Farg'ona Politehnika instituti Ishlab chiqarishda boshqaruv fakultetida tahsil olayotgan 2-kurs talabasi Madolimov Murodjon Dilshodbek o’g'li (2002 yilda tug'ilgan millati o’zbek)ga tavsiyanoma


Download 7.67 Kb.
Sana02.06.2024
Hajmi7.67 Kb.
#1836751
Bog'liq
dekan tavsiyanomasi


Farg'ona Politehnika instituti Ishlab chiqarishda boshqaruv fakultetida tahsil olayotgan 2-kurs talabasi Madolimov Murodjon Dilshodbek o’g'li (2002 yilda tug'ilgan millati o’zbek)ga


TAVSIYANOMA

Madolimov Murodjon Dilshodbek o’g'li 2021-yil test sinovini muvofaqqiyatli 4-o’rinda topshirib, Farg'ona Politehnika instituti Ishlab Chiqarishda Boshqaruv fakultetiga o’qishga qabul qilingan. Madolimov Murodjon o’qish mobaynida ziyrak, intizomli, zukko talaba sifatida o’zini ko’rsata olish bilan birgalikda barcha fanlarni «a'lo» baholarga o’zlashrirish bilan birga ilmiy maqolalar, konferensiya va ilmiy loyihalarda ishtirok etib o’zini ko’rsatib kelmoqda.


M.D.Madolimov o’z ilmiy yo’nalishini belgilab olgan holda tadqiqotchilik faoliyatini samarali olib bormoqda. Muntazam ravishda o’z bilimini oshirish, Vatanimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda dolzarb hisoblangan muommolarni o’rganish va yechimlarini aniqlash yo’lida ustozlari rahbarligida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Xalqaro va mahalliy jurnallarda, xalqaro va Respublika miqyosida o’tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlarda, oliygoh miqyosida o’tkazilayotgan talabalarning ilmiy-amaliy anjumanlarida o’zining ilmiy maruzalari bilan ishtirok etib kelmoqda.
M.D.Madolimov o’z yo’nalishi xususan, «Tadbirkorlikni online va logistik tashkil etish va qo’llab quvvatlash» yo’nalishida bo’lgan qiziqishi, uni chuqurroq o’rganishga, izlanishga, o’z ustida tinimsiz mehnat qilishga undaydi. U o’qishi, ilmiy izlanishlari, hulqi bilan kursdoshlari va professor-o’qituvchilar orasida o’z o’rniga egadir. O’qish va ilmiy ishlar bilan shug'ullanishdan tashqari u fakultet institut miqyosida o’tkazilayotgan manaviy-ma'rifiy, ommaviy-siyosiy tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda. U o’zining tirishqoqligi bilan fakultetida hurmat qozongan.
M.D.Madolimov joriy o’quv yilida Toshkent Agrar universitetida bo’lib o’tgan konfirensiyada g'olib bolib «Ilm-fanga qo’shgan hissasi uchun» ko’krak nishoni, Guvohnoma va qimmatbaho sovg'alar bilan mukofotlandi.
Bugungi kunda talabalarni innovatsion fikrlashga, ilmiy yangiliklar yaratishga davlagimizda katta imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Bunday imkoniyatlardan keng foydalangan. M.D.Madolimov bir nechta tanlovlarda ishtirok etib yuqori o’dinlarni egallab o’z institutuni brendini Respublikamizga tanitib kelmoqda.
M.D.Madolimov intiluvchanligi, qiziquvchanligi, bilim olishga chanqoqligi , jamoat ishlarida faol qatnashishi, tashkilotchilik qobilyatini, tashabbuskor, ziyrak, va zukko talaba ekanligini namoyon etib, ilm-fan bilan shug'ullanishda fakultet iqtidorli talabalarga peshqadam bo’lib kelmoqda.
Fakultet Jamoasi Madolimov Murodjon Dilshodbek o’g'li nomzodini «Alisher Navoiy» Stipendiyasiga tavsiya etadi.


ICHB fakulteti dekani;. O.T. Nurmatov
Download 7.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling