Farg‘ona politexnika instituti “kompyuterlashtirilgan loyihalash tizimlari” fakulteti “elektronika va asbobsozlik” kafedrasi
Farg‘ona politexnika instituti “kompyuterlashtirilgan loyihalash (1)
Foydalanilgan adabiyotlar
|
|
KIRISH
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev 2017 yilning asosiy yakunlari va 2021 yilda O`zbekiston ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma`ruzalarida quyidagilarga to`xtalgan edilar: "Yurtimizda qabul qilingan 2017-2021-yillarda sanoatni ustuvor darajada rivojlantirish dasturi va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir tarmoq dasturlarining izchil amalga oshirilishi natijasida sanoat tarkibida Myuqori qo`shimcha qiymatga ega bo`lgan, raqobatdosh mahsulotlar tayyorlayotgan qayta ishlash tarmoqlarining o`rni tobora ortib bormoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining 78 foizdan ortig’i aynan ana shu tarmoqlar hissasiga to`g’ri kelmoqda.
2017-yilda yuqori texnologiyalarga asoslangan mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoati 121 foizga, qurilish materiallari sanoati 113,6 foizga, engil sanoat 113 foizga va oziq-ovqat sanoati 109 foizga o`sgani misolida buni yaqqol ko`rish mumkin.
Hech mubolag’asiz aytish mumkinki, 2015-yil sanoat sohasida yuksak texnologiyalarga asoslangan va zamonaviy muhim ob’ektlar va quvvatlarni ishga tushirish, investitsiyalarni oshirish va takomillashtirish yili bo`ladi.
Mamlakatimizni er ostidan olinayotkan gazlarning 70 % ga yaqini sanoatda yonilg’i va hom ashyo sifatida ishlatiladi, 20 % ga yaqini elektroenergiyani ishlab chiqarish uchun yonilg’i sifatida foydalaniladi.
Hozirgi vaqtda tabiiy gazlar er ostidan olingandan so`ng konlarda qayta ishlanib, ularni tovar gaz holiga keltiriladi, shu bilan birga, undan etan, propan, butan, izobutan gazlari, oltingugurt, merkaptanlar, gazokondensat, hatto motor yonilg’ilari ishlab chiqariladi.
Yer ostidagi gazlar suv bug’i bilan muvozanatli miqdorigacha to`yingan bo`ladi. Er ustiga chiqqandan so`ng termodinamik sharoitlar (temperatura, bosim) o`zgarishi sababli suv bug’lari suyuq holatiga o`tadi.
Do'stlaringiz bilan baham:
ma'muriyatiga murojaat qiling