Farg‘ona tumani “barkamol avlod” bolalar maktabining myott m. Xomidjonovaning 10-15-aprel kunlarida bajarilgan ishlar yuzasidan hisoboti
Download 14.26 Kb.
|
Far.tum.10-15-aprel kunlari HISOBOTI (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- MYOTT: M.Xomidjonova
FARG‘ONA TUMANI “BARKAMOL AVLOD” BOLALAR MAKTABINING MYOTT M.XOMIDJONOVANING 10-15-APREL KUNLARIDA BAJARILGAN ISHLAR YUZASIDAN HISOBOTI 14.04.2023-yil Avval qishlog‘i 2023-yilning 10-aprel sanasida Farg‘ona tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi o’z faoliyatini olib bordi. O‘quvchi yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkillash maqsadida joriy yilning 10-aprel sanasida Farg`ona tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi to`garak a’zolari ishtirokida Abdulla Qodiriy tavalludining 129-yilligi munosabati bilan davra suhbati tashkillandi. Davra suhbatida “Yosh dasturchi”, “Yosh qandolatchi” to`garak a’zolari faol qatnashdilar. Suhbat davomida Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi tasvirlangan videorolig to`garak a’zolariga taqdim etildi. To`garak a’zolari Abdulla Qodiriyning asarlari haqida “Mexrobdan chayon”, “O`tgan kunlar” asarlari haqida ma’lumotlar berib borildi. Davra suxbati qiziqarli va ko`tarinki ruxda o`tkazildi. Davra suhbati o‘tkazishdan asosiy maqsad madaniy merosimizni, milliy qadryatlarimizi yosh avlod o‘rtasida rivojlantirish. Joriy yilning 11-aprel sanasida Farg‘ona tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi o’z faoliyatini olib bordi. Bugungi kunda butun dunyoda raqamli texnologiyalar barcha soha va odamlar hayotiga jadal kirib bormoqda. Bu yoʻnalishga oʻz vaqtida kirishgan davlatlar rivojlanib, aksincha, eskicha ishlaganlar taraqqiyotdan orqada qolyapti. Yurtimizda yaratilayotgan imkoniyatlar ham IT sohasining rivojlanishi uchun keng eshiklar ochayotgani biz yoshlar uchun quvonarli albatta. Dasturlashni yangi o‘rganayotganlarning oldida ko‘pincha: “Qanday boshlasam ekan? Endi nima qilsam ekan?” – degan savollar ko‘ndalang bo‘ladi. Shu kabi savollarga barham berish maqsadida Farg`ona tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi to`garagi rahbarlari uchun Farg`ona tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabining “Yosh dasturchi” to`garak rahbari Sharofatxon Sattorova tomonidan “C++ BUILDER muhiti” mavzusida tayyorlangan mashg`ulot ishlanma tavsiyanomasi taqdimoti o`tkazildi. Taqdimotda BABM xodimlariga yangi pedtexnologiyalardan foydalanib mashg`ulot o`tishlari hamda to`garak a’zolari o`rtasida turli rivojlantiruvchi o`yinlar o`tkazish haqida tushunchalar berib o`tildi. “Yosh dasturchi” to`garak rahbari Sh.Sattorova o`zining tavsiyanomasida 1 saoatlik mashg`ulot ishlama hamda to`garak a’zolari mashg`ulot davomida zerikib qolmasliklari uchun qiziqarli o`yinlar, glossariylar ham tuzilganligi haqida gapirib o`tdi. Sh.Sattorova tomonidan yaratilgn tavsiyanoma ikkita taqrizchi Farg‘ona tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktorin N.O‘rinboyeva va Muhammad Al Xorazimiy nomidagi Toshket axborot texnalogiyalari universiteti Farg`ona filiali o‘qituvchisi D.Umirzakova tomidan baholandi. BABM xodimlari bu tavsiyanomdan kerakli bilim-ko`nikmalarni oldilar. Shu yilning 12-aprel sanasida Farg‘ona tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi o’z faoliyatini olib bordi. 1961-yil 12-aprelda Yuriy Gagarin “Vostok” kosmik kemasida dunyoda birinchi boʻlib Yer orbitasi boʻylab parvozni amalga oshirgan. 108 minut davom etgan parvoz insoniyatning kosmosni oʻrganish tarixida yangi davrni boshlab bergan. Ushbu voqelik sabab sobiq Sovet ittifoqida 1962-yildan 12-aprel kosmonavtika kuni sifatida nishonlangan. Shu munosabat bilan Farg`ona tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabning Vodil tajriba sinov maydonchasida BABM uslubchisi Sevara Ismailova tomonidan tashkillangan “Men fazogirman” shiori ostida “Eng chiroyli raketa model yasash” mavzusida raketa modellari yasaldi. Yasash jarayonida to`garak a’zolari o`zlariga yoqqan modellarni tanlab yasashni o`rgandilar. Eng chiroyli va sifatli ishlangan raketa modelga maktab ma’muriyati tomonbidan esdalik sovg`alar bilan taqdirlandi. Mahorat mashg`uloti davomida to`garak a’zolari faol qatnashdilar. Joriy yilning 13-aprel sanasida Farg‘ona tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi o’z faoliyatini olib bordi. Joriy yilning 13-aprel sanasida Farg`ona tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabida uslubchisi Sevara Ismailova tomonidan Vodil tajriba sinov maydonchasida tashkillangan to`garak mashg`ulotlar tahlil qilindi. Tahlil davomida “Mayda plastika”, “Mental arifmetika” hamda “Bichish-tikish” to`garak mashg`ulotlari tahlil qilinib uslubiy yordamlar berib borildi. Farg`ona tumani BABM da tashkillangan “Tasviriy san’at”, “Oila hamshirasi” va “Kompyuter grafikasi va dizayni” to`garak mashg`ulotlari to`garak rahbarlarining me’yoriy hujjatlari ko`rib chiqildi. Me’yoriy hujjatlarni ko`rish mobaynida ulardagi xato va kamchiliklar bartaraf etilishi haqida ogohlantirildi. O‘zbekiston Respublikasining referendumi O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini va boshqa qarorlarni qabul qilish maqsadlarida jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari yuzasidan fuqarolarning umumxalq ovoz berishidir. Referendum saylovlar bilan bir qatorda xalq irodasining bevosita ifodasidir. Referendumda qabul qilingan qarorlar oliy yuridik kuchga ega bo‘ladi. Agar referendumda qabul qilingan qarorlarda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, referendumda qabul qilingan qarorlar faqat referendum yo‘li bilan bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin. Referendum O‘zbekiston Respublikasining butun hududida o‘tkaziladi. 2023-yilning 14-aprel sanasida Farg‘ona tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi xodilmari hamda to`garak a’zolari o`rtasida “Konstitutsiya o`zimizniki” shiori ostida o‘tkazilayotgan referendum haqida to‘laroq ma’lumot berish maqsadida davra suhbati tashkillandi. Davra suhbatidan maqsad yangi O‘zbekistonning yangi konistitutsiyasida xalq manfati va farovonligi uchun yanada katta imkoniyatlar ilgari surilganligini ta’kidlash. Joriy yilning 15-aprel sanasida pedagog xodimlarning bilim saviyasini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 27-maydagi 331-son qarori yuzasidan test o`tkazildi. O‘tkazilgan test natijasida xodimlar bilim darajasini yanada yuksaltirish. Shu yilning 15-sanasida Farg`ona tumani “Barkamol avlod ” bolalar maktabi MYMOT tomonidan 38-umumta’lim maktabida o`quvchilari o`rtasida tarmoq to`g`arak ochish maqsadida so`rovnoma o`tkazildi. O‘tkazilgan so‘rovnoma natijasida maktabda qanday tarmoq to‘garak tashkillash kerak ekanligi aniqlandi. MYOTT: M.Xomidjonova Download 14.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling