Tebranishlar konturi. - Avtotebranishlar vaqtida majburiy tebranishlardagi kabi tebranuvchi tizimga tashki kuchlar taʼsir qiladi, biroq bunday taʼsir koʻrsatilishi zarur boʻlgan vaqt momentlarini tebranuvchi tizimning oʻzi belgilaydi, tashqi taʼsirni tizimning oʻzi boshqaradi. Mayatnikli soatda mayatnik, koʻtarib qoʻyilgan toshning yoki buralgan prujinaning energiyasi hisobiga turtki olib turadi, bunda bu turtkilar mayatnik oʻrta holatdan oʻtayotgan momentlardagina beriladi. Parametrik tebranishlar vaqtida tashqi taʼsir hisobiga tizimning biror parametri, mas., tebranayotgan sharcha osilib turgan ipning uzunligi davriy ravishda oʻzgarib turadi.
Garmonik tebranishlar. - Garmonik tebranishlar. Eng sodda tebranish garmonik tebranishlardir. Garmonik tebranishlarda tebranuvchi kattalik vaqt boʻyicha sinus yoki kosinus qonuni boʻyicha oʻzgaradi. Bu turdagi tebranish quyidagi sabablarga koʻra juda muhimdir: tabiatda va texnikada uchraydigan tebranishlar oʻz xarakteri boʻyicha garmonik tebranishlarga juda yaqin; boshqacha koʻrinishdagi davriy tebranishlarni ustmaust tushgan bir necha garmonik tebranishlar sifatida tasavvur qilish mumkin. Tebranish jarayonlarining fizik mohiyati turlicha boʻlishiga qarmay, ulardagi tebranishlarning oʻziga xos xususiyatlari bir xil qonuniyatga boʻysunadi.
Garmonik tebranish. - Garmonik tebranishlarning oʻzaro qoʻshilishidan turli tebranishlar, mas., bir xil chastota va turlicha fazalarga ega bulgan oʻzaro perpendikulyar ikkita garmonik tebranishlar yigʻindisi fazalar ayirmasiga qarab tebranuvchi nuqtaning trayektoriyasi toʻgʻri chiziq, aylana yoki ellipedan iborat bulishi mumkin. Chastotalari turlicha va uzaro perpendikulyar bulgan ikkita garmonik tebranishlar yigindisini ifodalovchi nuqta harakatining trayektoriyalari gʻoyat murakkab chiziklardan iborat. Bu chiziklar Lissaju figuralari deb yuritiladi. Garmonik tebranishlardan iborat turlicha murakkab tebranishlar mexanika, elektrotexnika, radiotexnika, optika va boshqafan hamda texnika sohalarida koʻp uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |