Farg`ona politexnika instituti mexanika mashinasozlik fakulteti 20-21 tmj guruh talabasi Donyorbek Abdurashidovning Biznes jarayonlarni loyihalash fanidan tayyorlagan taqdimot loyihasi

Download 43.89 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi43.89 Kb.
#1568175
Bog'liq
Donyor.2021

Farg`ona politexnika instituti mexanika mashinasozlik fakulteti 20-21 TMJ guruh talabasi Donyorbek Abdurashidovning Biznes jarayonlarni loyihalash fanidan tayyorlagan taqdimot loyihasi.

Mavzu: Biznes faoliyatining turlari va shakillari

Reja:

  • Biznes tushunchasi
  • 2. Dastlabki bosqichlarda tadbirkorlikning eng muhim alomati

    3. O‘zbekistonda va MDXda biznes

Barcha yangi mustakil davlatlarda islohotlardan oldingi davrda mulkchilikning davlat shakli ustunlik kilgan. Xo‘jalikning davlat sektorida mexnatkashlar umumiy sonining 4/5 kismi, kooperativlarda 14-15% (bulardan yarimidan ko‘pi kolxozlarda), xususiy sektorda 3%ga yakini band bo‘lgan. 80-yillarning ikkinchi yarimida xo‘jalikning kooperativ sektorini yaratish, ijarani rivojlantirishga harakat kilingan. Bu harakat bozor infratuzilmasini rivojlanmaganligi davlat mulkchiligining hukmronligi, xo‘jalik yuritishning yangicha shakllarini davlat sektoriga qaramligi, xo‘jalik qonunlarining noaniqligi va bir kator sabablar tufayli natijasiz bo‘lgan.

Korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish iqtisodiy islohotlarning yetakchi bo‘g‘inidir. Xususiylashtirish natijasida demokratik jamiyatning ijtimoiy zaminini tashkil qiluvchi xususiy mulkchilik qatlami shakllanib bordi.

Iqtisodiyot fanida tadbirkorlik faoliyatiga doir dastlabki tadqiqotlar XVIII asrda R. Kontilьon, A. Tyurgo, F. Kene, A. Smit va J.B. Sey asarlarida amalga oshirila boshlandi. Biroq hozirga qadar jamoatchilik fikrida “tadbirkorlik” tushunchasining ko‘p ma’noliligi saqlanib qolmokda. Ilmiy adabiyotda ushbu tushuncha haqida ko‘pincha bu favkulodda xodisaning iqtisodiy, tashkiliy va ruxiy tavsiflaridan (turli-tuman qarashlar) iborat har xil tasavvurlar mavjud.

Xorijiy adabiyotlarda biznes ta’rifini ko‘p turlari mavjuddir. Inson jamiyatining butun rivojlanish tarixi u yoki bu jihatdan doimo biznes bilan bog‘lik bo‘lgan.

Dastlabki bosqichlarda tadbirkorlikning eng muhim alomati biron bir shaxs-tadbirkor faoliyatining foydali yoki zararligini belgilovchi noaniqlik omili hisoblangan. Tadbirkorlikning ijtimoiy - iqtisodiy vazifasi turli bozorlarda talab bilan taklif orasida muvozanat o‘rnatishga doir faoliyatidan iborat deb tan olingan.

Keyinchalik “sarmoya egasi” va “Tadbirkor” tushunchalari bir-biridan farqlana boshlandi. Tadbirkor sarmoyaning muomalada yuritishni, ko‘payib borishini ta’minlaydi va bu borada u venchur sarmoyador, ya’ni jalb qilingan moliyaviy mablag‘larni ustalik bilan tasarruf etuvchi shaxs sifatida ishni yuritishga o‘z g‘oyalari, bilimi va ko‘nikmalarini tatbiq qilib, ko‘p foyda olish maqsadida o‘sha mablag‘larni tavakkalli ishlarga sarflaydi.

O‘zbekistonda va MDXda biznes haqidagi maqolalar, adabiyotlar 60-yillarning o‘rtalarida paydo bo‘ldi. Xususiy mulkchilik esa o‘sha davrda bizning mafkuramiz uchun butunlay yod narsa edi. Lekin bizda biznesni fan tariqasida o‘rganish faqatgina 90-yillarning boshlarida bozor munosabatlariga asta-sekin o‘tish bilan boshlandi.

“Biznes” - so‘zi inglizcha so‘z bo‘lib, u tadbirkorlik faoliyati yoki boshqacha so‘z bilan aytganda kishilarni foyda olishga qaratilgan tadbirkorlik faoliyatidir.

Xorijiy adabiyotlarda biznes ta’rifini ko‘p turlari mavjuddir. Inson jamiyatining butun rivojlanish tarixi u yoki bu jihatdan doimo biznes bilan bog‘lik bo‘lgan.

Foydalanilgan saytlar.

https://www.samdu.uz

https://uz.Wikipedia.org

Download 43.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling