Farg‘ona-toshkent maqom yo‘llari reja kirish I bob. Farg‘ona-toshkent maqom yo‘llarining ashulla bo‘limini kelib chiqishi
Shashmaqomdan chormaqomning farqi
Download 192.61 Kb.
|
Farg‘ona-toshkent maqom yo‘llari
2.2. Shashmaqomdan chormaqomning farqi
Chorgoh (fors—toʻrt va joy, oʻrin) — 1) Oʻn ikki maqom tizimidagi 24 shoʻbalardan birining nomi. Tovushqatori 2 butun (204 va 180 sent) va yarim ton (114 sent) oraligʻida joylashgan pardalar tuzilmasiga asoslangan. Oʻtmishda bastakorlar Chorgohning pardalari negizida turli shakl va janrlarda asarlar yaratishgan. Chorgoh makom yoʻllari hoz. kunga kadar xilmaxil ijod va ijro uslublari orkali bizgacha yetib keldi. Muayyan maqom yoki shoʻba tovushqatorining toʻrtinchi pardasi ham Chorgoh deyiladi. Musiqa ijodkorlari tomonidan xar xil maqom va shoʻbalarga tayangan holda Chorgoh nomida kuy va ashulalar bitilgani maʼlum. Mac, «Chorgohi Ajam» (Ajam shoʻbasining Chorgohi) kabi. Bu asar Oʻrta ayerlarda 24 murakkabotning biri sanalgan; 2) Shashmaqom hamda Xorazm maqomlari majmuasidagi Dugoh makrmida tarkibiy cholgʻu kuy va ashula yoʻllari: «Muxammasi Chorgoh», «Talqini Chorgoh», «Nasri Chorgoh», «Ufari Chorgoh», «Savti Chorgoh», «Talqinchai Savti Chorgoh», «Qashqarchai Savti Chorgoh», «Soqiynomai Savti Chorgoh», «Ufari Savti Chorgoh». Ular parda tuzilishining dastlabki toʻrt pogʻonasi Oʻn ikki makom Chorgoh shoʻbasiga moye keladi. Chorgoh maqom yoʻllari yorqin va yoqimli yangraydi, tinglovchida xush kayfiyat uygʻotadi. Chorgoh shoʻbalarining oʻzgacha uslubiy yoʻllari ham yaratilgan. Chunonchi, Toshkent, Fargʻonada mashhur Chorgoh ashula yoʻllari, «Yovvoyi Ch.», surnay kuylari, Sodirxon Hofiz (Bobosharifov) yaratgan «Chorgohi Munojot» shular jumlasidan. Mazkur vohalarda mashhur Ch. yoʻllari 5 qismli yirik shakldagi ashula turkumidan iborat. «Chorgoh1» saraxbor, «Ch.2» tarona, «Ch. Z» savt, «Ch.4» qashqarcha, «Ch.5» va Ch.6» ufar doyra usullari asosida ishlangan; 3) Eron dastgohlari, ozarbayjon mugʻomlari va uygʻur muqomlaridan birining nomi. Mazkur Ch. larning parda tuzilishi birbiriga yaqin boʻlsada, kuyohanglari, usul va uslublari uz milliy va mahalliy musiqasiga xosdir. Shashmaqom taxminan XVIII asrlarning I yarmida uzil-kesil o’zbek-tojik xalqlarining mustaqil musiqa janri sifatida yuzaga keladi. Chunki XIX asrgacha yozilgan musiqa manbalarida Shashmaqom haqida biror og‘iz eslatib o’tilmagan. Shuning uchun o’n ikki maqom (sikli) turkumi XVIII asrgacha yashab kelgan va undan keyin Shashmaqom sikli yuzaga kelgan degan ishonch hosil bo’ladi. Qadimiy madaniyat markazlaridan biri Buxoro musiqa boyliklarini o’ziga mujassamlashtirilgan markaziy shahar vazifasini o’tadi. Shuning uchun ham Buxoroda Shashmaqom shakllanadi. ”Buxoro shashmaqomi” deb ataladi. Shashmaqom — turli pardalarga moslab olingan va olti xil ladga asoslangan kuy va ashulalar yig‘indisidan iboratdir. Shashmaqomga: Buzrug, Rost, Navo, Dugoh, Segoh va Iroq maqomlari kiradi. Olti maqomni har biri juda katta hajmdagi turkumlik asarlar bo’lib, ularning har biri tarkibida yigirmatadan qirq ikkitagacha katta va kichik maqom yo’llari bor. Lekin maqomlarning xalq orasida mashhur bo’lgan cholg‘u, ashula va surnay yo’llari bilan qo’shib hisoblanganda ular juda katta sonni tashkil etadi. Hozirgi nashr etadigan kitoblarda 250 tagacha boradi. Shashmaqom xalq ijodiyoti bilan doimiy munosabatda bo’lganligi va u asosida uzluksiz boyib, rivojlanib borganligi musiqiy, tarixiy manbalarda o’z aksini topgan. Saroy san’atkorlari xalq orasidan yetishib chiqqan mashur san’atkorlar bo’lgan. Masalan: Buxorolik musiqa nazariyachisi bo’lgan Darvesh Ali Changiy xalq orasidan yetishib chiqqan, qobiliyatli musiqachi bo’lgan. Lekin bu san’atkorlar o’z navbatida saroyda ijro etilgan musiqa asarlari bilan saroy doirasida chegaralanib qolgan. Professional musiqa xalq musiqa san’ati bilangina boyib borar edi. Shuni ham aytish kerakki maqomlarga ba’zan diniy mazmundagi she’rlarni ham ishlatib ijro etganlar. Lekin, bu maqomlar o’zlarining asl lirik xususiyatini yo’qotmagan. Maqom cholg‘u va yo’llarida o’zbek, tojik musiqalariga xos intonatsiya lad tuzumi, melodik struktura, ritmik asosi (usullari) bilan mujassamlashgan. Musiqa asboblaridagi maqom boshlanadigan har bir parda uning harakterini belgilaydigan omillardandir. O’zbek xalq musiqasining 1-4 chi tomlari Buxoro maqomlari va 5-chi tomi Xorazm maqomlariga bag‘ishlangan. Maqomlarni ijro etishda musiqa asboblaridan tanbur va doira yetakchi sozlardan hisoblanadi. Tanbur 3 torli (setor) va 4 torli (chot tor) bo’lgan. Tanbur asbobi ikki yunon so’zidan iborat bo’lib ”Tan” -yurak, ”Bur”-tirnovchi, qitiqlovchi, ya’ni dillarni tirnovchi ma’nosidadir. Shashmaqomda tanbur turlicha “Buzrug”, “Dugoh”, “Segoh”, “Iroq” maqomlarida kvartaga, ”Rost” maqomiga esa butun parda (katta sekundaga) sozlanadi. Maqomning ashula (vokal) qismi ”Nasr” nomi bilan ataladi. Maqomning cholg‘u (instrumental) qism ”Mushkilot” nomi bilan ataladi. Maqomning “Uffor” qismi raqs bilan bog‘liq bo’lib yakka ashulachi yoki bir necha ashulachilar ijro etadilar. Shashmaqomning cholg‘u bo’limi Mushkulot deyiladi. Maqomlar to’la va yaxlit ijro etiladigan bo’lsa, dastlab ularning cholg‘u yo’llari, so’ngra ashula bo’limi shu’balariga o’tiladi. Cholg‘u bo’limlaridagi shu’balarning har biri mustaqil cholg‘u qismlari hisoblanadi va o’zlariga mansub bo’lgan maqomlar nomi bilan qo’shilib aytiladi. Masalan: “Tasnif”, “Tarji”, “Gardun”, “Muhammas”, “Soqil”, “Tasnifi buzurg”, “Tarji rost”, “Soqili Navo”, “Samoiy dugoh”, “Muhammasi Iroq”, “Garduni Segoh” va hokazolar. Har bir maqomdagi cholg‘u yo’llari kishida xushchaqchaqlik, g‘amginlik yoki jasoratbaxsh kayfiyatlarni qo’zg‘ata oladi. Shashmaqomning ashula bo’limi Nasr deyiladi. Shashmaqom sistemasiga kirgan har bir maqomning cholg‘u bo’limi ijro etilganidan keyin uning ashula bo’limiga o’tiladi. Maqomlarning ashula bo’limiga aytilganidek bir necha shu’balar mavjud. Maqomlar ashula bo’limida birinchi qismiga kirgan shu’balar turkumiga saraxbor, talqin, nasr va ularning ufforlari ijro etiladi. Saraxbor, talqin, nasrlar o’z taronalariga ega. Ashula bo’limining ikkinchi qismiga kirgan shu’balar gruppasiga saft, mug‘ilcha va turli maqomlarning o’ziga xos bo’lgan ba’zi ashula yo’llari kiradi. Ikkinchi qismiga kirgan shu’balarning talqincha, qashqarcha, soqiynoma va uffor deb aytiladigan shaxobchalari bo’lib saft bilan birin-ketin ijro etiladi. “Saraxbor”-Sar-boshlanish mazmunida mug‘ilcha, navo maqomlarining ashula qismlaridir. Toshkent — Farg‘ona xalq og‘zaki musiqa an’analarida shahar qo’shiqchilik yo’nalishlari ko’proq rivojlanganligi tufayli ular oddiy, kuychan va ommaga tez yetib boradigan musiqiy xazinalardir. Agar Shashmaqom o’zbek-tojik xalq musiqasi deb qabul qilingan bo’lsa, Farg‘ona — Toshkent xalq og‘zaki musiqa yo’llari sof mahalliy o’zbek musiqiy an’analari turkumiga kiradi. Shashmaqomdan Chormaqom turkumi ajralmaydi, faqatgina nomi bilan ajralishi mumkin xalos. Masalan: Chorgoh I-II, va hokazo. Farg‘ona — Toshkent musiqiy merosida (chormaqomda) Dugoh-Husayn, Chorgoh-Bayot, Gulyor-Shaxnozlar o’rin olgan. Buxoro Shoshmaqomida-Saraxbor, Talqin, Nasr, Ufforlar ijro etilsa Farg‘ona — Toshkent yo’nalishida Chorgoh I yoki Bayot I, II, III, IV, V va hokazo. Xulosa qilib shuni ta’kidlash kerakki maqomlar asosan xalq musiqa an’analari asosida kelib ularning tuzilishlari, usullari, kuylari boy xalq qo’shiqlaridan iborat. Maqomlarni xalq ijodiyotidan ajratish bu ularni qiymatini yo’qotishni bildiradi. Maqomlar — bu o’zbek xalq musiqa madaniyatining ajoyib yodgorligi bu musiqiy merosga kundan-kunga talab, ehtiyoj va qiziqish oshmoqda. Xorazm maqomlari o’zining tuzulishi bilan Buxoro maqomiga yaqin turadi. Xorazm maqomlarining Buxoroga Xivaga Mashhur san’atkor Niyozjon Xoji olib kelgan va Xorazm mahalliy san’atkorlari ularga ba’zi o’zgarishlar kiritganlar. Shashmaqomdan Xorazm maqomlarini farqi shundaki, unga yettinchi cholg‘u qismi qo’shilgan va unga Panjgoh deb nom qo’yilgan. Xorazm maqomlarining qismi boshqa nomlari bilan aytilgan, ya’ni birinchi cholg‘u qismi manzum nomi bilan mashhur bo’lgan. Xorazm maqomlariga Panjgoh XIX asrning boshlarida ba’zi bir qismlariga Xorazm ijrochilarining nomlari kiritilgan. Masalan: Peshroviy — Zanjiriy, Soqiliy — Feruz, Soqili — Sulton va hokazo. XULOSA Maqom borasidagi ushbu ta’riflar nafaqat O‘n ikki maqom, balki Shashmaqom, Xorazm maqomlari va Farg‘onja-Toshkent maqom yo‘llariga ham bevosita dahldordir. Bu o‘rinda ularning tarkibiy qismlarida “maqom” so‘zi bilan birga yana “samo”, “gardun”, “qalandar”, “samandar”, “girya”, “nola”, “charx”, “faryod”, “soqiynoma” kabi ko‘plab tasavvuf us istilohlarining qo‘llamishi, shuningdek asosiy aytim yo‘llarida yuksak ishq ( Jomiy, Sakkokiy, Navoiy, Mashrab, Bedil va h. k.) mazmunidagi g‘azallarning kuylanib kelinishi, “sof” musiqiy jihatdan esa mukammal parda yo‘llari asosida (tariqat jarayonlarining badiiy aksi o‘laroq) kuy mavzularini bir tartibda izchil rivojlantirib, ularning avj sifatlarini namoyon etish tamoyili kabi omillarni dalillar qatorida keltirish mumkin. Lekin eng muhim dalil bu buyuk ishq dardi ila yog‘rilgan maqomlar musiqasidir. Chunki bir musiqa mazmunida pok ruhiyatining asl go‘zallik, chin haqiqat sari ma’naviy xuruji o‘z ifodasini ntopodi. Binobarin maqomlarning asrlar osha o‘z badiiy qiymatini yo‘qotmasligi va ayni paytda, millionloab odamlar qalbidan o‘rin olganligini asl sabablaridan biri ham ularning teran ma’nolarga yo‘g‘rilgan go‘zal navolari-yu, beqiyos shaklu-tamoillari bilan izohlanadi. Zero, ma’naviyatdan uzilgan har qanday go‘zallik oxir-oqibat yoqimsizdir. Demak, maqomlar nafaqat Sharq musiqa madaniyati, balki insoniyat qo‘lga kiritgan ulkan hodisa bo‘ldi. Zotan maqomlar insonlardan sof, muqaddas tuyg‘ularni uyg‘otivchi, ruhiyatni nafs to‘siqlari uzra asl maqomlari sari yuksalishga da’vat etuvchi ma’naviy navolarimizdir. Farg‘ona vodiysida XIX-XX asrlarda turkumli va turkumsiz ashulla va maqom yo‘llari keng tarqalgan bo‘lib, ular voha mumtoz musiqa merosida yetakchi o‘rinlarni egallab, mahalliy ijrochilik an’analari bilan sug‘orilgan. Katta va kichik turkumga ega bo‘lgan Farg‘ona-Toshkent maqom ashulla yo‘llari “Shashmaqom” tarkibidagi bir qator sho‘ba (saraxbor, savt), shahobcha (qashqarcha, soqiynoma) va turkumlarga yaqindir. (ularning kuy harakati, shakli, usullariga o‘xshash). Toshkent, Farg‘onada mashhur bo‘lgan maqom turkumlari asosan ashulla yo‘llaridan iborat bo‘lib, ularda Shashmaqomdagi kabi cholg‘u yo‘llar uchramaydi Farg‘ona-Toshkent maqomlari va maqom yo‘llari 2,3,5,7 qismli turkumlarni tashkil etadi. Ularning har biri ma’lum shohobchalarga ega hamda sonlar vositasi bilan bir-biridan ajratiladi. Farg‘ona-Toahkent maqomlari orasida yirik shulla turkumlari: Bayot I-V, Chorgoh I-V, Gulyor-Shahnoz, Dugoh-Husayniy I-VII (ularning har biri umumtartib soni raqamlari bilan belgilanadi. Gulyor-Shahnoz maqomlaridan tashqari), masalan, Byot I, BayotII, BayotIII, Bayot IV, Bayot V. Farg‘ona-Toshkent maqomlari “Shashmaqom” ashulla bo‘limining sho‘ba’ shaxobcha va taronalarining ohang usul va shakllari tarkibida shakllangan va ashulla yo‘lining harakati asosida rivoj topgan. Farg‘ona-Toshkent maqomlarini targ‘ib etishda Xoji Abdulaziz Abdurasulov, Sodirxon hofiz Bobosharipov, Yunus Rajabiy, Abduqodir Ismoilov, Jo‘raxon Sultonov, Ma’murjon Uzoqov, Orifjon Xatamov, Mahmudjon Tojiboyev, Imomjon Ikromov, Rasulqori Mamadaliyev, Ochilxon Otaxonov va boshqalar maqom yo‘llarini yanada boyitish, yangi na’munalarni ijod etishga katta hissa qo‘shganlar. Download 192.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling