Farg‘ona tumani 36-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti kasaba uyushma qo‘mitasining yig‘ilish b а yo n I
Download 9.68 Kb.
|
36-DMTT kasaba uyushma yig\'ilish bayoni (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kun tartibida
- QАROR QILАDI
- Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi
Farg‘ona tumani 36-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti kasaba uyushma qo‘mitasining yig‘ilish B А YO N I 2023-yil 12-aprel Farg‘ona tumani Raislik qildi : X.Xudoyberdiyeva - DMTT kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Ishtirok etdilar - DMTT direktori M.Bobonazarova, kasaba uyushmasi qo‘mita aʼzolari Kun tartibida: 1. Xo‘jalik ishlari mudiri Axmadjonov Shaxriyor Baxtiyor o`g`liga nisbatan qoʼllanilgan “Xayfsan” intizomiy chorasi muddatidan oldin bekor qilish to‘g‘risida Eshitildi: Yig‘ilishni kasaba uyushma qo‘mitasi raisi ochib, barchani Ramazon oyi munosabati bilan tabrikladi. U o‘z so‘zida maktabgacha taʼlim tashkilotida mehnat qilayotgan xo‘jalik ishlari mudiri Axmadjonov Shaxriyor Baxtiyor o`g`li o‘zining namunaviy hulqi bilan jamoat ishlarida faol qatnashib kelayotganli, bo‘lim tomonidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarib, fidokorona xizmatlarini hisobga olib, unga nisbatan maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan 2022-yil 23-dekabr kunidagi 415-11-163-MT/2022-son bilan qo‘llanilgan “Xayfsan” intizomiy chorasini muddatidan avval olib tashlashi lozimligni gapirib o‘tdi. Yig‘ilishda so‘z olgan DMTT xodimlari ham yuqoridagi aytib o‘tilgan fikrlarni qo‘llab-quvvatladilar va xo‘jalik ishlari mudiriga nisbatan qo‘llanilgan “Xayfsan” intizomiy chorasini olib tashlashni lozim deb topdilar. Yig‘ilish ishtirokchilari kun tartibiga qo‘yilgan masalani qo‘llab-quvvatladilar. Yuqoridagilardan kelib chiqib, yig‘ilish QАROR QILАDI: 1. Farg‘ona tumani 36-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti kasaba uyushma qo‘mitasi raisi X.Xudoyberdiyeva axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin. 2. 36-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti Axmadjonov Shaxriyorga nisbatan qo‘llanilgan “Xayfsan” intizomiy chorasini muddatidan avval olib tashlashni tuman maktabgacha taʼlim bo‘limi mudiri nomiga iltimosnoma kiritilsin. 3. Ushbu yig‘ilish qarorini nazorat qilib borish kasaba uyushma qo‘mitasi raisi X.Xudoyberdiyeva zimmasiga yuklatilsin. Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi: X.Xudoyberdiyeva Download 9.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling