Farg’ona Politexnika Instituti Energetika fakulteti Sanoat elektronikasi fanidan mustaqil ish tayyorladi: Sobirjoniy. A guruh: M13-20 quvvat kuchaytirgich kaskadlari reja
Download 1.35 Mb.
|
M13 20 Sobirjoniy Patentshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Farg’ona Politexnika Instituti Energetika fakulteti Sanoat elektronikasi fanidan MUSTAQIL ISH Tayyorladi: Sobirjoniy. A Guruh: M13-20 QUVVAT KUCHAYTIRGICH KASKADLARI Reja: 1. Quvvat kuchaytirgichlari-kirirsh kuchlanishiga nisbatan chiqish voltajining minimal ozgarishi bilan iloji bo’lsa, kirish kuchini oshirish uchun mo’jallangan qurilmadir. Ya’ni, kuchaytirgichlar yukori quvvqt olish qobilyatiga ega, omma chiqish voltaji o'zgarishi yo'ki o'zgarmasligi mumkin. Kuchaytirgichlarning kuchaytirgich samaradorligi har doim 100% dan past. Shuning uchun quvvatni kuchaytirish bosqichlarida yuqori issiqlik tarqalishi kuzatiladi. Quvvat kuchaytirgichlari yuklar bo’ylab kata quvvat talab qiladigan qurilmalarda qollaniladi. Ko’p bosqichli kuchaytirgichlarda kuchaytirish amplifikatsiyasiyani-ning oxirgi bosqichlarida amalga oshiriladi. Ovaz kuchaytirgichlari va RF kuchaytirgichlari yukni etarli darajada etgazib berish uchun oxirgi bosqichda kuchaytirgichlardan foydalanadilar. Radioelektron qurilmalarda ishlatilayotgan kuchaytirgich elementlari qanday bo‘lishidan qat’i nazar quvvat kuchay- tirgichlarning sxemasi bir taktli quvvat kuchaytirgich yoki ikki taktli quvvat kuchaytirgich sxemasida tuziladi. Quvvat kuchaytirgichlari qurilmalardagi kuchaytirish pog‘onasining so‘nggi bosqichidagi kuchaytirgich hisobla- nadi. Shuning uchun ular oxirgi kaskad yoki chiqish kaskadi deb ataladi. Quvvat kuchaytirgichlarning asosiy vazifasi qurilmaning iste’molchisini eng katta va kerakli miqdordagi quvvatga ega bo‘lgan signal bilan ta’minlashdir. Shu sababli undan chiqqan signal bevosita iste’molchiga beriladi. Kuchaytirgichning chiqish qarshiligi biror usulda iste’molchining qarshiligiga moslanadi. Qarshiliklarni mos- lashtirish maqsadida, moslovchi kondensator yoki moslov- chi transformatorlar qo‘llanilishi mumkin. Umuman olgan da, tranzistorli kuchaytirgichlar uch xil kuchaytirish rejimida ishlaydi: A, B va AB. A sinfdagi kuchaytirishda chiqish toki kuchaytirilayot- gan signalning butun davri davomida oqib turadi. Chiqish toki signalning faqat yarim davridan oqib tursa B sinfdagi kuchaytirish deyiladi. Chiqish toki yarim davrga nisbatan ko‘proq vaqt oqib turadigan rejim AB sinfdagi kuchaytirish deb ataladi. AB va B rejimda ikki taktli kuchaytirgichlar ishlaydi. Ularning foydali ish koeffitsiyenti 50% dan ortadi. Kuchaytirgichlarning transformatorsiz sxemasi kichik o‘lchamli chastota diapazoni kengroq bo‘ladi. Ularni oldingi bosqich bilan bevosita ulash mumkin. Shu bois ularni o‘zgarmas tok bo‘yicha manfiy teskari bog‘lanishga kiritish mumkin. Transformatorsiz sxemalar ularda qo‘llanilgan tranzis- torlarning o‘tkazuvchanligi, ulanish usuli, ish rejimi (AB va B)hamda oldingi-keyingi kaskadlar bilan bog‘lanish usuliga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Shulardan turli o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan tranzistorli sxemalarning parametrlari boshqalariga nisbatan yaxshiroq bo‘ladi. Bir tiðli o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan tranzistorlar- dan yig‘ilgan kuchaytirgich nosimmetrik bo‘ladi. Chunki ular turli sxemada (odatda, UE va UK) ulanadi. Nochi- ziqli buzilishlarni yo‘qotish uchun manfiy teskari bog‘lanish kiritishga to‘g‘ri keladi. Bu esa, o‘z navbatida, yangi dinamik buzilishlarni hosil qiladi. Ikki taktli sxemada chiqish qarshiligi kichik bo‘lishi uchun uni UK sxema bo‘yicha yig‘iladi. Dastlabki tok va kuchlanishi bo‘yicha kuchaytirish VT1 tranzistorli sxemada bajariladi. VT3 va VT2 lar o‘zaro simmetrik emitter takrorlagichlari bo‘lib, signalni tok bo‘yi- cha kuchaytiradi. VT3 va VT4 tranzistorlarda siljish kuchlanishi R1 qarshilik orqali beriladi. Kuchlanishni bunday usulda berish sodda bo‘lsa-da, R1 qarshilikni tanlashni taqozo qiladi. Tovush hosil qiluvchi dinamik, VT3 va VT2 tranzistor emitterlari va C2 kondensator tutashgan nuqtalarning oralig‘iga ulangan. Kondensator va dinamikni bunday usulda ulash ko‘priksimon ulash deb atalib, sxema tok manbayiga ulanib vaqtida tokning keskin ortishiga yo‘l qo‘ymaydi. Chiqish transformatori bo‘lmagan kuchaytirgichlarni hisoblash quyidagicha boradi. Agar tranzistor tanlanmagan bo‘lsa, ishni yuklamadagi kuchlanishning maksimal qiymatini aniqlashdan boshlanadi:
Bu yerda: E—manbaning kuchlanishi; Uk min — kollek- tordagi minimal kuchlanish bo‘lib, xarakteristikada to‘g‘ri chiziqli qism boshlanadigan nuqtaga to‘g‘ri keladi (Uk min = 0,5...1, 5B). Yuklama ajratayotgan maksimal quvvat:
Bu yerda: Rn — yuklama qarshiligi.Kollektordagi maksimal tok: ;
formula bo’yicha, kaskadning FIK Formula bo’yicha; kollektorda sochiladigan maksimal quvvat: formula bo’yicha aniqlanadi. Agar manba kuchlanishi noma’lum bo’lsa, uni quydagicha topish mumkin: ga ko’ra tranzistor tipi tanlanadi. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling