Farg‘ona shahar


Download 21.48 Kb.
Sana13.09.2023
Hajmi21.48 Kb.
#1677260
Bog'liq
Navoiy va Bobur tadbir seenariysi




QOROVULBOZOR tuman
3– umumiy o‘rta ta’lim maktabining
Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
Xayrullayeva Barchinoyning
Alisher Navoiy va zahiriddin


Muhammad Boburning
Tavallud topgan kunlariga


bag‘ishlab O‘tkazilgan


Barhayot siymolar




1 – boshlovchi:
Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar, qadrli ota – onalar va aziz o‘quvchilar! Bugun biz Mir Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan adabiy kechamizni namoyish etamiz.
Ulug‘ bobokalonimiz Mir Alisher Navoiy 1441 yilda Hirot shaharida tug‘ilgan. Alisher yoshligidan odobli, o‘tkir zehnli, zukko, sheriyatga qiziquvchan bola bo‘lgan va kattalar e’tiboriga tushgan.

1.Hirot tuprog‘ida voyaga yetgan


Qush tili yo‘llarin munavvar etgan,
Yillar to‘zonidan sog‘ – omon o‘tgan,
Navoiy bobomlar – buyuk odamlar.

2.Xamsasi ko‘ngilni shamdek yoritgan,


Ona tilimizni yoddan bor etgan,
Mag‘ribu mashriqni iftixor etgan
Alisher bobomlar – buyuk odamlar.

3.Ko‘p jahongir ko‘rgan bu dunyo


Hammasiga guvoh yer osti
Lekin do‘stlar, she’r ahli aro,
Jahongiri ham bo‘lar rosti.

4.Besh asrki, nazmiy saroyni,


Titratadi zanjirband bir she’r
Temur tig‘i yetmagan yerni

Qalam bilan oldi Alisher.


Dunyo bo‘ldi chamanim manim,
O‘zbekiston, Vatanim manim.


2 – boshlovchi:
1.Andijon bag‘ridan uchib bir yulduz,
Hindiston tojiga gavhardek qo‘ndi.
Otash yuragida aylanar bir so‘z
Anda jon qoldiki, anda jon qoldi.

2.Dunyo charxpalagi tinmay aylanar


Taloto‘p zamonlar o‘taveradi.
Asrlar qa’ridan bir so‘z ingranar,
Anda jon qoldiki, anda jon qoldi.

  1. Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevralda Andijonda Umarshayx Mirzo xonadonida tavallud topdi. Saroyda shahzodalarga xos munosib ta’lim – tarbiya olgan Bobur otasi vafotidan so‘ng 12 yoshida taxtga o‘tirdi.

  2. Bobur toj – taxt uchun bo‘lgan urushlar tufayli Andijondan chiqib ketib, Hindistonda buyuk Boburiylar sulolasiga asos soldi. Hindistonda qudratli saltanat o‘rnatgan, davlatning gullab – yashnashiga katta hissa qo‘shgan sevimli shoirimiz 1530 yil Agra shahrida olamdan o‘tdi.

  3. Bugun biz xalqimizning ana shu ikki farzandlari oldida buyuk she’riyat xokonlari oldida bosh egib ta’zimdamiz.

1.A.Navoiy ruboiylari


2.Z.M.Bobur ruboiylari
3.Dutorim musiqasi
4.Sahna ko‘rinish “Navoiy va Lutfiy”
5.She’r Navoiyga
6.Raqs
7.Sahna ko‘rinish “Bobur va Andijondan keltirilgan qovun”
8.Boburga atalgan she’rlar
9.Raqs
10.Sahna ko‘rinish “Alisher va bulbul”
11.Yakunlash
Download 21.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling