Farg'ona transport va servis texnikumi amaliyotchi talaba: Ibrohimova Oyazimxonning


Download 9.27 Kb.
bet1/2
Sana28.10.2023
Hajmi9.27 Kb.
#1729249
  1   2
Bog'liq
Rezistorlar(1)

FARG'ONA TRANSPORT VA SERVIS TEXNIKUMI Amaliyotchi talaba: Ibrohimova Oyazimxonning

FARG'ONA TRANSPORT VA SERVIS TEXNIKUMI Amaliyotchi talaba: Ibrohimova Oyazimxonning

"Rezistorlardan unumli foydalanish" mavzusidagi

Ochiq dars ishlanmasi

Rezistor (lot. resisto — qarshilik koʻrsataman) — radio va elektrtexnika qurilmalari elektr zanjirining strukturaviy (tugal buyum koʻrinishidagi) elementi; asosiy vazifasi — elektr toki ga faol qarshilik koʻrsatish. Qarshilikning nominal qiymati (bir necha Om dan 1000 GOm gacha), undan ogʻish qiymati (0,001—20%) va maksimal sochish quvvati (Vt ning yuz larcha ulushlaridan bir necha MVt gacha) bn tavsiflanadi. Tayyorlanadigan materialiga qarab, rezistor metall, uglerodli, suyuklikli va yarimoʻtkazgichli; qarshilik turiga qarab, oʻzgarmas va oʻzgaruvchan xillarga boʻlinadi. Bulardan tashqari, qarshiligi kuchlanishga (maxsus; varistorlar), traga (termorezistorlar), yoritilganlikka (fotorezistorlar) va deformatsiyaga (tenzodatchik) bogʻliq boʻlgan xillari bor.

  • Rezistorlar elektron qurilmalarning muhim detallaridan biri hisoblanadi va ularning deyarli hammasida ishlatiladi.Rezistorlar sxemalarning ba’zi bir nuqtalariga keltirilgan kuchlanishni pasaytirish uchun, ya’ni kamaytiruvchi sifatida ishlatiladi. Ular reaktiv elementlar bilan birga har xil filtrlarni tashkil qiladi, kuchaytirgichlar sxemasida yuklama qarshiligini va boshqa vazifalarni bajarishi mumkin. O‘zgaruvchan rezistorlar yordamida radioqurilmalarning turli zanjirlaridagi tok va kuchlanishni sozlash mumkin bo‘ladi.
  • Quyidagilar rezistorlarni tavsiflovchi asosiy parametrlar hisoblanadi:
  • 1) qarshilikning nominal miqdori;
  • 2) nominal miqdordan yo‘l qo‘yilgan og‘ish;
  • 3) nominal tarqalish quvvati;
  • 4) ish harorati oralig‘i, yo‘l qo‘yilgan nisbiy namlik va atmosfera bosimi;
  • 5) o‘ziga xos shovqin darajasi.
  • Elektr qarshilik — elektr zanjiri (yoki zanjir bir qismi)ning elektr tokka koʻrsatadigan aks taʼsirini ifodalaydigan fizik kattalik. Omlarda oʻlchanadi. Elektr qarshilik elektr energiyasining boshqa tur energiyaga aylanishiga bogʻliq. Elektr energiyasi oʻzgarmaydigan jarayondagi elektr qarshilikni aktiv qarshilik, tok manbai energiyasi elektr yoki magnit maydoniga uzatiladigan jarayonlardagi elektr qarshilikni esa reaktiv qarshilik deyiladi.Elektr qarshilik tok kuchi va kuchlanish farqi va zaryadga bog'liq emas. Qarshilik R harfi bilan belgilanadi.O'tkazgich qismining qarshiligi o’tkazgich matеrialiga, uning o’lchamlari va shakliga bog’liqdir.
  • Solishtirma qarshilik moddaning turigagina bog'liq bo'lmay,uning holatiga,jumladan,temperaturasiga ham bog'liq bo'ladi.Solishtirma qarshilikning temperaturaga bog'liqligini berilgan modda qarshiligining temperatura koeffitsiyenti bilan harakterlanishi mumkin.
  • Temperatura 10C ortganda qarshilikning nisbiy ortirmasi qancha bo'lishini ko'rsatadi.Berilgan modda uchun qarshilikning temperatura koeffitsiyenti turli temperaturalar uchun turlicha, ya'ni solishtirma qarshilik temperatura o'zgarishi bilan chiziqli qonun bo'yicha o'zgarmay,balki unga yanada murakkabroq bog'liq bo'ladi.Biroq ko'pgina o'tkazgichlar uchun(ularga barcha metallar kiradi)temeraturaga qarab α ning o'zgarishi uncha katta bo'lmaydi. Agar temperaturaning o'zgarish intervali yetarlicha kichik bo'lsa,unda α ni taqriban doimiy deb hisoblash mumkin.U qaralayotgan temperatura sohasi ichida uning o'rtacha qiymatiga teng.Masalan,agar 00Cdagi solishtirma qarshilik ρ0 bo'lsa, t0Cdagi uning qiymati ρ bo'lsin.
  • ρ=ρ0 (1+α t)

Download 9.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling