O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik resrublika tashxis markazi


Download 136.72 Kb.
bet14/25
Sana09.06.2023
Hajmi136.72 Kb.
#1474268
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
Bog'liq
O‘QUVCHILARINI KASB HUNARGA YO‘NALTIRISH YUZASIDAN TO‘GARAK MASHGʻULOTLARI

7-mavzu. Shaxsiy moyillik


Mashgʻulotning ta’limiy maqsadi: O‘quvchilarga berilgan mavzu yuzasidan bilimlar berib, ularda amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish. “Moyillik” tushunchasi bilan tanishtirish. O‘quvchilarning kasblar to‘gʻrisidagi bilimlarini kengaytirish va mustahkamlash.
Mashgʻulotning tarbiyaviy maqsadi: Tanlangan kasbni shaxsiy qobiliyatlari, jamiyat ehtiyojlari bilan qiyoslash, kasbiy jihatdan muhim sifatlarini to‘gʻri baholash ko‘nikmasini tarbiyalash. Mehnatga, mehnat ahliga hurmatni tarbiyalash.
Mashgʻulotning rivojlantiruvchi maqsadi: Kasb tanlashda o‘z qiziqish va moyilligini to‘gʻri baholash ko‘nikmasi va ehtiyojini shakllantirish. O‘z imkoniyatlarini to‘gʻri baholash ko‘nikmasini shakllantirish.

Mashgʻulotning kasbga yo‘naltiruvchi maqsadi: O‘quvchilarning o‘z kasbining ustasi bo‘lish va fahrli kasb egalaridan o‘rnak olish kabi xislatlarga o‘rgatish.
Mashgʻulot uchun jihozlar: tarqatma materiallar, mavzuga oid rasmlar
Mashgʻulot turi: suhbat, savol-javob (test savollari bilan ishlash)
Mashgʻulotning davomiyligi: 45 daqiqa O‘qituvchi mavzu bo‘yicha suhbat o‘tkazadi.
Psixologiyada “moyillik” tushunchasi shaxsni muayyan faoliyatga tanlab yo‘naltirilganligi, faoliyatga jalb qilishga undash deb ta’riflanadi.
Uning asosida shaxsning biron bir faoliyatga chuqur, barqaror ehtiyoji, ushbu faoliyat bilan bogʻliq bo‘lgan ko‘nikma va qobiliyatlarni takomillashtirish istagi yotadi. Insonning kelajakda kasb tanlashi, tanlagan kasbida muvaffaqiyatlarga erishishida kasbiy moyillikning ahamiyati juda katta.

Shaxsiy moyilliklarni baholash” metodikasi bo‘yisha test o‘tkazish.


Ko‘rsatma. O‘z-o‘zini baholash so‘rovnomasi sizning moyilliklaringizni, xususiyatlaringizni, qobiliyatlaringizni yaxshiroq tushunishga yordam beradi.
Unda turli xil hayotiy vaziyatlar, insoniy fazilatlar, ma’lum kasbiy sohalarga bevosita yoki bilvosita bogʻliq bo‘lgan inson faoliyatining turlari ko‘rsatilgan. O‘zingizning moyilliklaringizni va boshqa xususiyatlaringizni turli kasbiy sohalar bilan solishtirish uchun siz quyidagi topshiriqlarni bajaring.
1. Taklif qilingan variantlarni 10 balli shkalada baholang.
Agar savolda tavsiflangan sifatlar to‘liq sizga mos kelса, siz uni eng yuqori ball bilan baholaysiz-10.
Agar sizda bu sifatlar umuman to‘gʻri kelmasa, unda siz uni eng past ball bilan baholaysiz-0.
Qolgan barcha boshqa ko‘rsatkishlar (1 dan 9 gasha) sizdagi ushbu sifatlarning ifoda etganligiga qarab beriladi.
Iloji boricha kamdan-kam hollarda o‘rtacha 5 ballni tanlashga harakat qiling, o‘zingizni aniqroq baholashga intiling.

Download 136.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling