Farg‘ona politexnika instituti


Jamoat binosining texnik holatini tekshirishning


Download 196.5 Kb.
bet6/11
Sana26.07.2023
Hajmi196.5 Kb.
#1662802
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
far. hisobot

Jamoat binosining texnik holatini tekshirishning
natijalari.
O’tkazilgan binoning qurilish konstruksiyalarining texnik holatini o’rganish vaqtida quyidagilar aniqlandi

  1. Jamoat binosining har 2 qavatinidan foydalaniladi.

  2. Bino konstruksiyalaridan 0.1-1 m masofada daraxt va butalar o’sgan. Bin ova daraxtlar orasidagi masofa me’yorda bo’lib, SHNK 2.07.01-03* ning «Shahar va qishloq axoli punktlari hududlarida rivojlantirish va qurilishni rejalshtirish» talablariga javob beradi.

  3. Binoning yuk ko’taruvchi qismi parametrlari QMQ 2.01.03-96 ning «Zilzilaviy hududlarda qurilish» talablariga javob beradi.

tomyopma atrofidagi antiseysmik belbog’ mavjud.
g’ishtli devorlarda gorizontal armaturalash mavjud emas. (3.5.12-bo’lim) zinapoya maydonchasining oraliq joylarida temir-beton kuchaytirish mavjud emas.

  1. Binoning texnik holatini umumiy o’rganish bo’yicha xulosalar 1-jadvalda keltirilgan.

Konstruksiyalar hisobi.
Ob’ektlarni rekonstruksiyalash va modernizatsiyalashda xuddi loyihalashdagidek yuklar va ta’sirlar statik o‘zgaruvchanligini hisobga olgan holda aniqlanadi. Rekonstruksiya va modernizatsiyani loyihalashda yuklar ta’sir etish davomiyligiga ko‘ra xuddi yangi ob’ektlarni loyixalashdagidek doimiy va vaqtinchalikga bo‘linadi.
Vaqtincha yuklar o‘z navbatida uzoq muddatli, qisqa muddatli va maxsusga bo‘linadi.
Doimiy yuklarga: barcha yuk ko‘taruvchi va to‘siq konstruksiyalar, gruntning bosimi va og‘irligi, kuchaytirishdagi dastlabki yuklarning ta’siri va shu kabilar kiradi.
Rekonstruksiya va modernizatsiyalashdagi me’yoriy yuklar, o‘rtacha qiymatlarning oldindan berilgan oshish ehtimoli bo‘yicha yoki texnologik qurilmaning me’yoriy ekspluatatsiyasida ko‘zda tutilgan eng katta kiymatlar bo‘yicha o‘rnatiladi.
Rekonstruksiya va modernizatsiya davrida binoning konstruksiyalari hisobini aniqlash qayta loyihalashning asosiy ishi va eng ma’suliyatli qismi sanaladi. CHunki, bino mustahkamligi, ustivorligi, zilzilaga bardoshliligi va uzoq muddat hizmat qilishini kafolatlaydigan kismi hisoblanadi. Ushbu qismida asosan binoning yuk ta’sirida bo‘luvchi qismlari ko‘rib chiqiladi va hisobi amalga oshiriladi. Buning uchun biz hisobiy sxema tanlab olishimiz, yuklarni aniklab olishimiz, karkas konstruksiyalari konstruktiv va statik jixatlaridan hisoblab chiqiladi. Loyihalash davomida hisoblashlar har xil yuk turlari va foydalanish davrida o‘z hususiyatlarini yo‘qota boshlagan yuk qo‘taruvchi konstruksiyalarining yuk ko‘tarishga bo‘lgan kobilyatini inobatga olgan holda amalga oshirilishi shart.
Asosan yuklarni 2 turi mavjud bo‘lib, ular: Me’yoriy va hisobiy yuklarga turlanadi.
Me’yoriy yuklar. Bu tur yuklar asosan konstruksiyalarning me’yoriy foydalanish davrida ta’sir qiluvchi yuklar sanaladi. Hisobiy yuklar. Bu yuklar me’yoriy yuk va konstruktiv unsurlarning ishonchlilik koeffitsienti, doimiy va vaqtinchalik ta’sir qiluvchi yuklar hisobida aniqlanadi. Bunday hisoblashni amalga oshirish uchun ishonchlilik koeffitsienti va boshqa yuklar me’yoriy hujjatlardan olinadi. Hisob ishlarini quyidagi jadval ko‘rinishida amalga oshiriladi.
Yuk ko`taruvchi konstruksiyalarning texnik holati.






Download 196.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling