Farg’ona politexnika instituti fakulteti


Download 0.71 Mb.
bet2/6
Sana20.05.2020
Hajmi0.71 Mb.
#108104
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
FaPI

Bu asboblar tajriba va texnikaviy o’lchovlarda keng qo’llanadi. Asbob turli ishchi suyuqliklar, ko’pincha simob, suv va spirt bilan to’ldiriladi.

Ikki naychali (U simon) manometr va manovakkummetrlar U harfi shaklidagi shisha naychadan iborat. Naycha to’g’ri chizilgan shkalali taxtachaga biriktirilgan (1-rasm).

Bu turdagi asboblarning ishlash prinsipi tutash idishlar qonuniga asoslangan. Naychalarning biri ortiqcha bosimi o’lchanayotgan hajmga ulanadi. Agar naychaning ochiq qismidagi suyuqlik ustunining gidrostatik bosimi ikkinchi qismidagi bosim bilan mos kelsa, tizim muvozanat holatda bo’ladi. Shunday qilib, quyidagi ifodani yozish mumkin.



(5)

bu еrda Рмут- o’lchanayotgan bosim, N/m2; Ратм-atmosfera bosim, N/m2; S – naycha kesimining yuzasi, m2; Н – suyuqlik sathining (ustun uzunligining)farqi, m; р – suyuqlikning zichligi, kg/m3; р1- manometrning suyuqlik ustidagi muhit zichligi, kg/m2; g – tezlanish kuchim, m/s2;

Demak,

(6)

Yoki


(7)

Agar manometrdagi suyuqlik ustida gaz bo’lsa, u holda:



Sathlar farqi naychaning ung va chap tomonidagi shkala bo’yicha ko’rsatkichlari yigindisi kabi aniqlanadi, ya‘ni



(8)

Bosimlar farqini o’lchashda suyuqlikli differensial ikki naychali manometrining bir tomoniga (musbat) katta bosim, ikkinchi tomoniga esa (manfiy) kichik bosim beriladim. Musbat va manfiy tomonlardagi suyuqlik sathining farqi o’lchanayotgan bosimlar farqiga proporsional.



(9)

Ikki naychali manometrlarga bir qator hatolar xosdir. Bunga sabab sayuklik meniskining holatini noaniq hisoblanishi, atrof muhit haroratining o’zgarishi, kapillyarlik hodisalari va hokazo. Hatolarning ko’pchiligi tuzatishlar orqali e‘tiborga olinishi mumkin. Suyuqlikli ikki naychali asboblarning kamchiligi – ikki marta hisob olib borishning zarurligidadir, buning natijasida o’lchashning hatosi ko’payadi.

Bir naychali (kosali) asboblar. Bu asboblar ikki naychali asboblarning bir turi bo’lib, ikkinchi naycha o’rniga keng idish (kosa) ishlatiladi.

Ortiqcha bosim ta‘sirida kosadagi suyuqlik sathi pasayib, naychadagi sath oshadi. Bu hol uchun quyidagini yozish mumkin:



(10)

Kosali manometrning afzalligi shundaki, naychadagi suyuqlik meniskining holati bir marta hisoblanadi. Bu asbobning kamchiligi idishdagi suyuqlik sathining pasayishi natijasida N ga teng hato sodir bo’lishidadir. Aniq, asboblar uchun quyidagi munosabat urinli:



(11)

bunda S – idish kesimining yuzasi, m2; s – naycha kesimining yuzasi, m2; (9) va (10) tenglamalardan quyidagi kelib chiqdi:



(12)

Agar s/S – nisbat 1/400 dan ortiq bo’lmasa, N kattalikni e‘tiborga olmasa bo’ladi:



(13)

Suyuqlikli manometrlar bilan o’lchanadigan bosimning yuqori chegarasi asbobning katta-kichikligiga bog’liq.

Tajribada asboblar 0,196 MN/m2 (2 kgk/sm2) dan oshmaydigan bosimni o’lchash uchchun ishlatiladi.

Mikromanometrlar. Juda kichik bosimlarni o’lchash uchun og’ma naychali mikromanometrlar ishlatiladi.

Naychaning holati og’ma bo’lgani sababli o’lchanayotgan bosimni muvozanatlaydigan suyuqlik ustunining uzunligi:

, (14)

bunda n- suyuqlik meniskining shkala bo’yicha siljishi, m.

Bunday asboblar 157…980 N/m2 (16…100 mm suv. ust.) chegaradagi bosimlarni o’lchashga muljallangan. Bu asboblarning hatosi ±1,0% dan oshmaydi.

Qalqovichli difmanometrlar. Qalqovichli difmanometrlarning ishlash prinsipi kosali manometrlarnikiga uxshash, ammo ularda bosimni o’lchashda kosadagi suyuqlik sathining o’zgarishi natijasida qalqovichning siljishidan foydalaniladi. Uzatish qo’rilmasi yordamida qalqovichining siljishi strelkaga uzatiladi. Bu asboblar ko’pincha bosimning o’zgarishini o’lchash uchun ishlatiladi.




Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling