Farg’ona politexnika instituti fakulteti


Download 0.71 Mb.
bet4/6
Sana20.05.2020
Hajmi0.71 Mb.
#108104
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
FaPI

Нozirgi paytda bosimning siyraklanishini va bosim o’zgarishlarini o’lchash uchun qung’iroqli asboblarning katta nomenklaturasi chiqariladi. Ko’rsatishlarni masofaga uzatish elektr hamda pnevmatik tizimlar orqali bajariladi. Bosimni o’lchashning chegarasi 98,1 dan 392,4 N/m2 gacha, aniqlik sinfi esa 1,5. Asbobning ikkilamchi asbob shkalasi bo’yicha yo’l quyiladigan asosiy hatosi ±2%.

Xalqali asboblar. Xalqali asboblar kichik bosim, siyraklanish va bosimlar farqini o’lchash uchun muljallangan. Bu asboblarning ishlashi «xalqali tarozi» prinsipiga asoslangan. Asbobning prinsipial chizmasi 4-rasmda keltirilgan. Bu asboblarning asosiy qismi kovakli metall xalqa 1 dan iborat. Uning prizma uchi harakatsiz tayanchga o’rnatilgan va yarimgacha suyuqlik (suv, moy yoki simob) bilan to’ldirilgan. Xalqaning pastiga 6 og’irlikdagi yuk biriktirilgan. Tusiq 2 va xalqadagi suyuqlik bush joyni 1 va 11 bushliqlarga bo’ladi. Bosim yoki siyraklanishni o’lchaganda xalqa bushliqlaridan biriga elastik naycha ulanadi, ikkinchi bushliq atmosferaga chiqdi. Bosimlar farqini o’lchash kerak bo’lsa xalqa bushliqlarining ikkalasiga ham naychalar ulanadi. Agar 1 va 11 bushliqlaridagi bosim bir xil (Р12) bo’lsa, tusiqqa ikki tomondan ko’rsatiladigan kuch ham teng bo’ladi. Unda xalqa muvozanat holatda bo’ladi (4-rasm, a)

Masalan, 1-bushliqdagi bosim, 2-bushliqdagi bosimdan kattaroq, (Р12) bo’lsa, bosimlar farqi (Р12) ning tusiq yuzasi 5 ga ko’rsatadigan ta‘siri natijasida aylantiruvchi moment hosil bo’ladi:



(24)

bu еrda S – tusiq yuzasi; R- xalqaning urtacha radiusi.

Shu aylantiruvchi moment tufayli xalqa tayanch nuqtasi atrofida soat strelkasi yo’nalishida aylanadi.

Xalqaning burilishi teskari ta‘sirli moment hosil qiladi:



(25)

bu еrda G – yukning og’irlik kuchi; a- yukning og’irlik markazi va tayanch nuqtasi orasidagi masofa, φ – xalqaning burilish burchagi

Xalqa muvozanat holatida tuxtaganda ikkala moment ham muvozanatlashadi ()

(26)

Bundan xalqaning burilish burchagi va bosimlar farqi urtasidagi nisbat kelib chiqdi:



(27)

Og’irlik kuchi va xalqaning geometrik hajmi o’zgarmas bo’lgani uchun (27) tenglamani quyidagi shaklda yozish mumkin:



Р1 2 =Кsinφ (28)

Xalqali difmanometrlar 250 Pa dan 1,6 kPa gacha bo’lgan bosimlar farqi va muhitdagi 25 kPa dan 0,1 Mpa gacha bo’lgan bosimlarni o’lchashga muljallangan. Asboblarning aniqlik sinfi 1 va 1,5.

Xalqali asboblarning qalqovichli va qung’iroqli asboblardan afzalligi – uzatish mexanizmidagi zichlantiruvchi qo’rilmalarning yo’qlig’i va asbobning sezgir unsuri suyuqlik zichligiga bog’liq emasligidadir. Xalqali asboblarning kamchiligi – bosimni keltiruvchi naychalarning mavjudligidadir. Bu naychalar o’lchash paytida qushimcha hatolar paydo bo’lishiga sabab bo’ladi.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling