Farg'ona Politexnika instituti Kimyo-texnologiya fakulteti


Download 6.64 Kb.
Sana26.06.2023
Hajmi6.64 Kb.
#1655769
Bog'liq
Sharobiddinova Muzalifa 64-21KT


Farg'ona Politexnika instituti
Kimyo-texnologiya fakulteti
64-21KT guruh talabasi
Sharobiddinova Muzalifaning
MS va MSM fanidan tayyorlagan
SLAYDI
Mavzu:Mahsulotlarni sertikifatlashtirish tartibi
Reja:
1.Sertifikatlashtitirish õzi nima?
2.Sertifikatlashtirish sxemasi.
Sertifikatlashtirish deganda, mahsulot (buyum,
tovar) yoki xizmat muayyan standartga yoki
texnikaviy shartlarga muvofiq kelishini tasdiqlash
maqsadida o‘tkaziladigan faoliyat tushunilib, ushbu
faoliyat natijasida mahsulot (buyum, tovar)ning sifati
haqida iste’molchini ishontiradigan tegishli hujjat -
sertifikat beriladi.
Sinash – bu o‘rnatilgan muolajaga muvofiq
holda bir yoki bir nechta xarakteristikani aniqlash.
Sinash laboratoriyasi – sinashlarni o‘tkazadigan
laboratoriya.
Akkreditlash tizimi – Akkreditlashni o‘tkazish
uchun protseduralar va boshqaruvning o‘z qoidalariga
ega bo‘lgan tizim.
«Sertifikatlashtirish tizimi» atamasidan tashqari,
sertifikatlashtirish sxemasi kiritilib, u quyidagicha
ta’riflanadi: «Muvofiqlikning sertifikatlashtirilishini
o‘tkazishdagi uchinchi tomon faoliyatining tarkibi va
tartibi».
Sertifikatlashtirish tizimlarida qatnashuvchi
uchta tushuncha to‘g‘risida to‘xtalib o‘tamiz:
sertifikatlashtirish tizimidan foydalanish deganda,
ushbu tizimning qoidalariga muvofiq guvohnoma
talablariga berilgan sertifikatlashtirishdan foydalanish imkoniyati tushuniladi.
“Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan bo‘lib 4 ta bob
va 23 ta moddadan tashkil topgan.
Mahsulotlarni majburiy va ixtiyoriy
sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi qonun talablari 10-11-
12-moddalarda bayon qilingan.
Sertifikatlashtirish bo‘yicha ISO tarkibidagi
qo‘mita tomonidan tayyorlangan hujjatda uchinchi
tomon tarafidan amalga oshiriladigan
sertifikatlashtirishning 9 ta sxemasi berilgan bo‘lib,
respublikamizda ham aynan shu 9 ta sxema tatbiq
etilgan.
Birinchi sxema. Bu sxema bilan faqat mahsulot
namunalari turlarini standartlar talablariga
muvofiqligini maxsus tasdiqlangan sinov
tashkilotlarida sinovdan o‘tkaziladi. Bu xildagi
sertifikatlashtirishda sinovga taqdim etilgan
namunalarning belgilangan talablarga muvofiqligi
tasdiqlanadi, xolos. Bu yo‘l o‘zining soddaligi va
unga ko‘p xarajat talab qilmasligi tufayli milliy va
xalqaro savdo munosabatlarida muayyan darajada
tarqalgan.
Ikkinchi sxema. Bu sxemada, mahsulotning
namuna turlarini maxsus tasdiqlangan sinov
tashkilotlarida sinovdan o‘tkazilib, so‘ngra uning
sifatini savdo shahobchalaridan vaqti-vaqti bilan
olinadigan namunalar asosida nazorat qilib boriladi.
Bu usul taqdim etilgan namunalar sifatini baholash
bilan seriyali chiqayotgan mahsulotning ham sifatini
9-10a sxemalar xorijdagi sertifikatlashtirish
tajribalari asosida yaqindagina kiritilgan. Agar,
bayonotdagi sertifikatlashtirishdan tashqarida bo‘lgan
hujjatlar bevosita va bilvosita ravishda mahsulotning
o‘rnatilgan talablarga muvofiqlikni tasdiqlasa, u
holda, sertifikatlovchi organ (idora) taqdim qilingan
hujjatlar va muvofiqlik bayonoti asosida qo‘shimcha
sinovlarni o‘tkazmasdan sertifikat berishi mumkin.
Xulosa:
Men bu mavzuni o'rganishim mobaynida sertifikatlashtirish davlat va hususiy agentliklar tomonida belgilanishi .Davlat ro'yhatlari asosida shakllanishini bilib oldim.Yana shuni ham aytib õtishim joizki sertifikatlash bu mahsulot sifatini yanada oshirishga olib keladi.Sertifikatlashtirish mahsulotimizni qanchalik talabga javob berishiga ham kafolat beradi.Shuning uchun ham davlat va xususiy sub'ektlarda sertifikatlashtirish prafilaftika ishlari yõlga qõyilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar :
Абдувалиев А.А., Латипов В.Б., Умаров А.С., Алимов М.Н., ва б.
«Стандартизация. Метрология. Сертификация. Качество.» – Т.: НИИСМС, 2007. – 275 с.
Абдувалиев А.А., Алимов М.Н., Бойко С.Р., и др. «Основы стандартизации, сертификации и управления качеством» - Т., Издательство
«Fan va texnologiya», 2005. – 540 с.
Download 6.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling