Farg’ona Politexnika instituti Kimyo-texnalogiya fakulteti 98-20 mmtx guruh talabasi Abdumalikova Havasoyning “mmtx” fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Shovqin ta’sirida turli a’zolar va sistemalarning, masalan hazm qilish (oshqozon shirasi sekretsiyasining o’zgarishi), qon aylanishi (qon bosimning ko’tarilishi) va shunga o’xshashlarning normal faoli


Download 138.02 Kb.
bet2/3
Sana15.06.2023
Hajmi138.02 Kb.
#1485948
1   2   3
Bog'liq
98-20.0208.

Shovqin ta’sirida turli a’zolar va sistemalarning, masalan hazm qilish (oshqozon shirasi sekretsiyasining o’zgarishi), qon aylanishi (qon bosimning ko’tarilishi) va shunga o’xshashlarning normal faoliyati buziladi.


Shovqin kelib chiqishi bo’yicha asosan uch xil bo’ladi:
1. Sanoat shovqin.
2. Transport shovqini.
3. Maishiy shovqinlar.
Shu bilan birga gaz va suyuqliklarning harakati natijasida ham shovqin
chiqishi mumkin. Bunday shovqinlar aerodinamik shovqinlar deb ataladi.
Shovqin darajasi yuqori bo’lgan sexlarda ishlovchi ishchilarda kasbiy
kasallik “shovqin kasalligi” uchrab turadi. Shu bilan birga ayrim ish joylarining
surunkali titrashi natijasida “vibratsion kasalik” ham uchrab turadi.
Shovqin, titrash va ultra-infratovush qattiq jism, gaz hamda suyuqlik
moddiy qismlarning mexanik tabranishlaridir. Ruxsat etilgan chekli sanitariya
talablaridan ortiq bo’lgan ishlab chiqarish shovqinlari, titrashlari va ultra-
infratovushlari muntazam ravishda ta’sir etganda odam organizmiga zararli
ta’sir qilib, keyinchalik og’ir kasbiy kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Sukunatni buzadigan yoki foydali tovushni eshitishga xalaqit beradigan
har qanday tovush shovqin deb ataladi. Kuchli, keskin va uzoq davom etadigan
shovqinlar odamning ahvoliga yomon ta’sir qiladi, tez charchatadi, asab va
yurak-tomir sistemasi ishini buzadi.
Eshitish infratovush bilan og’riqning boshlanishi o’rtasidagi oraliq
bo’lib, u taxminan 140 dB ni tashkil etadi
Chastotasi bo’yicha shovqinlar uch sinfga bo’linadi:
past chastotali-350 Gs gacha;
o’rta chastotali-350 dan 800 Gs gacha;
yuqori chastotali-800 Gs dan yuqori bo’lgan chastotali.
Inson tanasiga ta’siri bo’yicha yuqori chastotali shovqinlar zararli hisoblanadi.
Shovqinlar tovush bosimi, chastotasi, shovqin turi (tonal, keng mintaqali,
impulsli) va ta’sir qilish vaqtining uzunligi bilan normalashtiriladi.

Download 138.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling