FarG’ona palitexnika instituti “qurilish va arx” fakulteti 94-21 guruh talabasi
Download 0.63 Mb.
|
FarG’ona palitexnika instituti
Arximed (grekcha: Ἀρχιμήδης; mil. avv. 287–212) Sirakuzalik qadimgi yunon olimi, fizik, matematik, mexanik va muhandis boʻlgan. Arximed oʻsha zamonning yirik ilmiy markazi – Iskandariyada taʼlim olgan. Rimliklar Sirakuzani bosib olishi paytida oʻldirilgan. Arximed richag qonunlarini topgan, uning nomi bilan yuritiladigan gidrostatika qonunini ochgan. Matematikaga oid bir qator ishlari orasida uning usuli yordamida egri chiziqlarning uzunligini hisoblab topish, yuza va hajmlarni aniqlash katta oʻrin tutadi. Arximed ekin maydonlarini sugʻorish mashinalari, yuklarni koʻtarish uchun moʻljallangan richag va bloklar tizimlari, harbiy irgʻitish mashinalari, qotishmalarning tarkibini suyuqlik (suv)da aniqlash usuli va boshqa koʻp kashfiyotlarning muallifi. Koʻp asarlari bizgacha yetib kelmagan. Arximedning ochgan qonunlari uning yanada mashhur boʻlishiga olib keladi. Koʻpchilikka maʼlum boʻlgan „Arximed kuchi“ yoki „Arximed qonuni“ deb nomlangan qonun fizika fanida alohida oʻrin egallaydi. Miloddan avvalgi 212-yilda rimliklar Sirakuzani bosib olgandan soʻng Arximed oʻldirilgan.
Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling