Farg`ona Politexnika Instituti Qurulish Fakulteti gkvak kafedrasi 11a21 guruh talabasi To`ychiyev Abrorjonning


Download 4.64 Kb.
Sana22.06.2023
Hajmi4.64 Kb.
#1647843
Bog'liq
To\'ychiyev Abrorbek Loyiha

Farg`ona Politexnika Instituti Qurulish Fakulteti GKvaK Kafedrasi 11a21 guruh talabasi To`ychiyev Abrorjonning

O`quv amaliyot Geodezik tayyorlangan loyiha


1.Fuqaro o’zining yer uchstkasida yer sifat holatini o’zgartirdi va boshqa maqsadda foydalanmoqchi fuqaro bu haqda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga habar berish kerakmi?
”Davlat kadastrlarini yuritish sohasini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi VM-389 sonli qarori Davlat yer kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida nizomining 3-bobi 25-moddasiga ko’ra:Dastlabki kadastr ma’lumotlari yangilanayotganda yer uchastkalarining huquqiy holatida, yerlarning sifat holati va ulardan foydalanishda, ularni baholashda yuz berayotgan o‘zgarishlar aniqlanadi va ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Yer uchastkalari egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalariga (ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga), boshqa tashkilotlarga ko‘rsatib o‘tilgan o‘zgarishlar to‘g‘risida o‘n kun muddatda axborot berishga majburdirlar deb belgilab o’tilgan.
2.Fuqaro ko‘chmas mulk obyektiga kadastr yig‘majildini tayyorlash uchun ariza topshirdi lekin ko‘chmas mulk obyektiga taqiq qo’yilganligi uchun fuqaroning arizasi rad etildi.Aslida uning arizasi rad etilishi mumkinmi?
”Davlat kadastrlarini yuritish sohasini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi VM-389 sonli qaroriga ko’ra Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr yig‘majildini tayyorlash va kadastr pasportini rasmiylashtirishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
tuman (shahar) filialida ushbu ko‘chmas mulk obyektining mansubligi masalasida nizolar borligidan dalolat beruvchi sud hujjatlarining mavjudligi;
vakolatli organ tomonidan ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi;
taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri, qarama-qarshi yoki buzilgan ma’lumotlar aniqlanishi;
tuman (shahar) filialida ushbu yer uchastkasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda olib qo‘yilganligi haqidagi ma’lumotlarning mavjudligi;
yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda bekor qilinganligi;
3.Fuqaro ko’chmas mulk obyektiga o’zgartirish kiritdi.Lekin kadastr pasportiga o’zgartirish kiritmoqchi emas.Muammoga huquqiy baho bering?
VM-389-sonli qarorning Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizomining 6-bobida: Kadastr yig‘majildiga o‘zgartirishlar ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquq egalarining yoki ular ishonchli vakillarining talablariga muvofiq tegishli tartibdagi murojaatlari asosida kiritiladi. Bino va inshootlarning konstruktiv qismlari, xonalar soni o‘zgartirilgan holda rekonstruksiya qilinganda, ular qaytadan texnik xatlovdan o‘tkaziladi hamda shu asosda bino va inshootlarning kadastr ma’lumotlari qaytadan tayyorlanadi
Davlat yer kadastrini yuritishda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan qanday ishlar olib boriladi?
Tuproqshunoslik, agrokimyo, geobotanikaga oid va boshqa izlanishlarni hamda tadqiqotlarni amalga oshirish;
erlarni sifat jihatdan hisobga olish hamda baholash.
Download 4.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling