Farg‘ona tumani, Maydon mfy maydon ko‘chasida yashovchi fuqaro Qo`ziboyeva Oygul Soliyevnaga


Download 0.83 Mb.
bet1/104
Sana14.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1198761
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
Bog'liq
1.Хат мурожаатлар юзасидан




2022-yil 24-yanvar 4/3-3/8-son




Farg‘ona tumani, Maydon MFY Maydon ko‘chasida yashovchi fuqaro Qo`ziboyeva Oygul Soliyevnaga

Farg‘ona tuman adliya bo‘limi tomonidan, Sizning Farg‘ona tumani 58-umumta’lim maktabida 2021-yilning 1-oktabridan 28-dekabr kunga qadar 0,5 stavka psixolog vazifasida ishlagan mehnat davirlaringiz uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan ish xaqlari to‘lab berilmay kelinayotganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaatingiz vakolat doirasida o‘rganib chiqildi.


Xususan, murojaatni qonuniy hal etish maqsadida, tuman adliya bo‘limi tomonidan Farg‘ona tuman Xalq ta’limi bo‘limi hamda Farg`ona tuman aholi bandligiga ko`maklashish markaziga tegishli tartibda so‘rov xatlari kiritish orqali murojaatingiz o`rganildi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2019-yil 15-noyabrdagi 369-son buyrug`i bilan tasdiqlangan tuman (shahar) xalq ta`limi bo`limlari nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlarga ko`ra, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish sho‘basi xodimlari Xalq ta'limi sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi bilan, Pedagogik-psixologik tashxis faoliyatini tashkil etish sho'basi xodimlari o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi bilan, Ma'naviy-axloqiy tarbiya va bolalarni ijtimoiy himoyalash sho'basi mudiri va yuriskonsult Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq talimi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta`limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta`limi boshqarmalari bilan kelishilgan holda tegishli lavozimlarga tayinlanadi.
O‘rganish davomida taqdim etilgan ma'lumotlarga ko`ra, Sizning 01.10.2021-yildan 28.12.2021-yilga qadar 0.50 shtat birligiga Farg`ona tuman xalq ta’limi tomonidan hech qanday buyruq rasmiylashtirilmaganligi va maktab ish beruvchisiga kelmaganligi, maktab direktori F.Sharobidinov tomonidan buyruq hech qanday buyruq chiqarilmaganligi sababli, shuningdek, ushbu davrda ishlaganligizni asoslovchi hujjatlar mavjud emasligi uchun sizga mazkur davr uchun ish haqlari to`lab berilishi imkoniyati mavjud emaslgini ma’lum qilamiz.
Murojaatingizni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha 2017-yil 11-sentyabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-445-sonli qonuni talablariga ko‘ra, Sizga yuborilgan javob xatidan norozi bo‘lsangiz, belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga murojaat qilishingiz mumkinligi tushuntiriladi.



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling