Farg’ona politexnika insituti energetika fakulteti 55-20 guruh talabasining “ies larning turbinali qurilmalari”
Download 303,38 Kb.
|
IES turbina Boburmirzo
Farg’ona politexnika insituti energetika fakulteti 55-20 guruh talabasining “IES larning turbinali qurilmalari”Tayyolovchi: Boqidinov BobumirzoMavzu: gaz va para turbinali issiqlik elektr stansiyalariReja:
Issiklik elektr stansiyalari (IES) — qattiq, suyuq va gaz holatdagi organik yoqilgʻilarning issiqlik energiyasini elektr energiyasiga aylantiradigan qurilmalar majmui. Asosiy energetik agregatlar qatoriga suv yuradigan quvurlar (trubalar) batareyasidan iborat qozon tizimi, bugʻ turbina (bugʻ dvigatel) lari va turbogeneratorlar kiradi. Qozon tizimiga yuborilgan suv yuqori bosimli bugʻga aylantirilib turbina parraklariga beriladi. Natijada turbina bilan mexanik bogʻlangan generator tegishli tezlikda aylantirilib, mexanik energiya elektromagnit induksiya qonuniga binoan generatorda elektr energiyasiga aylanadi. Yuqori bosim va temperatura ostidagi yonish mahsulotlari ener- giyasini kuraklar yordamida rotor valining mexanik energiyasiga aylantiruvchi issiqlik mashinasi gaz turbinasi deyiladi. Gaz turbinalari ham bug‘ turbinalariday bo‘lib, faqat ularda bug‘ o‘rniga yonish mahsuloti – tutun asosiy ish jismi hisoblanadi. GTQ gaz – turbinasi-dvigatel va yordamchi qurilmalardan iborat. Dvigatel tarkibiga turbina, yonish kamerasi, kompressorlar, yoqilg‘i nasosi, bak, elektr generatori, regenerativ issiqlik almashtirgichlar kiradi. Yordamchi qurilmalar jumlasiga GTQ ning qaysi maqsadda ishlatilishiga qarab quyidagilarni kiritish mumkin: gaz yo‘llari, quvurlar, ishga tushirish qurilmalari, moylash tizimlari, suv ta’minlash qurilmalari va boshqalar. GTQ dagi turbina, elektr generatori, havo kompressori va yoqilg‘i nasosi yagona umumiy valda joylashtiriladi. Oxirgi 20 – 30 yil mobaynida GTQ xususan transport va energetikada keng qo‘llanila boshlandi. Energetikada qo‘llaniladigan GTQlari elektr energiyasi yetishmasdan qolganda, energetik tizimda buzilishlar bo‘lganda iste’molchilarni elektr energiyasiga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida ishlatiladi. Bunday GTQ larning quvvati 1–100 MVt oralig‘ida bo‘lib, yil mobaynida 1500 soatdan ortiq ishlatilmaydi. Dengiz kemalaridagi GTQ asosiy energiya manbai hisoblanadi va ularning quvvati 30 kVt dan 10 MVt gacha bo‘ladi. Gaz turbinasining tarkibiy qismi yonish kamerasi 6 yonish mahsuloti oqimidagi issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylantiruvchi gaz turbinasi 2, atmosfera havosini surib va siqib uzatuvchi kompressor 3, yoqilg’i nasosi 5 va bak 4, elektr generatori 1, soplo 11, yonish kamerasi 9 va boshqa yordamchi qismlardan tashkil topgan. 6- yoqilg’i trubasi, 7-forsunka,
10 - yonish mahsuli oqimini yunaltiruvchi apparati, 11 - gaz turbinasi kuraklari, 13- o’t o’ldirish svechasi. Bug‘-gaz qurilmalari (BGQ) ni bug‘ turbinali qurilmalar bilan gaz turbinali qurilmalarini birlashtirish yo‘li bilan tuziladi. Birlashgan qurilmaning foydali ish koeflltsiyenti BTQ va GTQ nikiga nisbatan yuqori boladi; bundan tashqari qator konstruktiv afzalliklarga erishiladiki, ular qurilmani arzonlashtiradi.Birlashgan qurilmaning foydali ish koeffitsiyentining o‘sishiga bug‘ sikli ustiga yuqori haroratli gaz siklini qurish va chiqib ketuvchi gazlar bilan issiqlikning solishtirma yo‘qotilishlarini kamaytirish hisobiga erishiladi. BGQ larning aksariyat sxemalarida ikkala omildan foydalaniladi. Gaz turbinali qurilmada yoqilg‘i bevosita iste’mol qilinadi va clektr (mexanik) energiyasi ishlab chiqariladi. Shuning uchun gaz turbinali qurilma (GTQ) ning texnologik sxemasi bug‘ lurbinali qurilmanikiga nisbatan ancha sodda bo‘ladi. Ko‘p miqdorda talab qilinadigan havo (15—30 kg/kVt soat) GTQ ga maxsus moslama orqali beriladi. Bu moslamada havoni lozalovchi filtrlar o‘rnatilgan. Havo kompressorda qisiladi va shu paytning o‘zida sovitgich da suv bilan sovitiladi. Kompressordan keyin havo yonish kamerasi ga beriladi. Qizigan gazlar turbinaga kiritiladi va unda mexanik ish bajariladi. Ustqurmasiz BGQ ning sxemasi: 1—kompressor; 2—gaz turbinasi; 3—bug‘ qozoni; 4—havo isitkichi; 5 —buq turbinasi; 6—kondensator; 7—ta’minlash nasosi; 8—regenerativ isitkich; 9—elektr generatori; 10—havo olish; 11—gazlar atmosferaga; 12—yoqilg‘i berish. Bug‘ sikli butunlay gaz sikliga qurilgan BGQ ning sxemasi: 1—komressor; 2—regenerator; 3—yonish kamerasi; 4—gaz turbinasi; 5—bug‘ turbinasi; 6—kondensator; 7—chiqib ketuvchi gazlarda ishlaydigan bug‘ qozoni; 8—gaz turbinasiga bug‘ berish; 9—ta’minlash nasosi. Bug‘-gaz qurilmali IEM da bug’ turbinali IEM ga nisbatan katta va esa kichik bolgani uchun birinchi qururilmada ko‘p miqdorda yoqilg‘i (issiqlik) tejaladi. Bundan tashqari bug‘- gaz qurilmali IEM da o‘rnatilgan 1 kVt quvvatining bahosi bug‘ turbinali IEM dagiga nisbatan kam bo‘ladi. Shuning uchun bug‘- gaz qurilmali IEM larni ishlatish ko‘p hollarda iqtisodiy jihatdan afzalroq bo‘ladi FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. A. UAlimboyev. Sanoat va isitish qozonxonalari. 0 ‘quv qo‘llanmasi. ToshD TU bosm axonasi. 1998- yil. 2. A. U.AIimboyev. Sanoat va isitish qozonxonalari. 0 ‘quv qo‘llanmasi. ToshD TU bosm axonasi. 1997- yil. 3. A. U.AIimboyev. Sanoat va isitish qozonxonalari. 0 ‘quv qo‘llanmasi. ToshD TU bosm axonasi. 1997-yil. 4. B.fl.PbiMKUH. TenjroBbie ajieKTpmecKne CTaHumi. M., "3nepn«i" 1992r. 5 . B .r.) K u J lU H . K 0 M n0 H 0 BKH TenjIOBLIX 3JieKTpH4eCKHX CTaHU HH.M -JI., roc3HeproH3flaT. 1985r 6,Алексеев Г.Н. Общая теплотехника. Учебное пособие. М.: Высшая школа, 1980, - 552 с. 7. Баскаков А.П., Берг Б.В. и др. Учебное пособие. Теплотехника – М.: «Энергоиздат», 1982 – 262 с. Download 303,38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling