O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik resrublika tashxis markazi


Download 136.72 Kb.
bet1/25
Sana09.06.2023
Hajmi136.72 Kb.
#1474268
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
O‘QUVCHILARINI KASB HUNARGA YO‘NALTIRISH YUZASIDAN TO‘GARAK MASHGʻULOTLARI



O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik resrublika tashxis markazi

7-SINF O‘QUVCHILARINI KASB-HUNARGA YO‘NALTIRISH YUZASIDAN
TO‘GARAK MASHGʻULOTLARI ISHLANMASI
Тоshkент Tuzuvchilar:
L.Gaynutdinova-Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologikpedagogik Respublika tashxis markazi direktori
X.Foziljonov-Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologikpedagogik Respublika tashxis markazi bo‘lim boshligʻi
D.Muxamedjanova-Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologikpedagogik Respublika tashxis markazi metodisti M.Talipova-Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologikpedagogik Respublika tashxis markazi metodisti
Taqrizchilar:
X.Z.Ismatullayeva-Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universiteti
“Professional ta’lim metodikasi” kafedrasi dotsenti, texnika fanlari nomzodi
U.Fayziyeva-Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologikpedagogik Respublika tashxis markazi bo‘lim boshligʻi
7-sinf o‘quvchilarini kasb-hunarga yo‘naltirish yuzasidan to‘garak mashgʻulotlari ishlanmasi umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining sinf rahbarlari, o‘qituvchilari, to‘garak rahbarlari uchun to‘garak mashgʻulotlarida oʻquvchilarning kasbiy qiziqishlarini rivojlantirish, kelajakda oʻz kasbini ongli va mustaqil tanlashlarida ko‘maklashish hamda kasb-hunarga yoʻnaltirish ishlarini samarali tashkil etishda metodik yordam sifatida moʻljallangan.
Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi ilmiy metodik kengashining 2022-yil ____________dagi _____-sonli qarori bilan tasdiqlangan.

Kirish


Mamlakatimiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar ta’lim-tarbiya sifatining yuqori darajada bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, bu o‘z o‘rnida ta’lim tizimini tubdan isloh qilishni taqozo etmoqda, chunki mukammal ta’lim tizimi Respublikamizning kelajakdagi intellektual imkoniyatlarini va rivojlanishini belgilab beruvchi o‘quvchi yoshlarni har tomonlama ijodkor, mustaqil faoliyat yuritadigan qilib tarbiyalashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish va yetuk mutaxassis sifatida shakllantirish masalalari barkamol shaxsni tarbiyalashning muhim omilidir.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida joriy etilgan to‘garak mashgʻulotlari shaxsning barkamol kamol topishiga, o‘sib kelayotgan avlodning ijodiy qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirishga, o‘quvchilarga mehnatsevarlikni singdirishga, shuningdek, ularning bo‘sh vaqtidan oqilona foydalanishga yo‘naltirilgan. Ushbu to‘garaklar uzluksiz ta’lim tizimining tarkibiy qismi bo‘lib, uning asosiy vazifasi o‘quvchi yoshlarga qo‘shimcha ta’lim va tarbiya berish bilan birga yoshlarning darsdan tashqari bo‘sh vaqtlarini sermazmun o‘tkazish, ularning ongiga milliy gʻoya va vatanparvarlik tuygʻularini singdirishdan iboratdir. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini kasb-hunarga yo‘naltirishning asosiy maqsadi yoshlarni o‘zining hayot yo‘lini to‘gʻri belgilashlarida o‘z qobiliyatlari, qiziqishlari va moyilliklarini hamda ijtimoiy ehtiyojlarini hisobga olgan holda kasb tanlashlariga ko‘maklashishdan iboratdir.

Download 136.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling