kengaytirib o’rgatish kerakligi ta’kidlandi. Maktabdagi o’zbek, rus, ingliz tili fanlari o’qituvchilari bilan hamkorlikda ishlashni davom ettirish taklifi berildi.
Download 14.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling