Farg`ona politexnika instituti «kompyuterlashgan loyihalash tizimlari» fakulteti
Download 299.5 Kb.
|
Muxtorjon
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mikroprotsessorning interfeysli qismi.
- III BOB. Mikroprotsessorli qurilmalar asosida loyihalash sxemasini tuzish
Mikroprotsessorli xotira.
Mikroprotsessorli xotira – hajmi katta bo’lmagan, lekin o’ta yuqori tezlikdagi xotira qurilmasi. Mikroprotsessorli xotiradan axborotni o’qish yoki yozish vaqti nanosekundlarda ifodalanadi. Mikroprotsessorli xotira qisqa vaqtda axborotni saqlashga mo’ljallangan. Mikroprotsessorli xotira mashinaning tezkorligini ta’minlash uchun ishlatiladi, chunki asosiy xotira har doim ham yozish, saqlash, qayta ishlash operatsiyalarini tez ishlaydigan mikroprotsessorning samarali ishlashini ta’minlamaydi. Mikroprotsessorli xotira tezkor registrlardan tashkil topgan. Turli mikroprotsessorli xotiralarda registrlar soni har xil bo’ladi. Mikroprotsessor registrlari 2 ga bo’linadi: maxsus va umumiy. Maxsus registrlar turli xildagi adreslarni, shaxsiy kompyuterning ish rejimlarini, amallarni bajarish belgilarini saqlaydi. Umumiy registrlar universal hisoblanadi va ixtiyoriy axborotni saqlay oladi. Lekin ularning ba’zilari qator protseduralar bajarilishi paytida ishlatilishi kerak. Mikroprotsessorning interfeysli qismi. Mikroprotsessorning interfeysli qismi shaxsiy kompyuterning shinasi bilan mikroprotsessorning aloqasini mosligini ta’minlash, shuningdek bajarilayotgan dasturning buyruqlarini analiz qilish va qabul qilish uchun ishlatiladi. Interfeys qismi o’z tarkibida mikroprotsessorning adreslar registri, adres yaratish tizimi, buyruqlar registri bloki, ichki mikroprotsessor interfeysli shinasi va shinalarni boshqarish sxemasi, kiritishchiqarish portlarini oladi. Kiritish-chiqarish portlari-shaxsiy kompyuterning sistemali interfeysi tarkibiga kiradi. Bu portlar orqali boshqa qurilmalar bilan axborot almashinishini ta’minlaydi. Mikroprotsessorda hammasi bo’lib 65536 ta port bo’lishi mumkin. Har bir port o’z adresiga ega. Qurilma porti 2 ta xotira registri va aloqa o’rnatuvchi apparatdan tashkil topgan. Bu qurilmalar ma’lumotlar va boshqaruv axborotlarini almashinishini ta’minlaydi. Ba’zi tashqi qurilmalar katta hajmdagi axborotni saqlash uchun asosiy xotirani ishlatadi. Ko’pgina standart qurilmalar o’zlarining kiritish-chiqarish portlariga egadirlar. Shina va portlarni boshqarish sxemasi quyidagi funktsiyalarni bajaradi: port adresini aniqlash va boshqaruv haqidagi axborot qabul qilish; portdan uning holati haqida axborot olish; sistema interfeysida port va kiritish-chiqarish qurilmasi o’rtasidagi o’tish kanalini tashkillashtirish. III BOB. Mikroprotsessorli qurilmalar asosida loyihalash sxemasini tuzish Download 299.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling