Farg’ona Politexnika Instituti Kompyuterlashgan Loyihalash Tizimlari fakulteti Intellektual muxandislik tizimlari kafedrasi Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-komunnikatsiya tizimlari yo’nalishi


Download 0.66 Mb.
bet2/3
Sana07.05.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1438616
1   2   3
Bog'liq
ABT Mahamadaliyev Farhod Mustaqil ish 2

Qya = Qu bo‘lib,
(Qya * Qu)■ parametr rostlanuvchi obyekt xususiyatlariga muvofiq, vaqt bo‘yicha o‘zgaradi. Obyektning sig‘imi obyektning muvozanatda bo‘lmagan holatidagi (Qya * Qu) ' rostlanuvchi kattaligining vaqt bo‘yicha o ‘zgarish tezligini
ta’riflaydi. Bu bog‘lanishning umumiy ko‘rinishi quyidagi funksiya orqali ifodalanadi:

Qisqa vaqt oraliqlari uchun amalda bu funksiyani chiziqli deb hisolash mumkin:

bu yerda: с — sig‘im koeffitsiyenti.
Sig‘im koeffitsiyentiga teskari kattalik obyektning g‘alayonlanuvchi ta’sirlariga bo‘lgan sezgirligini ifodalaydi. Obyektning rostlanuvchi parametri bo‘yicha sig‘imi rostlanuvchi kattalik qiymati va sig‘imi koeffitsiyentlarining ko’paytmasiga teng bo’ladi:

Shunday qilib, sig‘im o ‘lchovi modda yoki energiyaning obyektga kirish va obyekt chiqishining o‘zgarishiga sarflangan qiymatidan iborat. Obyektga biror qiymatda modda yoki energiya kirishda obyektga ma’lum qarshiliklardan o‘tish kerak (qizitishda obyektga berilgan issiqlik oqimi termik qarshilikka uchraydi; apparatga suyuqlik berilganda oqim gidravlik qarshilikka uchraydi). Qarshilik o ‘lchovi potensiallar farqining bir o‘lchov birligiga teng bo‘lgandagi modda yoki energiyaning obyektga berilgan qiymatidan iborat. Obyektning inersionligi uning sig‘imi va qarshiligiga bog‘Iiq. Sig‘im va qarshilik qancha katta bo‘lsa, obyektning inersionligi shuncha katta bo‘ladi.
Inersionlik o ‘lchovi chiqish kattaligining doimiy tezlik bilan o‘zgarib, o ‘zining turg‘unlashgan holatiga yetguncha ketgan vaqtini ko‘rsatuvchi vaqt doimiysidir.
Bir va ko‘p sig‘imli rostlanuvchi obyektlar mavjud. Bir sig‘imli obyekt bitta sig‘im va bitta qarshilikdan iborat. Bunday obyektlarda modda yoki energiya balansining buzilishi bir vaqtda rostlanuvchi obyektning har bir nuqtasidagi rostlanuvchi kattalikning birlamchi o‘zgarishiga olib keladi.
Ko‘p sig‘imli obyektlarda o‘tish qarshiliklari bilan bo‘lingan ikki yoki undan ko‘proq sig‘im mavjud.
Bir sig‘imli obyektlar — sathni rostlovchi apparatlar, ya’ni bosim yoki sarfni saqlab turadigan quvur. Sanoatda ko‘p sig‘imli obyektlar bir sig‘imli obyektlardan ancha ko‘p ishlatiladi. Ko‘p sig‘imli obyektlarning muvozanat holatida rostlanuvchi kattalikning qiymati turli nuqtalarda turlicha bo‘ladi, muvozanat holati buzilganda esa ularda qonunlar bo‘yicha turli vaqtlarda o‘zgaradi. Oqib kirish (uzatish) tomonidagi sig‘im va sarf (iste’mol) tomonidagi sig‘imlar mavjud. Yaqinlashish tomonidagi sig‘im rostlanuvchi kattalikka ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organi orqali ta ’sir ko‘rsatuvchi modda yoki energiyaning xarakteristikalari bo‘yicha aniqlanadi. Sarf tomonidagi sig‘im rostlanuvchi muhit tavsiflari orqali aniqlanadi. Ba’zan sig‘imsiz obyekt tushunchasi uchraydi.
Bunda juda kichik sig‘imli obyektlar nazarda tutiladi (ular uncha katta bo‘lmagan quvurlardir).

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling