Farg'ona politexnika instituti mexanika mashinasozlik fakulteti s 6 b 21 tmj guruh talabasi abbosxonov azamxonning materialshunoslik fanidan bajargan


Download 430.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana16.04.2023
Hajmi430.51 Kb.
#1361134
1   2   3
Bog'liq
AZAMXON musТaqil ish

Plastmassalarplastik massalarplastiklar 
— tabiiy yoki sintetik yuqori molekulali birikmalar 
asosida olinadigan materiallar. Issiqlik yoki bosim taʼsirida qoliplanadi va qoliplangan shaklini 
mustahkam saqlaydi. P.dan yasalgan mahsulotlar yengilligi, elektr tokini, issiq-sovuqni 
oʻtkazmasligi, atmosfera taʼsirlariga chidamliligi, yemiruvchi muhitga, haroratning keskin 
oʻzgarishiga bardoshliligi, mexanik mustaxkamliligi yuqoriligi va murakkab shaklli buyumlar 
yasash mumkinligi bilan boshqa materiallardan ajralib turadi. 
P. polimerlarning turiga koʻra, termoplastlar va reaktoplastlarga boʻlinadi. Termoplastlar tarkibida 
chiziqsimon yuqori molekulali birikmalar yoki sopolimerlar (polietilen, polistirol, polivinilxlorid va 
boshqalar) bor. Chiziqsimon polimerla
r asosiga qurilgan P. tarkibida plastifikatorlar, boʻyagichlar 
ham boʻladi. Plastifikatorlar yuqori temperaturada P.ning plastikliligini oshiradi va qoliplangan 
mahsulotni qayishqoq hamda sovuqqa chidamli qiladi. Termoplastlar sovuqqa chidamsiz, 60

100° dan yuqori temperaturada mustahkamligini tez yoʻqotadi. Lekin koʻpchilik termoplastlar 
zarbga chidamliligi, dielektrik tavsiflarining yuqoriligi, optik shaffofligi, ulardan murakkab shaklli 
buyumlar qoliplash osonligi bilan reaktoplastlardan farq qiladi. Ter
moplastlar oʻrtacha kuch va 
60
—100° temperaturada ishlaydigan (umumiy maqsadlarga moʻljallangan) asbob qismlari 
(etrollar, viniplast, polistirol), shuningdek, elektr va radiotexnika buyumlari (polistirol, polietilen, 
polipropilen, ftoroplast) tayyorlashda 
qoʻllanadi. Termoplastlardan ishlangan buyumlar kimyoviy 
taʼsirlarga oʻta chidamli (fotoplastlar, polistirol, polietilen, vinilplast), yeyilmaydigan (poliamidlar, 
polietilente-reftalat), optik shaffof (polimetil -
metakrilat, polistirol) boʻladi. 
Reaktoplastlar tarkibida isitilganda yoki katalizatorlar (fenolformaldegid va karbamid smolalar) 
hamda qotirgichlar (epoksid smolalari, polisiloksanlar, toʻyinmagan poliefirlar) taʼsirida toʻrsimon 
tuzilishga ega boʻlgan polimerlar hosil qilib qotadigan polimerlar boʻladi. Reaktoplastlardan 
tayyorlangan buyumlar qotganidan keyin issiqlik taʼsirida buzilmagunicha oʻzining shishasimon 
holatini saklaydi. Reaktoplastlarning tarkibida toʻldirgichlar, chiziqsimon polimerlar: qotish 
jarayonini rostlagichlar, boʻyagichlar, termostabilizator, antiseptiklar boʻladi. Reaktoplastlar 
toʻldirgichlar turiga koʻra, kukunli (yogʻoch uni, asbest kukuni, kvars uni va h.k.), tolali (ip-
gazlama, asbest tolasi, shisha tolasi), listli (qogʻoz, ip-gazlama, shisha toʻqimasi, yogʻoch shpon) 
xi
llarga boʻlinadi. Qotirilgan P. dan tayyorlangan buyumlar 100—350°da kuchning uzoq, 
muddatli taʼsiriga bardosh beradi (polimer va toʻldirgich turiga qarab). Reaktoplastlar yuqori 


kuchda ishlaydigan, issiqqa uzoq chidaydigan, keskin atmosfera taʼsiriga bardosh beradigan va 
yaxshi dielektrik xossali boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarishda qoʻllaniladi. 
Tabiiy smolalar (kanifol, shellak, bitum va boshq
alar) asosida olinadigan P. qadimdan maʼlum. 
Sunʼiy polimer — nitrotsellyuloza (sellyuloza nitrati)dan tayyorlangan eng dastlabki P. selluloid 
boʻlib, u 1872-yilda AQSH da ishlab chiqarila boshlagan. 1906—10 yillarda Rossiya va 
Germaniyada tajriba sanoa-tida 1-reaktoplastlar 
— fenol-formaldegid smolalar asosida 
olinadigan materiallar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. 30-yillarda sobiq SSSR, AQSH, 
Germaniya va boshqa sanoati rivojlangan mamlakatlarda termoplastlar, polivinilxlorid, 
polimetilmetakrilat, poliamid, polistirollar ishlab chiqarishi tashkil etildi. Lekin P. sanoati 2-jaxon 
urushidan keyingina rivojlandi, 20-asr 50-
yillarida koʻpchilik mamlakatlarda polietilen P. koʻplab 
ishlab chiqarila boshladi. 
Oʻzbekistonda 10 ga yaqin korxona P.ni qayta ishlaydi. Shulardan Toshkent plastmassa zavodi, 
Ohangaron qurilish buyumlari zavodi, Jizzax plastmassa ishlab chiqarish zavodi ixtisoslashgan 
korxonalardir. 
Qurilishda P. pollarga qoplashda va boshqa pardoz ishlarida, binolarni germetiklash, gidro va 
termoizolyasiyalash, quvurlar, sanitariya-texnika uskunalari ishlab chiqarishda, yopmalar, 
deraza, eshik, sayyohlar uychasi, yozlik pavilonlar tayyorlashda qoʻllaniladi. Mashinasozlik 
materiallari ichida P. yetakchi oʻrinni egallaydi. P. mahsulotlar tannarxini arzonlashtiradi, 
mashinalarning muhim texnik iqtisodiy parametrlari, massasi kamayadi, puxtaligi, ishonchliligi va 
h.k. oshadi. P.dan tishli gʻildiraklar, podshipniklar, roliklar, stanok yoʻnaltirgichlari, quvurlar, 
boltlar, gaykalar va boshqa ishlab chiqariladi. 
P.ning aviatsiyasozlikda keng qoʻllanilishiga sabab 
ularning yengilligi va texnik xossalarini oʻzgartirish imkoniyatiga egaligidir. Raketa va kosmik 
kemalar ishlab chiqarishda ham P. muhim ahamiyat kasb etdi. Reaktoplastlardan foydalanib 
reaktiv dvigatell
ar, samolyotlarning kuch agregatlari, raketa korpuslari, gʻildiraklar, shassi 
ustunlari, vertolyotlarning parraklari, issiqlik saqlash elementlari, osma yonilgʻi baklari 
tayyorlanadi. Termoplastlar oyna elementlari, antenna suyurmalari va h.k. ishlab chiqarishda 
qoʻllaniladi. 
P. kemasozlikda kemalarning korpusi va korpusli konstruksiyalar (asosan, shishaplastlar), kema 
mexanizmlarining detallarini tayyorlashda, kema xonalarini pardozlash, ularni issiq, tovush va 
gidroizolyasiyalashda ishlatiladi. 
Avtomobil sozlikda P.dan avtomobil kabinalari, kuzovlari va ularning yirik gabaritli qismlari, 
dvigatel, transmissiya shassi detallari tayyorlanadi. 
Qishloq xoʻjaligida P. sugʻorish inshootlari qurishda, tuproqni mulʼchlasht, urugʻlarni dorilash va 
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlashda ishlatiladi. 
Tibbiyot sanoatida P.dan koʻplab asboblar, maxsus idishlar ishlab chiqariladi. Jarroxlikda 
plastmassadan tayyorlangan yurak klapanlari, qoʻl-oyoq protezlari, ortopedik qoʻyilmalar, koʻz 
soqqasi va boshqa ishlatiladi
[1]
 
Choʻyan
— har xil buyumlar (kozon, santexnika qurilmalari, meʼmorlik 
bezaklari, panjaralar va boshqalar) quyish uchun ishl
atiladigan moʻrt 
material; temir bilan uglerod qotishmasi. Oddiy (legirlanmagan) Ch. 
tarkibida 2,0% dan ortiq uglerod va oz miqsorda doimiy qoʻshilmalar — 
kremniy, marganets, fosfor va oltingugurt boʻladi. Tarkibida legirlovchi 
elementlar 
— xrom, nikel, molibden, mis, alyuminiy va boshqa, shuningdek, 
2% dan ortiq marganets hamda 4% dan ortiq kremniy boʻlgan Ch. 
legirlangan (maxsus) Ch. Deyiladi
’ 
CH. kulrang, oq va oraliq turlarga boʻlinadi. Kulrang Ch.da uglerod erkin 
holatda 
— bodroqsimon, plastinkasimon yoki sharsimon grafit tarzida, oq 


Ch.da uglerodning qammasi yoki juda koʻp qismi temir karbidi Gʻe3S — 
sement holida, oraliq Ch.da esa uglerodning bir qismi sementit va bir qismi 
grafit holida boʻladi
Kulrang Ch. tarkibidagi grafitning shakliga koʻra, oddiy kulrang Ch., 
bolgʻalanuvchan va juda puxta Ch.larga boʻlinadi. Oddiy kulrang Ch.da 
grafit plastinka (yaproq) shaklida, bolgʻalanuvchan Ch.da — 
bodroqsimon (pagʻapagʻa), juda puxta Ch.da esa shar shaklida 
boʻladi. Kuymalar olish uchun ishlatiladigan kulrang Ch. quymakorlik 
choʻyani deb ham ataladi. Ok Ch. qayta ishlanuvchi Ch. deyiladi, 
chunki u, asosan, poʻlat ishlab chiqarishga yaraydi. Oq Ch.ni termik 
ishlab, yumshatish yoʻli bilan bolgʻalanuvchi Ch. hosil qilinadi. Oddiy 
kulrang Ch. harflar (KCH) va ikki xonali ikki son bilan belgilanadi. Mac, 
KCH 1228 da KCH (SCH) harflari ("kulrang choʻyan", ruscha "seriy 
chugun" soʻzlarining birinchi harflari) kulrang Ch. ekanligini, 12 soni 
uning choʻzilishdagi, 28 soni esa egilishdagi mustahkamlik chegarasini 
(kg/m
m2) bildiradi. Bolgʻalanuvchan Ch. BCH (KCH) harflari va 
ketmaket keladigan ikki son bilan belgilanadi, mac, BCH504 da BCH 
(KCH) harflari ("bolgʻalanuvchan choʻyan", ruscha "kovkiy chugun" 
soʻzlarining birinchi harflari) Ch.ning bolgʻalanuvchanligini, 50 soni 
choʻzilishdagi mustahkamlik chegarasini, 4 soni esa nisbiy uzayishini 
(% qisobida) bildiradi. 
CH.lar temir rudalari va polimetall rudalaridan metallurgiya pechlari 
(domna pechi, elektr pechlar) da ishlab chiqariladi. Pechlarda kulrang 
va oq Ch.lardan tashqari, ferroqotishmalar deb ataladigan Ch.lar x.am 
olinadi; bunday Ch.lar tarkibida kremniy va marganets miqdori 
odatdagi Ch.lardagiga qaraganda ancha koʻp boʻladi. 
Mashinasozlikda Ch.ning quyidagi turlari katta ahamiyatga ega. 
Alyuminiy Ch. 
— tarkibida alyuminiy miqdori koʻp boʻlgan Ch., u 
olovbardosh va korroziyabardosh, elektrotexnikada magnitmas 
material sifatida ishlatiladi. Antifri ksion Ch.
— yeyilishga chidamli Ch., 
podshipniklar va boshqa ishqalanuvchi detallar tayyorlash uchuy 
ishlatiladi. I yeye i qbardosh Ch. 
— tra koʻtarilganda mustahkamligi 
uncha pasaymaydi; yukrri trada ishlaydigan Ch. armaturalar va 
boshqa buyumlar tayyorlash uchun ishlatiladi. Olovbardosh Ch. 
— 
yuqori tralarda oksidlanishga yaxshi qarshilik koʻrsatadi; bu xossa 
unga koʻproq miqdorda xrom qoʻshish yoʻli bilan hosil qilinadi, 1100°S 
gacha trada ishlaydigan detallar tayyorlash uchun ishlatiladi. 
Korroziyabardosh Ch. 
— zararli muhitlar — kislota, ishqor va 


boshqalarga kimyoviy turgʻunligi yukrri boʻlgan legirlangan Ch.lar 
jumlasiga kiradi. 
Magniyli Ch. 
— tarkibidagi grafit shar shaklida boʻlgan kulrang (juda 
puxta) Ch.; suyuq Ch.ga magniy yoki uning qotishmalaridan qoʻshish 
yoʻli bilan Ch. grafiti shar shakliga keltiriladi, katta yuk (kuch) 
tushadigan detallar tayyorlash uchun ishlatiladi. Magnitmas Ch. 
— 
asosi austenit boʻlgan koʻp legirlangan Ch.; magnit kirituvchanligi juda 
kichik boʻladi; asosan, elektrotexnikada ishlatiladi. 
Choʻyan
— 
temirning
 
uglerodli
 
qotishmasi
 (
C
 2,14 
% dan koʻp). Uglerod 
choʻyan tarkibida 
sementit
 va 
grafit
 
koʻrinishida boʻlishi mumkin. 
Tarkibidagi 
grafit
 shakli va 
sementit
 miqdoriga qarab quyidagi turlarga 
boʻlinadi: oq, kulrang, bolgʻalanuvchan va mustahkamligi yuqori 
choʻyanlar. Choʻyan moʻrt jismdir. 

Download 430.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling