Farg’ona palitexnika inistituti klt fakulteti imt 71-20 guruh talabasi Muhammadjonov Odilbekning


Download 28.16 Kb.
Sana07.05.2023
Hajmi28.16 Kb.
#1438423
Bog'liq
Analog modellar



Farg’ona palitexnika inistituti
KLT fakulteti IMT 71-20 guruh talabasi
Muhammadjonov Odilbekning
Idenfikatsiyalash modellashtirish va optimallashtirish fanidan
Mustaqil ishi.
Tizimning modellashtirish turlarining tasnifi.

REJA:
1 Analog modellar.
2 Analog modelning tadqiqot usullari.
3 Kombinatsiyalangan modellashtirish.


Analog modellar - deb shunday modellarga aytiladiki, orginaldan fizik tabiatga nisbatan farq qiluvchi, ammo ishlash jarayoni orginalga o‘xshash bo‘lgan modellarga aytiladi. Bunday modellarda asosiy shartlardan biri bu o‘rganilayotgan ob’ekt bilan model parametrlari orasida bir qiymatli mos kelishlik bo‘lishi, xamda bu tizmlardagi jarayonlarni o‘lchamga ega bo‘lmagan matematik yozilishi ayniyat shaklida bo‘lishi zarur.

Analog modellarni yaratish uchun o‘rganilayotgan tizimlarni matematik tavsiflash zarur. Analog modellar sifatida mexanik, gidravlik, pnevmatik tizimlar ishlatilishi mumkin. Ammo ko‘pgina xollarda elektr va elektron analog modellar keng qo‘llaniladi. CHunki tokni kuchi va kuchlanish boshqa tabiatga ega bo‘lgan fizik kattaliklar analogi bo‘ladi.
Analog modellarni asosiy xususiyatlari parametrlarni miqdoriy o‘zgarishi va o‘lchamlariga adaptatsiya (moslashtirish) qilinishi sodda va tezkordir. Analog modellar xisoblash texnikasini vositalarini mantiqan elementlar va elektr zanjirlari satxida tadqiqot o‘tkazishda yoki tizim satxida tizimlar ishlashi, masalan: differensional yoki algebrik tengliklar yordamida yozilish satxida foydalaniladi.

Analitik modellashtirish uchun shu narsa xarakterliki, tizim elementlarini ishlash jarayonlari qandaydir funksional munosabatlar (algebraik, integro - differensial, chekli - ayirmali va sh.o\) yoki mantiqiy shartlar ko'rinishida yoziladi.

Analitik modelni tadqiqot usullari.
Analitik model quyidagi usullar bilan tadqiq qilinishi mumkin: a) analitik, bu usul izlanayotgan xarakteristikalar uchun umumiy ko‘rinishda aniq bog‘liqliklami olish kerak bo‘lganda qo‘llaniladi; b) sonli, bu usul umumiy ko‘rinishda tenglamalarni yechishni bilmasdan, aniq bosh!ang‘ich maMumotlarda sonli natijalami olish kerak bo‘lganda qo'llaniladi; d) sifatli, bu usul aniq ko‘rinishda yechimni olmasdan, yechimning ba'zi xossalarini topish mumkin (masalan, yechimning turg‘unligini baholash) bo‘lganda qo‘llaniladi.

Agar S sistemaning izlanayotgan xarakteristikalari boshlang‘ich sharoitlari, parametrlari va o'zgaruvchanlarini bog‘layotgan aniq ifodalar ma’lum bo‘lsa, tizimning ishlash jarayonini eng to‘liq tadqiqotini o‘tkazish mumkin. Lekin bunday bog'liqliklarni olish faqatgina oddiy tizimlar uchun muvaffaqiyatli bo‘ladi. Tizimlar murakkablashganda ularni analitik usul bilan tadqiqlash katta qiyinchiliklarga olib keladi va ba'zida bu qiyinchiliklarni yengib bolmaydi.


Shuning uchun, analitik usuldan foydalanishni istaganda tizimning loaqal umumiy xususiyatlarini o‘rganish uchun biriamchi model ancha soddalashtiriladi. Sonli usul analitik usulga nisbatan tizimlarning kengroq sinfini tadqiq qilishga imkon beradi, lekin bunda, olingan yechimlar xususiy xarakterga ega boTib, SHK (shaxsiy kompyuter) dan foydalanganda sonli usul g‘oyat samaralidir.


Ba’zi bir hollarda tizim tadqiqotchisini matematik modelning sifatli usuli tahlilidan foydalanib olingan xulosalar qanoatlantirishi mumkin. Bunday sifatli usullar, masalan, boshqarish tizimlarning turli variantlarini samarasini baholash uchun avtomatik boshqarish nazariyasida keng qollaniladi.

Kombinatsiyalangan modellashtirish.


Kombinatsiyalangan modellashtirish (tahliliy-imitatsion) tizimlarning tahlili va sintezida tahliliy va imitatsion modellashtirishning lazilatlarini birlashtirishga imkon beradi. Kombinatsiyalangan modellarni qurishda obyektning ishlash jarayonini tashkil etuvchi nimjarayon uchun dastlabki dekompozitsiya o‘tkaziladi va ular uchun imkon bo‘lganda tahliliy modellar ishlatiladi, qolgan nimjarayonlar uchun esa imitatsion modellar quriladi. Bunday kombinat- 'uyalangan yondashuvda faqat tahliliy va imitatsion modellashlirishdaii alohida foydalanish imkoni bo‘lmaganda tizimlaming silalli yangi sinflarini qamrab olishga imkon beradi.

Rcal modcllashtirish.


Real modellashtirishda yoki real obyektda butunlayin, yoki uning qismida turli xarakteristikalarni tadqiq qilish imkonidan 17 ‘i /i f r \ www.ziyouz.com kutubxonasi foydalaniladi. Bunday tadqiqotlar nafaqat normal rejimlarda ishlayotgan obyektlarda o‘tkazilishi mumkin, balki tadqiqotchini qiziqtirayotgan xarakteristikalami baholash uchun maxsus rejimlarni tashkillashtirishda (o‘zgaruvchilar va parametrlaming boshqa qiymatlarida, vaqtning boshqa masshtabida va h.k.) ham amalga oshirilishi mumkin. Real modellashtirish eng monand bo‘lgan modellashtirish hisoblanadi, lekin real obyektlaming xossalarini hisobga olganda uning imkoniyatlari chegaralangan bo‘Iib qoladi. Masalan, korxonaning ABT (Avtomatik boshqarish tizimlari) ni real modellashtirish uchun, birinchidan, shunday ABTni yaratish, ikkinchidan esa, boshqariladigan obyektda tajribalar o‘tkazish, ya’ni butun korxonada tajribalar o‘tkazish talab qilinadi, lekin ko‘p hollarda buning imkoni yo‘q. Real modellashtirishning turli xilliligini ko‘rib chiqamiz.

Modellashtirishda kibemetik modellashtirish o‘ziga xos o‘ringa ega.


Kibernetik modellashtirishda modellarda kechayotgan fizik jarayonlaming obyektda bo‘lib o‘tayotgan jarayonlarga bevosita o‘xshashligi bo‘lmaydi. Bu holda qandaydir funksiyani aks ettirishga intilinadi va real obyekt «qora quti» sifatida qaraladi, unda qator kirishlar va chiqishlar bo‘lib, ular orasidagi ba’zi bir aloqalar modellashtirishtiriladi. Kibemetik modellardan foydalanganda ko'pincha tashqi muhitning ta’sirlaridagi obyektning xulq taraflari tahlil qilinadi. Shunday qilib, kibimetik modellar asosida boshqarishning ba’zi bir axborot jarayonlarini aks ettirish yotadi, bu- real obyektning xulqini baholashga imkon beradi. Bu holda imitatsion modelni qurish uchun real obyektning tadqiq qilinayotgan funksiyasini ajratish kerak, bu funksiyani kirishlar va chiqishlar orasidagi ayrim aloqa operatorlari ko‘rinishida, mutlaq boshqa matematik bogTanishlar bazasida hamda tabiiy, jarayonning boshqa holatlarda fizikaviy amalga oshiriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:
TEXNOLOGIK JARAYONLARNI MODELLASHTIRISH VA OPTIMALLASHTIRISH ASOSLAR N.R. YUSUPBEKOV D.P. MUXITDINOV
O ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o 'rta maxsus ta ’lim vazirligi tomonidan bakalavriat ta'limyo'nalishlari talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan



Download 28.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling