Farg’ona Politexnika instituti Kimyo-texnalogiya fakulteti 98-20 mmtx guruh talabasi Abdumalikova Havasoyning “mmtx” fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
Download 138.02 Kb.
|
98-20.0208.
Farg’ona Politexnika instituti Kimyo-texnalogiya fakulteti 98-20 MMTX guruh talabasi Abdumalikova Havasoyning “MMTX” fanidan tayyorlagan mustaqil ishi.Bajardi: Abdumalikova.H Qabul qildi: Xasanov.A Reja: 1.Shovqin haqida umumiy ma’lumotlar. 2. Shovqin va vibratsiya ta ’siridan saqlash.Shovqin va vibratsiya intensivligining ko‘rsatkichlari.Korxona va qurilishdagi texnologik jarayonlarda, jihozlar ishlayotgandaShovqin va vibratsiya intensivligining ko‘rsatkichlari.Korxona va qurilishdagi texnologik jarayonlarda, jihozlar ishlayotgandashovqin va vibratsiya paydo bo'ladi. Ishlayotgan maydalagichlar, tegirmonlar, kompressor hamdaVentilyatsiya qurilmalari,mexanizatsiyalash-tirilgan asboblar va boshqa jihozlar shovqin va vibratsiyaning asosiy manbalaridir. Shovqin va vibratsiya elastik muhit zarralarining to'lqinsimon tarqaladigan tebranma harakatidir. Ularning insonga ta’siri tebranishlar chastotasiga bog'liq.16 Gtsdan kam chastotali tebranishlar odamga silkinish - vibratsiya kabi ta’sir qiladi. 16 - 20000 Gts chastotali tebranishlar shovqin hosil qiladi.Turli balandlikdagi va chastotadagi tovushlarning tartibsiz ravishda qo’shilib eshitilishi shovqin deb ataladi.Tovush fizik holat sifatida havoda, suvda va boshqa tarang muhitdan kelib chiqadigan to’lqinsimon harakatlardan iboratdir. U tovush chiqaradigan jismlarning tebranishi natijasida hosil bo’ladi va bizning eshitish organimiz tomonidan qabul qilinadi.Shovqin kasbiy kasallikka olib kelishi mumkin. U boshni aylantirib, miyada og’riq turgizadi va quloq shang’ib asab sistemasiga ham yomon ta’sir qiladi. Ayniqsa fikrni to’plab, aqliy ish bilan shug’ullanishiga imkon bermaydi, butun diqqat-e’tiborni berib ishlash lozim bo’lsa, ish qobiliyatini (10-60% ga) pasaytirib yuborishi mumkin. Uzoq vaqt mobaynida shovqinning odamga sezilmas darajada ta’sir qilishi asab sistemasini ishdan chiqishga olib kelishi mumkin. Ayniqsa qattiq va kuchli tovushlar, shuningdek to’xtovsiz ravishda bir xilda chiqib turadigan tovushlar odamga yomon ta’sir qiladi.Download 138.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling