Farg’ona shahar Maktabgacha ta’lim bo’limi tasarrufidagi” the world of children” mchg tashkiloti va tarbiyalanuvchining ota-onasi (qonuniy vakili) o’rtasidagi
III. Qonuniy vakilning huquqlari va majburiyatlari
Download 61.06 Kb.
|
ota-ona shartnoma lotin
III. Qonuniy vakilning huquqlari va majburiyatlari
5. Qonuniy vakil quyidagi huquqlaraga ega: tarbiyalanuvchining huquq va qonuniy manfatlarini himoya qilish; MTning ustavi bilan tanishish; MTning turli tadbirlarida farzandi bilan birgalikda ishtirok etish (bayram ertaliklari, ko’riklar, ko’ngilochar soatlar, mashg’ulotlar va x.k), mavsumiy cheklov (karantin) va havfsizlik choralari kuchaytirilgan davrdan tashqari; MT faoliyatini takomillashtirish bo’yicha takliflar kiritish; MT Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash va uning ahzosi bo’lib saylanish; MTda tarbiyalanuvchi ta’lim-tarbiya berish uchun zarur sharoitlar yaratilishini va uning shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo’lish, bolaga sifatli ta’lim-tarbiya berishni talab qilish; o’ziga qulay bo’lgan vaqtda sababi ko’rsatilgan holda yozma bildirgi asosida tarbiyalanuvchini MTdan olib ketish; MT rahbariyatini 7 kun oldin habardor qilgan holda shartnomani muddatidan avval bir taraflama bekor qilish. Qonuniy vakil qonun hujjatlariga muvofiq boshqa xuquqlarga ham ega bo’lishi mumkin. 6. Qonuniy vakilning majburiyatlari: mazkur shartnoma talablariga qathiy rioya qilish; ota-ona to’lovini o’z vaqtida amalga oshirish; xodimlar bilan kelishmovchiliklar yuzaga kelganda tarbiyalanuvchilar ishtirokisiz zudlik bilan MT rahbariyati va Kuzatuv kengashi bilan muammoni hal qilish; MTga joylashtirish uchun tarbiyalanuvchining sog’lig’i xaqidagi tibbiy hulosa va qonuniy vakil xaqidagi mahlumotlarni (telefon raqamlari, yashash va ish joyi xaqida mahlumotnomalar) taqdim etish; tarbiyalanuvchi betob bo’lganda, zudlik bilan MT mahmuriyati va tibbiyot xodimiga xabar berish va tarbiyalanuvchi sog’ayganidan so’ng tibbiy mahlumotnomani taqdim etish; tarbiyalanuvchini MTda saqlash uchun ota-onalar to’lovi amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatni MTga taqdim etish; tarbiyalanuvchi MTga vaqtincha kelmagan kunlari uchun DMTT rahbariyatiga ariza taqdim etish; MTning barcha xodimlariga, boshqa tarbiyalanuvchilar va ularning qonuniy vakillariga nisbatan xurmat bilan munosabatda bo’lish; tarbiyalanuvchining to’laqonli ovqatlanishini kuzatib borish, uni DMTTga toza va ozoda kiyingan holda olib kelish; tarbiyalanuvchining tug’ilgan kuni va boshqa tadbirlarini nishonlash uchun oziq-ovqat maxsulotlari va pishiriqlarni MTga olib kirilmaslik; MT ga tarbiyalanuvchini xar qanday qimmatbaxo taqinchoqlar, uyali aloqa vositalari va boshqa texnika vositalari bilan olib kelmaslik, ushbu hollarda DMTT mahmuriyati ularning saqlanishiga javobgar bo’lmaydi; yashash joyi yoki telefon raqamlari o’zgargan taqdirda DMTTning tegishli guruh tarbiyachisiga va rahbariyatiga bu xaqida habar berish; bolani MTdan olib ketishni voyaga yetmagan yoki begona shaxslarga topshirmaslik; ertalab bolada kassalik holatlari kuzatilgan taqdirda MTga olib bormaslik, bolani shifokor ko’rigidan o’tkazish. Qonuniy vakilning qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlari ham bo’lishi mumkin. Download 61.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling