Farg‘ona politexnika instituti «ishlab chiqarishda boshqaruv» fakulteti


-mavzu. Tijorat bankining zamonaviy chakana xizmat turlarini o’rganish


Download 248.25 Kb.
bet6/9
Sana03.12.2023
Hajmi248.25 Kb.
#1797568
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Amaliyot XISOBOTI Ibroximov Aburayxon 1111

5-mavzu. Tijorat bankining zamonaviy chakana xizmat turlarini o’rganish.
Smartfoningiz orqali Hamkorbank mobil ilovasiga kirib istalgan vaqtda va istalgan joyda Hamkorbank ilovasi orqali taqdim etilayotgan bank xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin. Hamkorbank mobil ilovasi qulay interfeysga ega bo‘lib, bank xizmatlaridan tez va oson foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Bank ofislariga kelmasdan Hamkorbank mobil ilovasidagi My ID tizimi orqali identifikatsiyadan o‘tib, Hamkorbank mijoziga aylanish va mobil ilovasi orqali ko‘plab amaliyotlarni bajarish mumkin. Jumladan, bir necha daqiqa ichida “Onlayn Mikroqarz” rasmiylashtirish, shuningdek UzCard, Humo, Visa, Mastercard plastik kartalariga onlayn buyurtma berish va bir necha soniya ichida Humo Virtual kartasini ilovaning o‘zida ochish imkoniyati mavjud. Plastik kartalar turidan kelib chiqib ularni bir lahzada bloklash, hisobdagi mablag‘larni nazorat qilish, PIN-kodni o‘zgartirish, SMS-xabarnoma yoqish yoki o‘chirish orqali kartalarni boshqarish mumkin.

Hamkorbank mobil ilovasiga boshqa banklarning UzCard va Humo plastik kartalarini ham ulab, “Onlayn Mikroqarz” dan tashqari boshqa barcha amaliyotlardan bemalol foydalanish imkoniyati yaratilgan.

Mobil ilovada Hamkorbank Bonus kartasi ham mavjud, to‘lovlar uchun bu kartaga bonuslar yig‘iladi. Mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tgan mijozlar ham bonuslarga ega bo‘ladi.
Ushbu tizim juda kulay va xavfsiz. U biron bir tashqi faktorlarga emas, faqat foydalanuvchining o‘ziga bog‘liq bo‘lib, tizimga ulangach to‘lovlarni o‘z vaqtida hamda qulay sharoitlarda to‘lash imkoni yaratiladi.
Hamkorbank ilovasidan foydalanishda o‘z hohishingizga ko‘ra 5 xonali pin-kod vositasidan yoki ikki bosqichli autentifikatsiyali himoya tizimidan foydalanish mumkin. Bunda har gal tizimga kirish uchun bank programmasi orqali mobil telefoningizga yuboriladigan bir martalik sms-kodi to‘lovlaringiz xavfsizligini ta’minlaydi.
Hamkorbank ilovasi iPhone va Android telefonlarida foydalanish uchun mo‘ljallangan.
Bank operatsiyalarrini tez va oson bajarish imkoniyatiga ega Hamkorbank mobil ilovasini PlayMarket va Appstore orqali yuklab olishingiz mumkin. Quyidagi shtrix kodni skaner qilish orqali ham Hamkorbank ilovasini mobil telefoningizga yuklab oling. QR–kodli ilovani mobil telefoningizga yuklab olish uchun telefoningizda QR Code Reader dasturi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.

Download 248.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling