Farg’ona shahar Maktabgacha ta’lim bo’limi tasarrufidagi” the world of children” mchg tashkiloti va tarbiyalanuvchining ota-onasi (qonuniy vakili) o’rtasidagi


Download 61.06 Kb.
bet4/6
Sana18.06.2023
Hajmi61.06 Kb.
#1584962
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ota-ona shartnoma lotin

IV. TO’LOV TARTIBI

7. Tarbiyalanuvchining DMTTda bo’lgan davri uchun bir oylik to’lovi ____________________________ so’m.


Agarda qonuniy vakilning bir nafar bolalari MT ga qatnashgan taqdirda to’lovlar ________________________ so’mni tashkil etadi.
Bunda: bir oilada bir nafardan ortiq bolalar turli MTlarga qatnasa, qonuniy vakil tegishli ravishda bir DMTT dan boshqasiga farzandlarining boshqa DMTTga qatnashi to’g’risidagi mahlumotnomani xamda oila ahzolari xaqidagi fuqorolarning o’zini-o’zi boshqarish orgnlarining mahlumotnomasini taqdim etishlari lozim.
8. MTdagi tarbiyalanuvchi uchun ota-ona to’lovi miqdori qonun hujjatlariga muvofiq o’zgargan taqdirda bu xaqida MT mahmuriyati tomonidan qonuniy vakilga mahlum qilinadi xamda shartnomaga qo’shimcha kelishuv tuziladi.
9. MTdagi tarbiyalanuvchi uchun ota-ona to’lovi xar oyning 15-sanasidan kechiktirmasdan to’lanadi. Oyning 15-sanasidan kegin kelgan bolalarni saqlash uchun to’lovlar esa bola kelgan kundan boshlab 3 kun ichida to’lanadi. Bunda to’lovlar bolaning shu oyda MTga qatnaydigan kunlarga mutonosib ravishda to’lanadi.
10. Bolaning yoki oila a’zolarining kassaligi, karantin holatida bo’lganligi tufayli, shuningdek qonuniy vakil ishdan (o’qishdan) bo’sh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga ko’ra bola MTga ketma–ket 3 kundan ortiq kelmagan davri uchun to’langan to’lovlar keyingi to’lovlarni amalga oshirishda xisobga olinadi. Bunda bolaning kelmagan kunlar soni bir kunlik to’lov miqdoriga ko’paytirilib, keyingi to’lov summasi chiqqan summaga kamaytiriladi. Agar bolaning kelmagan kunlari uchun to’lov hali amalga oshirilmagan bo’lsa, to’lanishi lozim bo’lgan to’lov miqdori u kelmagan kunlari uchun hisoblangan to’lov summasiga kamaytiriladi.
Bolaning yoki uning oila a’zolarining kassaligi, karantin holatida bo’lganligi tufayli bolaning MTga kelmaganligi tegishli davolanish profilaktika muassasasi yoki uchastka shifokori tomonidan beriladigan ma’lumotnoma bilan tasdiqlanishi shart.
Tarbiyalanuvchi MTga kelmasligi qonuniy vakilning uzrli sababi ko’rsatilgan holda MT rahbariyati nomiga oldindan yozgan arizasi tarbiyalanuvchining joyi to’lovsiz saqlanib turishiga asos bo’lib hisoblanadi. Bunda bolaning bir yilda ko’pi bilan 60 kundan ortiq bo’lmagan muddatgacha MTga kelmasligiga ruxsat beriladi.
Bolaning unda qolgan boshqa barcha xolatlarda qonuniy vakil tomonidan to’lovlar umumiy asoslarda to’lanadi.
11. Ota-ona to’lovi ikki hafta davomida o’z vaqtida to’lanmaganlik uchun oyning 15 kunidan boshlab qonuniy vakil MTga o’tkazib yuborilgan har bir kun uchun kechiktirilgan to’lov summasining 0,4 foizi miqdorida, ammo kechiktirilgan to’lov summasining 50 foizidan ortiq bo’lmagan miqdorida penya to’laydi.
12. Qarzdorlik kelib chiqqan kundan boshlab 60 kalendar kuni mobaynida tarbiyalanuvchining MTda saqlash uchun mavjud bo’lgan qarzdorlik qoplanganda, tarbiyalanuvchi ushbu MTga tiklanadi. Ko’rsatilgan mudddat o’tib ketgan xollarda, MTga bolani qabul qilish umumiy asoslarga ko’ra amalga oshriladi.
Tarbiyalanuvchinig MTga qatnashi vaqtincha yoki butunlay to’xtatilishi to’g’risida qonuniy vakilning yozma arizasi bo’lmagan xollarda ota-ona to’lovi to’liq oy uchun xisoblanadi va umumiy asoslarda undiriladi.
O’tgan oy ota-ona to’lovining qolgan qismi to’langandan so’ng tarbiyalanuvchining MTga qatnashiga yo’l qo’yiladi.
Qonuniy vakilning oldindan bergan yozma arizasiga asosan, bolaning DMTTga qatnashi butunlay to’xtatilgan taqdirda, to’lov to’liq bo’lmagan oy uchun, yahni tarbiyalanuvchi amalda MTga qatnagan kunlar uchun to’lanadi.



Download 61.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling