Bunday uzatmalar zanjirning turiga qarab: 1) vtulka; 2) vtulka-rolikli; 3) tishlilarga bo‘linadi. - Bunday uzatmalar zanjirning turiga qarab: 1) vtulka; 2) vtulka-rolikli; 3) tishlilarga bo‘linadi.
- Vtulka-rolikli zanjir tashqi zveno 2, valik 3 ga presslanib o‘rnatilgan, ichki zveno 1, vtulka 4 ga presslab joylashtirilgan va vtulkaga uning atrofida bemalol aylanadigan qilib, kiydirilgan rolik 5 dan tuzilgan. Rolik yulduzcha tishiga tekkanda aylanib ketishi, rolikni sirpanib ishqalanishni dumalab ishqalanishga aylantiradi. Bu xol tishlarning yeyilishini susaytiradi va uzatma ishini yaxshilaydi. Aylana tezligi 20 m/s gacha bo‘lganda vtulka-rolikli zanjir ishlatiladi. Bir qatorli bilan ikki, uch va to‘rt qatorli zanjirlar tayyorlanadi.
- Rolik yulduzcha tishiga tekkanda aylanib ketishi, rolikni sirpanib ishqalanishni dumalab ishqalanishga aylantiradi. Bu xol tishlarning yeyilishini susaytiradi va uzatma ishini yaxshilaydi. Aylana tezligi 20 m/s gacha bo‘lganda vtulka-rolikli zanjir ishlatiladi. Bir qatorli bilan ikki, uch va to‘rt qatorli zanjirlar tayyorlanadi.
- Vtulkali zanjirni tuzilishi vtulka-rolikliga o‘xshash bo‘ladi, faqat unda rolik bo‘lmaydi. Zanjir va yulduzchani yeyilishi ortadi, ammo uning xajmi va qiymati kamayadi.
- Tishli zanjir ichki uchida tishga o‘xshagan chiqiqlari bo‘lgan plastinkalar majmuidan iborat. Yulduzchaning tishlari plastinka chiqiqlari orasida joylashgan xolda ilashishda bo‘lib tortish qobiliyati ancha katta bo‘ladi.
Tishli zanjirlar vtulka rolikliga nisbatan yetarli darajada ravon va shovqinsiz ishlaydi. Tishli zanjirli uzatmalar nisbatan katta aylana tezlikda ishlay oladi 35 m/s gacha, lekin ularni tayyorlash va montajiga yuqori aniqlik talab etiladi Tasmali uzatma - mashina mexanizmlarida aylanma harakatni bir valdan ikkinchi valga tasma yordamida uzatuvchi mexanizm. Vallarga oʻrnatilgan shkivlar va tasmalardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |