Farg‘ona politexnika instituti, “Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi” kafedrasi assistenti B. Ya. Saydaliev tomonidan tayyorlangan “Yoqilg‘i va uglerodli moddalar kimyoviy texnologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanmasiga taqriz


Download 8.4 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi8.4 Kb.
#1405821
Bog'liq
Ташки такриз (3) Бурхон ака


Farg‘ona politexnika instituti, “Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi” kafedrasi assistenti B.Ya.Saydaliev tomonidan tayyorlangan “Yoqilg‘i va uglerodli moddalar kimyoviy texnologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanmasiga


TAQRIZ

Farg‘ona politexnika instituti, Kimyo texnologiya fakulteti, “Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi” kafedrasi assistenti B.Ya.Saydaliev tomonidan tayyorlangan 5321300- “Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Yoqilg‘i va uglerodli moddalar kimyoviy texnologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanmasi amaliy va ma’ruza mashg‘ulotlarida foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, barcha talablarga javob beradi.


O‘quv qo‘llanmada fanning maqsadi, asosiy vazifalari, asosiy bo‘limlari va ularda o‘rganiladigan masalalar, rivojlanish tarixi, boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi, fanning nazariy va amaliy asoslari, kimyolashtirish, kompleks mexanizatsiyalash, elektrlashtirish, melioratsiya ishlari va tuproqning unumdorligini oshirish borasidagi asosiy yo‘nalishlari ochib berilgan.
O‘quv qo‘llanma 5321300-“Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan. Undan boshqa yo‘nalish talabalari, pedagoglar va soha mutaxassislari ham foydalanishlari mumkin.
«Yoqilg‘i va uglerodli moddalar kimyoviy texnologiyasi» fani asosan neft va gaz tarkibidagi uglevodorodlarni ajratib olib yoqilg‘i va moylash mahsulotlariga aylantirish texnologiyasining kimyoviy hamda fizik-kimyoviy qonuniyatlarini nazariy va amaliy jihatdan o‘rganuvchi fandir.
Respublikamizning kimyo, neft va gazni qayta ishlash sanoati korxonalari eng zamonaviy texnologik qurilmalar, uskunalar bilan jadal sur’atlarda qayta jihozlanib, yangilari barpo qilinmoqda.
Hozirgi kunda suyuq yoqilg‘ilar ishlab chiqarish va xalq xo‘jaligining bu mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq ta’minlash bo‘yicha Respublikamiz alohida muvaffaqiyatli foydalanishdan iborat.
O‘quv adabiyoti sof o‘zbek tilida (lotin alifbosida) yozilgan bo‘lib, unda yoqilg‘i va uglerodli moddalar ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiyoti bilan ob’ektiv ravishda bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy jarayonlar yoritib berilgan. Shu sababli bo‘lajak yosh mutaxassis kadrlar «Yoqilg‘i va uglerodli moddalar kimyoviy texnologiyasi» fanini to‘liq o‘zlashtirib neft, gaz kondensat va gazni qayta ishlashning jahon andozalaridagi jarayonlarini o‘qib o‘rganishi, mukammal egallashi va foydalanishdan iborat.
O’quv qo’llanma 18 bobdan iborat bo’lib, kompyuterda sahifalangan 213 betdan iborat. “Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi” kafedrasi assistenti B.Ya.Saydaliev tomonidan tayyorlangan “Yoqilg‘i va uglerodli moddalar kimyoviy texnologiyasi”nomli o’quv qo’llanmani nashr etish uchun tavsiya etaman.
Toshkent Kimyo texnologiya instituti
“Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi”
kafedrasi dotsenti, t.f.n.:
Download 8.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling